Коронавирус қайтяптими? Бепарволикка берилиб кетмаяпмизми?

❗️Бугун Ўзбекистонда коронавирус аниқланган сони тузалганлар сонидан салкам 2 баравар кўпроқ бўлди. Адашмасам, охирги марта 20 апрель куни вирусга чалинганлар сони тузалганлар сонидан кўп бўлган эди. 20 кун давомида беморлар сони фақат "минус"да эди, яъни тузалишлар кўпроқ бўлаётганди. Афсуски бугун яна "плюс"га қайтди.

Биргина Тошкент шаҳрининг ўзида 1 кунда 61 та янги ҳолат аниқланди.

Бу битта бизда эмас. Масалан, Жанубий Кореяда ҳам бир ойлик пасайишлардан сўнг коронавирусга чалинганлар сони кескин ошди. У ерда сўнгги суткада коронавирусга чалинганлар сони 34 кишига ошди. Бу 12 апрелдан буён қайд этилган энг юқори кўрсаткичдир.

Ж.Кореядаги янги касалланиш ҳолатларининг барчаси бир йигит билан боғланмоқда. У коронавирусга чалингани гумон қилинганига қарамай 2 майга ўтар кечаси Итэвон шаҳридаги 5 та тунги клубга бориб, кўп одамлар билан мулоқотда бўлган.

Умуман олганда, сўнгги кунларда анча бепарволикка берилиб кетаётгандекмиз. Худди хаёлимизда барчаси ортда қолгандай, ҳеч нарса бизга хавф солмаётгандай юришга кўникиб қолмаяпмизмикин?

‼️Карантин чекловлари учун енгиллик берилгани билан гигиена қоидалари эсимиздан чиқмасин. Масофа сақлаш, ниқоб тақиш, қўлларимизни тез-тез совунлаб ювиш ёки антисептик воситалардан фойдаланишни унутиб қўймайлик.


👉 @xushnudbek 👈

621 comments

Show 100 more comments
S D
Iqtisodchi har qanday vaziyatda ham pul topiwni oyliydi
Pul topish deysiz pulsiz yashay olasizmi?! Daromadi faqat bozordan boʻlgan oilalar nima qilishadi shuni ham oʻylang
S D
Aniq son bn har kuni aytiwyapti weklli
Aniq son berilmagani uchun aniq toʻxtamga kelolmayabsiz bugungi statistikani hozircha qaysi hududdan qancha qanchasi karantindan ekanligi ham nomaʼlum
Nilufar
Pul topish deysiz pulsiz yashay olasizmi?! Daromadi faqat bozordan boʻlgan oilalar nima qilishadi shuni ham oʻylang
Siz ulaga sovol bering qorning och qoganda his qigan og'riq qiyinmi yoki kasallani nafas ololmasdan o'lim bilan kurashvotgandigi og'riq qiyinmi dib. Shunda uyda otiraqoli db etadi szga
Nilufar
Pul topish deysiz pulsiz yashay olasizmi?! Daromadi faqat bozordan boʻlgan oilalar nima qilishadi shuni ham oʻylang
Hop nima qiliw kere bozorda iwlidiganlaga ruxsat beriw keremi, kechirasizu eng havfli joy hozirda gavjum joylar, Xudo saqlasin bir kiwida kasallik bb bozorga kirib qolsa tasavvur qilolasizmi nechi kishi kasallanadi
S D
Odamlani majburlab uyiga kirgiziwmaganda hozir ahvolimiz bilasmi qanaqa bolardi
Yoʻq qonunni kuchi bu va bu boshlangʻich siyosat edi. Majburiy qilingan ish qanchalik naf beradi. Nechta odam koʻchaga chiqib boʻlar boʻlmas videolarni olgan
Yetar endi Nilufar chiqib uydilaga saharlik tayyorlen, bzani ayolla tayyorlaguncha bza erkela ozimiz gaplashib turamz.
Nma didila erkela
Nilufar
Aniq son berilmagani uchun aniq toʻxtamga kelolmayabsiz bugungi statistikani hozircha qaysi hududdan qancha qanchasi karantindan ekanligi ham nomaʼlum
Hozirda eng muhim statistik sonlar korsatilyapti, ya'ni kasallanganlar, tuzalganlar va vafot etganlar, karantinda nechi kiwi ekanligi bu menimcha ikkinchi darajali
JSR7JUVE
Yetar endi Nilufar chiqib uydilaga saharlik tayyorlen, bzani ayolla tayyorlaguncha bza erkela ozimiz gaplashib turamz.
Ha zoʻrsiz gap yoʻq omon boʻling shunaqa qilib gender tenglik deyotganlaga aytib qoʻying bizda bunaqasi boʻlmaydi ayollardan aqlli gaplar chiqsa erkaklar man erkakman deydi qoyil silaga shukr qilila rostan erkak ekansila
Nilufar
Yoʻq yana notoʻgʻri tushundiz man aytmoqchi boʻganim shunaqa oilalarni ham qanaqadir yoʻl bilan band qilish kerak
Wunaqa oilalar iloji boricha òzlari harakat qiliw kere tomorqa bolsa ekin eksin, qachongacha davlat boqadi
Nilufar
Aniq son berilmagani uchun aniq toʻxtamga kelolmayabsiz bugungi statistikani hozircha qaysi hududdan qancha qanchasi karantindan ekanligi ham nomaʼlum
Buni bilganiz bilan nma ozgaradi. Mani hududimda yoq db bemalol yuras, kasal bor hududdan szi hududizga odam keladi szga yuqtiradi. Keyin nma boladi. Bu epidemik jarayon boshlanishi boladi. Ana keyin szi hududiz yana mahburiy karantinga olinadi. Chundzmi endi????
Ha boʻldi unda hamm oʻtirsin uyda hech kim koʻchagayam ishgayam chiqmasin. Koʻramiz uyogʻi nima boʻlarkin
Jannat onalar oyogʻi ostida erkaklarnimas☝️
Show next 100 comments