Коронавирус қайтяптими? Бепарволикка берилиб кетмаяпмизми?

❗️Бугун Ўзбекистонда коронавирус аниқланган сони тузалганлар сонидан салкам 2 баравар кўпроқ бўлди. Адашмасам, охирги марта 20 апрель куни вирусга чалинганлар сони тузалганлар сонидан кўп бўлган эди. 20 кун давомида беморлар сони фақат "минус"да эди, яъни тузалишлар кўпроқ бўлаётганди. Афсуски бугун яна "плюс"га қайтди.

Биргина Тошкент шаҳрининг ўзида 1 кунда 61 та янги ҳолат аниқланди.

Бу битта бизда эмас. Масалан, Жанубий Кореяда ҳам бир ойлик пасайишлардан сўнг коронавирусга чалинганлар сони кескин ошди. У ерда сўнгги суткада коронавирусга чалинганлар сони 34 кишига ошди. Бу 12 апрелдан буён қайд этилган энг юқори кўрсаткичдир.

Ж.Кореядаги янги касалланиш ҳолатларининг барчаси бир йигит билан боғланмоқда. У коронавирусга чалингани гумон қилинганига қарамай 2 майга ўтар кечаси Итэвон шаҳридаги 5 та тунги клубга бориб, кўп одамлар билан мулоқотда бўлган.

Умуман олганда, сўнгги кунларда анча бепарволикка берилиб кетаётгандекмиз. Худди хаёлимизда барчаси ортда қолгандай, ҳеч нарса бизга хавф солмаётгандай юришга кўникиб қолмаяпмизмикин?

‼️Карантин чекловлари учун енгиллик берилгани билан гигиена қоидалари эсимиздан чиқмасин. Масофа сақлаш, ниқоб тақиш, қўлларимизни тез-тез совунлаб ювиш ёки антисептик воситалардан фойдаланишни унутиб қўймайлик.


👉 @xushnudbek 👈

621 comments

Show 100 more comments
Betta boshqa tema bovoti. Notori adresga tushipsz
Nilufar
Tomorqa hammada bormi domda turadiganlachi
Siz faqat salbiy tomonni korarkansz hafa bolmangu kelajakda iw faoliyatingizda wunaqa holatda pand yeysz
JSR7JUVE
Siyosatga aralashmi onaligizi qlin unda
Fikr erkinligi soʻz erkinligi borligini bilasizmi
Nilufar
Tomorqa hammada bormi domda turadiganlachi
Bozorda iwlab yurganla hozir dehqon bozoriga chiqib biznes qilsa boladiyu togri hozi buyum bozorlari yopiq oldin buyum bozorida iwlagan bolsa vaqtincha dehqon bozorida biznes qilib tursa boladiyu hozirda hamma joyda dehqon bozorlari har kuni ochiq, davlat iwida iwlidiganlaga 100% maosh tòlanyapti
Nilufar
Fikr erkinligi soʻz erkinligi borligini bilasizmi
Fikr erkinligi valdirash uchun berilmagan. Chunmagan ishizga aralashmen. Iltmos.
🇺🇿👨‍🎓Husinov Zafar🇺🇿👨‍🎓
Siz faqat salbiy tomonni korarkansz hafa bolmangu kelajakda iw faoliyatingizda wunaqa holatda pand yeysz
Kechirasizu man jurnalistman faqat qayerda ishlashimni aytish man qilingan man xalqni oʻylayabman oʻziga toʻq aholini emas yetishmovchilida qiyin ahvolda qolganlar haqida
Man epidemiyaga qarshi kurashish siyosatiga chunaman. Shuniyan bilmismi
JSR7JUVE
Fikr erkinligi valdirash uchun berilmagan. Chunmagan ishizga aralashmen. Iltmos.
Valdiraydigan siz boʻlasiz har xil narsalarni ishonchli ishonchsiz manbalarni qoʻshib gapiryotgan
Ҳозир қорин тўйса ва соғлик бўлса бўлди ўртоқлар.
JSR7JUVE
Man epidemiyaga qarshi kurashish siyosatiga chunaman. Shuniyan bilmismi
Man xalqni oʻylayman uni muammolarini koʻtarib chiqaman siz faqat davolaysiz xolos
Nilufar
Kechirasizu man jurnalistman faqat qayerda ishlashimni aytish man qilingan man xalqni oʻylayabman oʻziga toʻq aholini emas yetishmovchilida qiyin ahvolda qolganlar haqida
Siz nima deyiwingzi oylamas ekansz. Kim qiynaldu karantinda nma kerak bulsatel qlsa uyigacha yetqzib beryabdku. Yana nma kerak nmadan qiynaldi. Sal aqlni iwlating xafa bolmang sochi uzunni aqli... deyiwgan
S D
Jurnalist bosez nega eng oxirgi yangililadan xabariz yo
Xabarim bor shuni aytib kelyabman qachondan beri shuni aniqlashtiraylik vahima qilish shartmi deyabman hali rasmiy bayonot berilgani yoʻq
Nilufar
Man xalqni oʻylayman uni muammolarini koʻtarib chiqaman siz faqat davolaysiz xolos
Kordizmi epidemiolog nma ish qlishidan xabariz yoq daje. Xalq muammosini tinch paytda kotarin. Xozir 1 chi darajali ish kasallanishga qarshi kurashish. Siz etvotgan muammola yanayam kuchayib ketadi agar kasalni yengmase
Show next 100 comments