Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 100 more comments
Nurullo Xalilov
Aynan 9 va undan yuqori sinf o'quvchilarni maktablardan tashqari repititorga borishini hammamiz bilamiz faqat shuni vaqtlarini qonuni jihatdan oddiylashtirib repititorga boradigan bolalarni maktabga borishini kamaytirish kerak deb uylayman
Неъматжон
Атом станцияси қурилаяпти...
Ha,shuning uchun "fizika" fani ustuvor yo'nalishlardan biri deb toplidimi?
Ko'p erkak maktablarda faoliyat yuritmaydi chunki oylik maoshi past, ro'zg'ori uchun ham yetmaydi. Ularni oyliklarni oshirib maktablarga qaytarish kerak. O'zinglar o'ylanglar 1 stafka maktab o'qituvchisiga 1900000 oylik bir oyga yetadimi?
O'qituvchilarni maoshini oshirish juda yahshi reja. Chunki shifokorniyam militsiyaniyam advokatniyam kerak bo'lsa prizedentga ham o'qituvchi ta'lim beradi.O'qituvchilarni bilimli bulishiga sharoit yaratish juda katta capital va investitsiya hisoblanadi.Faqat amalga oshishini tilab qolamiz.
boburjon_xolmaxmatov_070
Qaysi bir sohada bo‘lsaham "pinsanirlar" ishlamasa yaxshi bulardi
Yosh kadirlarga ish urin bulardi !!!
Адхамжон Эркинов
Качонлиги ни билмадик уу лекин качондир 😀😀
Shu masalani ham Xushnudbek aka koʻtarsa juda katta savobga qolar edi-da!!! Xushnudbek aka, mabodo mening yozganlarimni oʻqib qolsangiz OʻQITUVCHILARGA IMTIYOZLI AVTOKREDIT berish masalasini ham koʻtaring. Butun Oʻzbekiston sizdan minnatdor boʻlib yurardi!!!
Shu ketish yaxshi ketyapti lekin talim sifatiga yam etibor berilsaaa
ABDULLA
Assalomu Alaykum.Menimcha fanlardan milliy sertifikati bor o'qituvchilarga ham ustamalar belgilanishi kerak.To'g'ri bu gap aytildi lekin aniq qaror chiqqani yo'q.
<<El--Yurt>> Umidi Fondi togrisida Koproq mallumot kerak edi kim billadi ILTMOS ayting
꧁🌸Туранова Мавлудахон🌸꧂
Chetdan xech-qanday o'qituvchi kk emas o'ylab gapireylik o'zimizda saloxiyatli o'qituvchilar yetarli faqat bolalarimizda istak xoxish bo'lsa yetadi
OTM da davlat granti boʻyicha tahsil olgan talabalarga 3-yil ishlab berish shart degan fikrdan voz kechishimiz kerak va magistratura qamrovini oshirilsa maqsadga muvofiq boʻladi.
Yangiliklar kiritish oson,lekin amalda qo‘llash nazorat qilish sust
Bobojonov Ollashukur
Pedagoglar faoliyatini rag'batlantirish bo'yicha murojaatnomada ilgari surilgan fikrlar barcha ilm ahlini quvontirdi.Fikrimcha pedagoglar oylik maoshlarini bundanam oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi.Bu jarayon albatta raqobatga sabab bo'ladi va pedagoglar o'z ishidan, oylik maoshidan qoniqqan holda o'z ustida yanada qattiq mehnat qiladi.
Dilsuz Musayeva
Ko'pgina maktablar ta'mirtalab (to'g'rirog'i avariyniy holatda Qashqadaryoda) , maktablarni ta'mirlash va o'quvchi sig'imi hajmini oshirish kerak.
Doktorantlarni Yevropa OTM larida himoya qilishi uchun moddiy qo'llab quvvatlash kerak ( ba'zi OTM lar buni allaqachon yo'lga qo'ygan, e.g. BuxDU).
Umid qiladigan hech yangilik yòq. Shundoq ham narxlar 2, 3 barobar oshib bòldi
Norova D
Ustamani joyiga qóyishsa va toifasiga qarab dars berishni nazoratga olishsa maqsadga muvofiq bólardi
Orzu uqtuvchini oyligini kutarish 1000$ ishtib hursan bulib yuraveringlardeb aytib quyilyatti director jam si pasaytirildiku 12 foizni 8ga biryaqta pir den kutaramiz dep just ursa butomondan molya vazirligi olishdan bushamayatti
Yaxshigina pullar ajratilibdi eson omon joy joyiga yetib borsin .
1. Darsliklarni tubdan o'zgartirish kerak sssrdan qolgan darsliklar
2. O'qituvchilarni bilimi oshirish kerak universitetdagilarni ayniqsa . Faqat yozdirishni bilishadi ko'pchilik
3. Tanlagan sohasi bo'yicha fanlarni ko'paytirib kerakmas fanlarni qisqartirish kerak
Show next 100 comments