Коронавирус қайтяптими? Бепарволикка берилиб кетмаяпмизми?

❗️Бугун Ўзбекистонда коронавирус аниқланган сони тузалганлар сонидан салкам 2 баравар кўпроқ бўлди. Адашмасам, охирги марта 20 апрель куни вирусга чалинганлар сони тузалганлар сонидан кўп бўлган эди. 20 кун давомида беморлар сони фақат "минус"да эди, яъни тузалишлар кўпроқ бўлаётганди. Афсуски бугун яна "плюс"га қайтди.

Биргина Тошкент шаҳрининг ўзида 1 кунда 61 та янги ҳолат аниқланди.

Бу битта бизда эмас. Масалан, Жанубий Кореяда ҳам бир ойлик пасайишлардан сўнг коронавирусга чалинганлар сони кескин ошди. У ерда сўнгги суткада коронавирусга чалинганлар сони 34 кишига ошди. Бу 12 апрелдан буён қайд этилган энг юқори кўрсаткичдир.

Ж.Кореядаги янги касалланиш ҳолатларининг барчаси бир йигит билан боғланмоқда. У коронавирусга чалингани гумон қилинганига қарамай 2 майга ўтар кечаси Итэвон шаҳридаги 5 та тунги клубга бориб, кўп одамлар билан мулоқотда бўлган.

Умуман олганда, сўнгги кунларда анча бепарволикка берилиб кетаётгандекмиз. Худди хаёлимизда барчаси ортда қолгандай, ҳеч нарса бизга хавф солмаётгандай юришга кўникиб қолмаяпмизмикин?

‼️Карантин чекловлари учун енгиллик берилгани билан гигиена қоидалари эсимиздан чиқмасин. Масофа сақлаш, ниқоб тақиш, қўлларимизни тез-тез совунлаб ювиш ёки антисептик воситалардан фойдаланишни унутиб қўймайлик.


👉 @xushnudbek 👈

621 comments

Show 100 more comments
S D
Toxten siz nimani aniqlawtirmoqchisiz, nima sizga mavhumlik qilyapti
Hozir bu kishilar hatto ismlari ham gʻalati dunyo qiroli aytyabdilaki karantindan tashqarida holi oʻrtasida virus chiqqan dedila qaysi manbadan oldiz desam hammasi mavhum
Nilufar
Bilmay turib har narsani gap deb gapiravermang
Ohrgi gapim xafa bolsanguz ham ozizga. Jurnalistman dedidingz diplomni sz pul bn bitr oganz kornb turbdi
Jurnalist eng avvalo vaziyatni tahlil qila olishi kere! Nilufar siz Ergash Karimov paxtakor yutqazganida uyga kegan holatini eslen, qzi kateysa qldirib kelin dganda nma dgan? Sizga usha gap
JSR7JUVE
Kordizmi epidemiolog nma ish qlishidan xabariz yoq daje. Xalq muammosini tinch paytda kotarin. Xozir 1 chi darajali ish kasallanishga qarshi kurashish. Siz etvotgan muammola yanayam kuchayib ketadi agar kasalni yengmase
Hoʻp shu paytgacha tushuntirib keldikku lekin endi nimaga odamlarni majburlash kerak. Man shunchaki bosqichma bosqich karantinni yumshatish kerak deb hisoblayman xolos
Nilufar
Hozir bu kishilar hatto ismlari ham gʻalati dunyo qiroli aytyabdilaki karantindan tashqarida holi oʻrtasida virus chiqqan dedila qaysi manbadan oldiz desam hammasi mavhum
Virus aholiga muloqot orqali yuqadi hechqachon bu virus bowqa davlatdan havo orqali uchib kelib yuqmaydi demak kim bilandir muloqot qilgan yuqtirgan zanjirga oxwab ulawib ketadi bir kiwi yuqtirsa tamom
Nilufar kommentlani korin mani gaplarimmi kopchili togri db tasqidlavoti. Nmagaki togri gap har joyda har vaziyatda oqlanadi. Vaziyat tahlili hamma sohada eng muhimi. Esizdan chiqarmen shuni
JSR7JUVE
Jurnalist eng avvalo vaziyatni tahlil qila olishi kere! Nilufar siz Ergash Karimov paxtakor yutqazganida uyga kegan holatini eslen, qzi kateysa qldirib kelin dganda nma dgan? Sizga usha gap
Shu vaziyatni bilish uchun shu yerga kirdim bilardim epidemiologlar ham boshqa soha vakillari ham borligini fikrilani bilmoqchi boʻlsam tosh otasila
Unda kuzating bza bn bahslashmen
Nilufar
Ha diplomi yoʻqla shunaqa oʻylaydi afsus
Ollohga wukur 2 kursda oqiman. Oz bilimim bn yakuniylani yoopman szga uxwab pul aralawtirmaganman
Intervyu olin hamma soha vakillaridan
Nilufar
Shu vaziyatni bilish uchun shu yerga kirdim bilardim epidemiologlar ham boshqa soha vakillari ham borligini fikrilani bilmoqchi boʻlsam tosh otasila
Siz yaxshisi hozirda aholiga bowqa tomondan yondawing, masalan internet tezligi pastligi l, ayrim joylarda umuman yòqligi haqida yoriting xalqni duosini olasiz
S D
E siz faqat qorin toydiriw haqida gapirarkanszde namuncha
Кўп муаммо шу қоринга бориб тақалади дўстим. Фарқи кимнинг қорни қанақа размердалигида
S D
Siz yaxshisi hozirda aholiga bowqa tomondan yondawing, masalan internet tezligi pastligi l, ayrim joylarda umuman yòqligi haqida yoriting xalqni duosini olasiz
Internet muammoligi bu aytib boʻlingan narsa hamma shu haqda yozyabdi shuning uchun man shu yerga hammani fikrini bilgani kirdim
Show next 100 comments