Коронавирус қайтяптими? Бепарволикка берилиб кетмаяпмизми?

❗️Бугун Ўзбекистонда коронавирус аниқланган сони тузалганлар сонидан салкам 2 баравар кўпроқ бўлди. Адашмасам, охирги марта 20 апрель куни вирусга чалинганлар сони тузалганлар сонидан кўп бўлган эди. 20 кун давомида беморлар сони фақат "минус"да эди, яъни тузалишлар кўпроқ бўлаётганди. Афсуски бугун яна "плюс"га қайтди.

Биргина Тошкент шаҳрининг ўзида 1 кунда 61 та янги ҳолат аниқланди.

Бу битта бизда эмас. Масалан, Жанубий Кореяда ҳам бир ойлик пасайишлардан сўнг коронавирусга чалинганлар сони кескин ошди. У ерда сўнгги суткада коронавирусга чалинганлар сони 34 кишига ошди. Бу 12 апрелдан буён қайд этилган энг юқори кўрсаткичдир.

Ж.Кореядаги янги касалланиш ҳолатларининг барчаси бир йигит билан боғланмоқда. У коронавирусга чалингани гумон қилинганига қарамай 2 майга ўтар кечаси Итэвон шаҳридаги 5 та тунги клубга бориб, кўп одамлар билан мулоқотда бўлган.

Умуман олганда, сўнгги кунларда анча бепарволикка берилиб кетаётгандекмиз. Худди хаёлимизда барчаси ортда қолгандай, ҳеч нарса бизга хавф солмаётгандай юришга кўникиб қолмаяпмизмикин?

‼️Карантин чекловлари учун енгиллик берилгани билан гигиена қоидалари эсимиздан чиқмасин. Масофа сақлаш, ниқоб тақиш, қўлларимизни тез-тез совунлаб ювиш ёки антисептик воситалардан фойдаланишни унутиб қўймайлик.


👉 @xushnudbek 👈

621 comments

Show 100 more comments
Navoiyda ham bir oydan kiyin koronavirus aniqlandi. Bemalol karantin vaqtida Namangandan kelgan harbiy kasallikni qayta boshlab yubordi. Zarafshon shahri hozir qizil hudud bo‘ldi. Bu yer sanoat zonasi. Karanyin vaqtida boshqa viloyatga borib kelgani uchun jazo bormi bularga.
Temur SHovkatovich
h
Sharof Omonov
menimcha yana bir oy karantinni ushlab turish kk edi
Бу ахмоқона енгилликларни тушуниш қийин енгиллик соха бўйича эмас худуд бўйича берилиши керак эмасмиди.
Hozir ish yuzasidan ko'chaga chiqib keldim. Deyarli ko'pchilik niqobni majburiy taqib yurganga o'xshaydi. Kimga qarasangiz burnigacha tushirib olishgan. Taksiga chiqsam, haydovchining niqobi yo'q ekan. Hech Kim nazorat qilmadi. Yoshi katta inson gapirolmadim. Oxiri ataylab yolg'ondan qayta qayta yo'taldim😷🤧 Meni kasal deb o'ylab qo'rqib ketdi shekilli darrov niqobni taqib oldi. Eng achinarlisi niqobni ahvoli xuddi bir oydan beri taqib yurilganga o'xshaydi. Bizni xududimiz yashil xududga kiritildi, bunga shukr qilib , oxirigacha shunday saqlab qolishga o'zlari va atrofdagilar salomatligi uchun tozalikka rioya qilishsa yaxshi bo'lardi.
O'zbekni bir iborasi yodimga tushdi yuqoridagi postni o'qib: qorni to'qni qorni och bilan nima ishi bor? Kimdurlar faqat o'zi va yaqinlarini salomatligini o'ylab, karantin charalarini kuchaytirish kerak desa, ba'zi birovlar o'z daromadidan ayrilgan oilasini qornini to'yg'azishni o'ylamoqda. Bir yarim oydan beri ishsiz maoshsiz axoli tang xolatga kelganligini bilsakda, xozir xammaga og'ir, zamon shunaqa deb ko'z yumyapmiz.
Amaldor shaxslarga aytmoqchiman, xali xanuzgacha xolatni to'liq anglab yetmadingiz. Davosi yoq virusni qachongacha ushlab turmoqchsiz?
Shahzod Farmonov
Ha ozgina sabir qilinsa yaxshi boʻlar edi
Karantin biroz ushlash kerak.
Ўктам Кушназаров
Ko‘pchilik niqobni nomiga taqishni boshlab yubordi.
Ehe Bu Faqat karantinda Yotsek Hayot nima boladi birov kelib bir som bermayapti faqat nochor oylalar haqida GAP ketyapti agar orta hollarga yordam bermaselar yaqinda ashi nochorlar qatori yanada kopayadi men bitta narsaga hayronman shu qozogistonchiligamasmizmi ularga 100 dollardan pul berdi biroy yashashga bizgachi 2 oy boldi Yana qancha davom etadi oziga toq odamga hich narsamas sal shu narsa haqidayam oyledimi kattalar bizga oxshagan odamlar qanchadan qancha Vijdonan Gapirilar Karantin Karantin Shuncha payt Amal qildik odam kelajakdiyam oylash keremi yo faqat karantin diyishadi osongina birov olyapsami qolyapsami demedimi togrisi sharoit yaratish keregu yashashga
Xushnud aka savol yozish uchun botingizni topa olmadim. Karantin vaqtida O'zini ozi boshqaruvchi Universitetlar o'quvchini kantrakt tolamagani uchun o'qishdan chetlashtirish huquqiga egami?
Karantin vaqtida o'zi insonlar zo'rg'a non topib yeyishyapdi chetlatish nohaqlik bolib qolmaydimi
Rahimboyeva
Salom
Charter reyslar hisobiga ko'payish boshlangandur balki
🕊Melikuzieva🕊
Charter reyslari hisobiga kõpaygan bolishi mumkun...masalani yaxshi tarafi esa tuzalganlar soni kôp bolyapti bu albatta quvonarli
Tuzalganlar kupaygani bn , kasallanganlar ham kupayyapti. Gap faqat aholida emas, postlarda utirgan IIB xodimlarida ham. Tugri hamma birdaymas, lekin kamroq 50_100.000 symdan olib, taksilani utqazib, aholini xavfga quyadiganlani xalq SOTQINI desa buladi. Noinsoflar!!!!
Kimdir karantindan foydalanib, hammani xavfga quyyapti
Xushnudbek blogerni uziga qanday yozsa buladi