Коронавирус қайтяптими? Бепарволикка берилиб кетмаяпмизми?

❗️Бугун Ўзбекистонда коронавирус аниқланган сони тузалганлар сонидан салкам 2 баравар кўпроқ бўлди. Адашмасам, охирги марта 20 апрель куни вирусга чалинганлар сони тузалганлар сонидан кўп бўлган эди. 20 кун давомида беморлар сони фақат "минус"да эди, яъни тузалишлар кўпроқ бўлаётганди. Афсуски бугун яна "плюс"га қайтди.

Биргина Тошкент шаҳрининг ўзида 1 кунда 61 та янги ҳолат аниқланди.

Бу битта бизда эмас. Масалан, Жанубий Кореяда ҳам бир ойлик пасайишлардан сўнг коронавирусга чалинганлар сони кескин ошди. У ерда сўнгги суткада коронавирусга чалинганлар сони 34 кишига ошди. Бу 12 апрелдан буён қайд этилган энг юқори кўрсаткичдир.

Ж.Кореядаги янги касалланиш ҳолатларининг барчаси бир йигит билан боғланмоқда. У коронавирусга чалингани гумон қилинганига қарамай 2 майга ўтар кечаси Итэвон шаҳридаги 5 та тунги клубга бориб, кўп одамлар билан мулоқотда бўлган.

Умуман олганда, сўнгги кунларда анча бепарволикка берилиб кетаётгандекмиз. Худди хаёлимизда барчаси ортда қолгандай, ҳеч нарса бизга хавф солмаётгандай юришга кўникиб қолмаяпмизмикин?

‼️Карантин чекловлари учун енгиллик берилгани билан гигиена қоидалари эсимиздан чиқмасин. Масофа сақлаш, ниқоб тақиш, қўлларимизни тез-тез совунлаб ювиш ёки антисептик воситалардан фойдаланишни унутиб қўймайлик.


👉 @xushnudbek 👈

621 comments

Show 75 more comments
Agar kasallik Xalq orasidan chiqayotgan bo'lsa Karantin rejimini yumshatmasligimiz kerak edi.Bu rejimni qattiy saqlab tursak hammamizga yaxshi edi.
charterlarni yoq qilish kere chegara yopildiku, siyosatga aralashmoqchimasmanu lekin chet davlatdagilar karantinni owayerda otqazishlari maqul
manimcha
Maftunaxon Abdullayeva
Umuman olganda davlat ishida ishlaydigan hòjaliklarda yashash qiyin, uyda òtirganlarni ham òylash k.k
Бу касаллик кўпайишлари четдан келганлар хисобига дейилмоқдаку
🇺🇿Asqar
Viloyatlararo, shaharlaro aro yurishni tuxtatish kerak aks holda juda yomon bulyapdi. Toshkenjondan kamissiyalar ham vaqtincha yurishini tuxtatsa bulardi.
Assalomu alaykum
Barchaga xayrli kech
Karantin e'lon qilindimi demak barcha amal qilishi shart va majbur hech boʻlmaganda oʻzi va oilasi uchun
Qonunlarga amal qilmaganlarga albatta jazo choralari koʻrilishi kerak fikrimcha. Chunki boshqalarni hayotiga xavf solish jazoga loyiq ish
May oyi ham chidab turganimizda tezroq yengib chiqar edik Bu baloyi ofatni.
Ma'ruf Mansurov
Xushnudbekni gapiga qo'shilaman huddi hammasi ortda qolgandek ko'chalarda odam avvalgidan ancha gavjumlashgan. Men faqat tumanlarda shunaqa deb o'ylagandim (dehqon bozorlari ochiq lekin stoyanka yopiq bo'lishiga qaramasdan yo'l atrofida mashina ko'pligidan yurishga ham yo'l yo'q) tvda reydlarni ko'rsatishyabdi e'tibor bersak qizil hududlarda ham mashinalar serqatnov qiziq shularni hammasida stiker bormikan?!
Ismoilov
O'zbekiston fuqarosi sifatida shuni ta'kidlaymanki,bu virus bilan kurash uchun juda katta kuch va mablag' ajratildi.Shunday ekan bu mehnatlarni yo'qqa chiqarmasdan yana ozgina sabr qilgan holda karantin choralarini kuchaytish kerak va fuqarolarimiz ham albatta bu karantin qoidalariga beparvolik qilmasdan rioya qilishsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Maftunaxon Abdullayeva
Birov aytish shart emas, hamma òzini bilsin bòldi
Guliruxsor Jõrayeva
Xa soģligingizni asranglar!!! Òzga yurtlarda..
Rahmat etibor berganiyiz uchun shu uchun ham 4 devor orasidan chiqmayammiz LEKIN JUDA KOP UZBEKISTONLIKLAR QIYNALIYAPTI MUSOFIRDA 😒
Maftunaxon Abdullayeva
Har kim òzi uchun òzini ehtiyot qisin tamom
Beauty this elegance "NANESH"
Beparvolik bn qilingan ish doimo sifatsiz natija beradi,shunday ekan karantin tartiblari javobgarliklari yanada kuchaytirilsa yaxshi bo'lardi.
Karantin tartibini qattiqroq olish zarur
Chet eldagilar ham o'zimizni fuqarolar. Ko'pchiligini puli qolmagan. Toshkentda karantin zona qurildi 10 ming kishilik. Shu yerga olib kelishyapti adashmasam
rasch
Qurilish mollari bozoriga ruxsat bergan bosayam Qoyliq qurilish mollari bozirimiz ochilmayapti bunga sabab nma bosa,
🇺🇿Asqar
Biz bemalol kasalikni oldini olsak bulardi, deylik 1 fevraldan xalqa elon berilganda 15 fevraldan mamlakatga kirish va chiqishni tuxtatish tugrisida ogohlantirish berib chegarani yopganimizda bunaqa bulmasdi.
Карантинда чикарилаетган карорлар фукароларнинг соглигини уйлаб килинаяпти шунга яраша хамма катта кичик бирдек амал килсак пандемияни тезрок енгардик. Вирус аломатини сезган фукаро врач куригига боришса вирус куп таркалмасмиди
Show next 100 comments