Men singlim boʻlishini, dadam rahmatli esa qiz farzandi boʻlishini xohlardi. Lekin 3-ukam oʻgʻil tugʻilgandi. Olloh nasib qilgani. Shundanmi, yoshligimdan qizlarga nisbatan samimiy hurmatim bor. Har doim ularni e’zozlash va yordam berishimiz kerak deb hisoblaganman. Oʻtgan yili 11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Qizlar Olimpiadasini tashkil qilish taklifini bildirgan edim. Sababi qizlarda aslida qobiliyat yuqori boʻlsada, uy ishlari va boshqa sabablarga koʻra kamroq dars qilishga majbur boʻlishadi. Bunday olimpiadalar Yevropa va Xitoyda bor. Shu maqsadda kecha Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari Dilnoza Kattaxonova bilan uchrashdim. Nasib qilsa tez orada yurtimizda ilk bor Oʻzbekiston Qizlar olimpiadasi tashkil etiladi va oktabr oyida oʻtkaziladi. Gʻoliblar poytaxtda tantanali taqdirlanadi. Olimpiada haqida keyinroq batafsil ma’lumotlarni beramiz.

👉 @bazarbaevs

62 comments

Show 38 more comments
Zór fikr👍👍👍
𝓓𝓐𝓥𝓡𝓞𝓝𝓞𝓥𝓐 𝓓𝓘𝓛𝓞𝓡𝓞𝓜
Assalomu alekum. Katta raxmat sizlarga. Mening ham 3 ta qizim bor.O'qib juda xursand bo'ldik. Qizlarim muntazam qatnasbishadi tanlovlarga. Sizga tarbiya bergan otangizga ming rahmat. O'g'lim sizga o'xshab bilimdon bo'lishini orzu qilaman. RAXMAT SIZGA...
Onlayn buladimi
Зоя
Raxmat,Sardor.Juda toģri oylabsiz.Ishingizga omad.
Rahmat juda zòr ĝoya. Qachon bòlar ekan
Charos Nishonova
Men ham albatta qatnashaman... 9sinfda o'qiyman
Online boʻladimi yoki ofline, online boʻlsa qaysi viloyatda boʻladi
Angelochka
👍👍👍
Sayyora
👍👍👍👍👍👍👍
Rahmatova Dilorom
Olimpiada onlayn bo‘ladimi
Raxmat zòr bòlardi
KADIROV SHAXZOD+ NURSHODA.
Qachon
Juda zoʻr fikr, qachon boʻladi
Rostan zor
Ammo alimpiadada qanday otkaziladi
Biror fan boyichami
Inobat Jumanazarova
Assalomu alaykum shunday bo'lsa dm zo'r bo'lardi sizga kuch quvvat tilaymiz Xorazmliklar👍👍👍
Aliyeva Aziza
Qatnashishga harakat qilamiz agar bo'lsa
Zurku gap yu bulsin bizlar ham qatnawaylik
Saodat Mirzayeva
Bizni yurtda har doim xotin- qizlar e'zozlanib kelingan.Bunday e'tibor uchun SARDORJONGA katta rahmat! Barcha O'ZBEK QIZLARI nomidan.Sizday jonkuyar AKALARI borligidan xursandmiz.
Qachon boʻladi olimpiadalarni juda sogʻindik
Show next 3 comments