Коронавирус қайтяптими? Бепарволикка берилиб кетмаяпмизми?

❗️Бугун Ўзбекистонда коронавирус аниқланган сони тузалганлар сонидан салкам 2 баравар кўпроқ бўлди. Адашмасам, охирги марта 20 апрель куни вирусга чалинганлар сони тузалганлар сонидан кўп бўлган эди. 20 кун давомида беморлар сони фақат "минус"да эди, яъни тузалишлар кўпроқ бўлаётганди. Афсуски бугун яна "плюс"га қайтди.

Биргина Тошкент шаҳрининг ўзида 1 кунда 61 та янги ҳолат аниқланди.

Бу битта бизда эмас. Масалан, Жанубий Кореяда ҳам бир ойлик пасайишлардан сўнг коронавирусга чалинганлар сони кескин ошди. У ерда сўнгги суткада коронавирусга чалинганлар сони 34 кишига ошди. Бу 12 апрелдан буён қайд этилган энг юқори кўрсаткичдир.

Ж.Кореядаги янги касалланиш ҳолатларининг барчаси бир йигит билан боғланмоқда. У коронавирусга чалингани гумон қилинганига қарамай 2 майга ўтар кечаси Итэвон шаҳридаги 5 та тунги клубга бориб, кўп одамлар билан мулоқотда бўлган.

Умуман олганда, сўнгги кунларда анча бепарволикка берилиб кетаётгандекмиз. Худди хаёлимизда барчаси ортда қолгандай, ҳеч нарса бизга хавф солмаётгандай юришга кўникиб қолмаяпмизмикин?

‼️Карантин чекловлари учун енгиллик берилгани билан гигиена қоидалари эсимиздан чиқмасин. Масофа сақлаш, ниқоб тақиш, қўлларимизни тез-тез совунлаб ювиш ёки антисептик воситалардан фойдаланишни унутиб қўймайлик.


👉 @xushnudbek 👈

621 comments

Show 8 more comments
Sherzod Samatov
Xuddi shunday! Ko'chaga e'tibor qilsak ko'pchilik xo'jakursinga maska taqib olgan. Burin ochiq, nomigagina! Beparvolik avjiga chiqmoqda!!!
Маска агар вирусни бартараф этганида, бутун дунёда ахвол яхшиланарди
Ha albatta beparvolikka berilsak bo'lmaydi. Balki karantin qoidalarini hammaga birdek qilib qo'yish kerakmikin?! Oxirgi kasal tuzalguncha karantinda bo'lish kerak menimcha hamma
MIRZAYEV UTKIR
Salom Xushunbek siz b.n qanday bog'lansam buladi? Gap bor edi.
✵┄┅অঠС.М.Жумабековঠঅ┅┄✵
Худди шундай. Хозирда бизни атрофимизда хам касалликка енгил карашни бошлашди.
JoraBecK
Charter reyslardan olib kelinayotgan fuqarolardan ham chiqayotgan bo'lishi mumkim
Xuddi shunday adashmasam bugungi + holatlar ham ayni charter reysidan kelgan hamyurtlarimiz hissasiga to'g'ri keladi manimcha
Karantin cheklovlarini pandemiya bartaraf etmagunca bekor qilinmaslik tarafdoriman. Chunki bir kishining o'zi ko'pchilikga yuqishiga sabab bulmoqda...
Ha Xushnud aka yengilikni faqat yashil xudu hududlarga berib iqtisodiyotni shu hudud bilan boģlash kerak
BOTIR
نذير Nazir ﷽
Togri gap kocada umman maska yo hec kimda vahima yo beparvo bitta savol bor edi Toshkent shahri bugundan Yana qizil hududmi chunki Yana kopaydiku
Шахарни хамма жойи эмас. Вирус чикган туманни узи болиши кере.
Hozir bilish kerak karantinda ushlab turilganlardan chiqyaptimi yoki charter reysdagilardanmi yoki kochadan yangi bemor chiqyaptimi analiz qilishimiz kerak
Erkinjon Abdumalikov Tohirovich
Assalomu alaykum hammaga, ha albatta shoshilmaslik kerak, oy oxirigacha karaktinni qattiy rejimda saqlab turish kerak edi deb oylayman, azgina yana, va albatta gigeyna qoidalarigan amal qilishimiz juda zarur.
Virus ochogi uxanda ham bunchalik uzoq karantin bomasa kere bizning yurtimizda ommaviy axborotga uncha ishonmiyman maqsad boshqa axborat boshqa
Азиза
Bugun 53 ta virus carter reys orqali kelganlardan ciqdii
UXAN DA HAM BUGUN YANA ANIQLANGAN
uzbak....
Assalomu alaykum Xushnud aka. To'g'ri sizni gaplarimgizga qo'shilaman 100%.Xalqimiz o'zlarini xuddi karantin tugagandek his etishmoqda ba'zi hududlarda. Lekin shuni unutmasligimiz kerakki hali hech nima tugagani yo'q. Ehtiyotkorlikni esdan chiqarmasliklarini so'rab qolaman xalqimizdan.
To'gri menimcha qaytyapti odamlar etibor bermay qoydi uji hamma tuzalyapti deb
20 01
Gaplarizga qo'shilaman ozgina vaqt boridu karantin cheklovlarini yengillatishga
Yashang! Ayni ko‘ngildagi gapni aytibsiz, ukam! Xalqimizda bitta serma‘no maqol bor - tuyani yuki yengil bo‘lsa, yotoq tegibdi. Bu degani, yengillik yaratilishi bilan hay-haylab ketishdek gap.
Beparvolikka berikishga hech kimning haqqi yo‘q! Virus bilqn jang davom etmoqda! Shunday ekan, o‘ta hushyorlik zarur! Hammamizni Yaratgan to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin!
Salomatligimizga befarq bo'lmaylik. Men ishimni judayam sog'indim...
Shuni odamlar tushunsada yumshatildi degani xavf yòq degani emasku!!
Òz òzini izolyatsiya qilish kerak deyman chunki 2 kun ichida kopayib bormoqda uzbekistonda Lekin biz Moskivada yotimmiz yaqinda 3 oy boladi kochaga chiqmaganimizga 🙂
Бироз шошилмас керак эдими?
Show next 100 comments