Коронавирус қайтяптими? Бепарволикка берилиб кетмаяпмизми?

❗️Бугун Ўзбекистонда коронавирус аниқланган сони тузалганлар сонидан салкам 2 баравар кўпроқ бўлди. Адашмасам, охирги марта 20 апрель куни вирусга чалинганлар сони тузалганлар сонидан кўп бўлган эди. 20 кун давомида беморлар сони фақат "минус"да эди, яъни тузалишлар кўпроқ бўлаётганди. Афсуски бугун яна "плюс"га қайтди.

Биргина Тошкент шаҳрининг ўзида 1 кунда 61 та янги ҳолат аниқланди.

Бу битта бизда эмас. Масалан, Жанубий Кореяда ҳам бир ойлик пасайишлардан сўнг коронавирусга чалинганлар сони кескин ошди. У ерда сўнгги суткада коронавирусга чалинганлар сони 34 кишига ошди. Бу 12 апрелдан буён қайд этилган энг юқори кўрсаткичдир.

Ж.Кореядаги янги касалланиш ҳолатларининг барчаси бир йигит билан боғланмоқда. У коронавирусга чалингани гумон қилинганига қарамай 2 майга ўтар кечаси Итэвон шаҳридаги 5 та тунги клубга бориб, кўп одамлар билан мулоқотда бўлган.

Умуман олганда, сўнгги кунларда анча бепарволикка берилиб кетаётгандекмиз. Худди хаёлимизда барчаси ортда қолгандай, ҳеч нарса бизга хавф солмаётгандай юришга кўникиб қолмаяпмизмикин?

‼️Карантин чекловлари учун енгиллик берилгани билан гигиена қоидалари эсимиздан чиқмасин. Масофа сақлаш, ниқоб тақиш, қўлларимизни тез-тез совунлаб ювиш ёки антисептик воситалардан фойдаланишни унутиб қўймайлик.


👉 @xushnudbek 👈

621 comments

Show 100 more comments
JSR7JUVE
Bzani odamlarimiz ehtyot bolishvoti db oyliszmi. Maska taqqan bilan ish bitmidi. Kochada yurp kuzatin odamla qanaqa bemalol bopketganini. Deyarli hichqatta oraliq masofaga etibor yoq.
Virusni yuqtirib olganlani holi naqadar qiyin kechotganini videolarini ko'proq ko'rsatish kere. Ko'rgan odam torisi qo'rqib ketadi. Hozir bazila umuman yengil qarashvoti.
VOHMA QIMELA. KARANTINDIGILADAN CHIQGAN.
Elbek Hudayqulov
JSR7JUVE
Kasal kopaysa bozorga kim keladi? Kim davlat ishida ishlidi. Etibor berin kasalla qachondan kopaydi??? Karantin yumshatilgandan beri. Bu bolishi aniq holatidi. Kasallanish 0 darajaga tushishini yana 10 kun kutishimz keregidi
Тугри 10 балки ундан куп майли мухими руйхатга олиш кузатилмаганидан кейин очилаверарди карантин яримта очиб карантинни касални купайтиргандае не наф
Nilufar
Charter reyslardan kelganlardan
Adawasiz 42 ming kiwini charter reysda olib keldimi. Wunchaki oddiy kuz bilan qarayabsz. Mana Koreya gigeyna niqob hammasga amal qildi ammo jamoat joyiga biita bemor borib hamma joyni rasbo qildu qaytadan bowlanyabdi enni. Geometrik progressiya endu buyogi
Bugun eng kam chiqgan ko'chadan, ya'ni muloqot qiganladan. Ahamiyat berila
Elbek Hudayqulov
Халкимизда битта чиройли макол бор эшитинг етимни урма сурма ёкасини юртиб куй деган маносини тушуниб олинг ёкасини юртиш бу жаримани куллаш каттагина килиб ушанда уйида утиради хар ким кучада бе максад бесар юрмай сиз айтгандай уларни иш бн таминласангиз хам ишдан чикиб бе максад юриб касалликни купайтираверади яхшиси уларни иш бн банд килмай касаллик таркалгунча уйида олиб утириш яхши
Qachongacha??? Virus qachon tugashini aytib berolasizmi? Yoʻqmi?! Unda hozirgi vaziyatda ham nimadir qilishimiz kerakku uyda oʻtiravermasdan. Shu paytgacha oʻsmirlarni maktab, litsey, kollej tarbiyalab dars mashgʻulotlari bilan mashgʻul qilgandi. Undan tashqari koʻpchilik oʻsmirlar darsdan keyin sport bilan yoki shunga oʻxshash qoʻshimcha mashgʻulotlar bilan shugʻullanar edi. Hozirchi biz ularni hammasini cheklab qoʻydik. Hozir hamma telefonga yopishib qolgan. Maktab darslarining nazorati ham kuchli emas.
🌷🌹🌷🌹🌷
Karantenni qattiq ushlashni bitta yuli jarimani kuproq yozish kerak usha joydan verus chiqdi degan bilan xechkimni xayoligayam kelmiy kuchada yuribdi
Nilufar
0% tushgan Xitoymidi???!!! Nima deb oʻylaysiz 0% tushishi bu kutilgan natijami???
0 ga tushib srazu jamoat joylarini ochib tashladi. Sabab shunda db oyliman. Bzadachi odamla 7 dan 10 gacha bekorchilayam aylanshga chqib yurpti. Bzaga sal tori kemadi bu erkinlik.
Elbek Hudayqulov
Nilufar
Qachongacha??? Virus qachon tugashini aytib berolasizmi? Yoʻqmi?! Unda hozirgi vaziyatda ham nimadir qilishimiz kerakku uyda oʻtiravermasdan. Shu paytgacha oʻsmirlarni maktab, litsey, kollej tarbiyalab dars mashgʻulotlari bilan mashgʻul qilgandi. Undan tashqari koʻpchilik oʻsmirlar darsdan keyin sport bilan yoki shunga oʻxshash qoʻshimcha mashgʻulotlar bilan shugʻullanar edi. Hozirchi biz ularni hammasini cheklab qoʻydik. Hozir hamma telefonga yopishib qolgan. Maktab darslarining nazorati ham kuchli emas.
Сизни гапларингиз белорус президентини гапларига ухшаяпди мободо кариндошмассилами? Каранг белорус нима буляпди касаллик урчишини каранг уям сизга ухшаб гапирган эди узи хоккей майдонида хоккей уйнаб нима булди натижаси энди бу ёги нима булади тасаввур килаверинг
Dustlar uyda qoling oilangizni asrang. Har xil odamlani gapiga kirb kochaga chiqmang. Inwoolox oldingi kunlad keliwi uchun uyda qoliw kerak. Agad holat wunday davom etsa bu virus tugamaydi.
ja vahima qivormeng etildiyu 63 tadan 61 tasi chet eldan kelgan karantinda saqlanganda chiqdi deb
🇺🇿👨‍🎓Husinov Zafar🇺🇿👨‍🎓
Bu Pandemiya oddiy holat emas. Uzru sal bunde oylab yozing dunyoga qarang vaziyatdi koring. Virus oz ozidan kopaydimi. 1 ta odamdan bozir 4mln 200 kiwiga yaqinlaawdi karantin qmasdan sz aytgandey nmadr bm wuģulansa mlrd buledi bu miqddor
Xitoymi 0%ga tushgan qutilib chiqib ketdiku endi nima boʻldi shuni aytib bering. Eʼtiboriz uchun yaxshilab oʻylab yozyabman. Prosta odamni meʼdasiga tegish kerakmas vahima qilib. Karantinga amal qilmayotganlar oʻz jazosini olyaptiku, boʻldi shu yetadi. Buyogʻda amal qilyotganlarga nima deysiz. Hammani oʻylab qarang siz. Man shunaqa oilalarni bilaman boquvchisi yoʻq ona buyum bozorida savdo qilib pul topadi. Afsuski u ham yopiq... Yordam berishyaptiku deysiz lekin ha deb yordam berilurmaydi ularni ham ha deb soʻrash koʻngliga tegadi... Ustiga ustak bolasi kontraktda oʻqiydi... Kontraktni tezlashtirmasayla yakuniyga kirmaysila deganlaga nima deysiz... Xullas aytsam gap koʻp bunaqa oilaga birmas oʻnmas minglab topiladi
etildiyu xabarda
JSR7JUVE
Unaqamas oka 53 tasimidi 52 tasi opkelinganladan chiqqan. Qogani osmondan tushmidiku
Eʼtiboriz uchun karantinda ushlanib turganladan ham chiqqan charter reysni oldingilaridan, shifokorlarga ham yuqyabdi
🌷🌹🌷🌹🌷
Qachongachaligini hechkim bilmiydi verus yuqtirib farzandlarini azoblagandan Kura uyda utirib telfondan telvezordan urgangan maqul
Азамат
etildiyu xabarda
Бугун мамлакатимизда коронавирус инфекцияси.қайд этилган 62 ҳолатнинг 53 таси хориждан келиб, карантинга олинган фуқаролар билан боғлиқ бўлди. Айни пайтгача касалланган 2411 нафар бемордан 1870 нафари бутунлай соғайиб, даволаниш даражаси 77 фоизни ташкил этмоқда.

@ssvmatbuotkotibi
Show next 100 comments