Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 100 more comments
Shu ketish yaxshi ketyapti lekin talim sifatiga yam etibor berilsaaa
ABDULLA
Assalomu Alaykum.Menimcha fanlardan milliy sertifikati bor o'qituvchilarga ham ustamalar belgilanishi kerak.To'g'ri bu gap aytildi lekin aniq qaror chiqqani yo'q.
<<El--Yurt>> Umidi Fondi togrisida Koproq mallumot kerak edi kim billadi ILTMOS ayting
꧁🌸Туранова Мавлудахон🌸꧂
Chetdan xech-qanday o'qituvchi kk emas o'ylab gapireylik o'zimizda saloxiyatli o'qituvchilar yetarli faqat bolalarimizda istak xoxish bo'lsa yetadi
OTM da davlat granti boʻyicha tahsil olgan talabalarga 3-yil ishlab berish shart degan fikrdan voz kechishimiz kerak va magistratura qamrovini oshirilsa maqsadga muvofiq boʻladi.
Yangiliklar kiritish oson,lekin amalda qo‘llash nazorat qilish sust
Bobojonov Ollashukur
Pedagoglar faoliyatini rag'batlantirish bo'yicha murojaatnomada ilgari surilgan fikrlar barcha ilm ahlini quvontirdi.Fikrimcha pedagoglar oylik maoshlarini bundanam oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi.Bu jarayon albatta raqobatga sabab bo'ladi va pedagoglar o'z ishidan, oylik maoshidan qoniqqan holda o'z ustida yanada qattiq mehnat qiladi.
Dilsuz Musayeva
Ko'pgina maktablar ta'mirtalab (to'g'rirog'i avariyniy holatda Qashqadaryoda) , maktablarni ta'mirlash va o'quvchi sig'imi hajmini oshirish kerak.
Doktorantlarni Yevropa OTM larida himoya qilishi uchun moddiy qo'llab quvvatlash kerak ( ba'zi OTM lar buni allaqachon yo'lga qo'ygan, e.g. BuxDU).
Umid qiladigan hech yangilik yòq. Shundoq ham narxlar 2, 3 barobar oshib bòldi
Norova D
Ustamani joyiga qóyishsa va toifasiga qarab dars berishni nazoratga olishsa maqsadga muvofiq bólardi
Orzu uqtuvchini oyligini kutarish 1000$ ishtib hursan bulib yuraveringlardeb aytib quyilyatti director jam si pasaytirildiku 12 foizni 8ga biryaqta pir den kutaramiz dep just ursa butomondan molya vazirligi olishdan bushamayatti
Yaxshigina pullar ajratilibdi eson omon joy joyiga yetib borsin .
1. Darsliklarni tubdan o'zgartirish kerak sssrdan qolgan darsliklar
2. O'qituvchilarni bilimi oshirish kerak universitetdagilarni ayniqsa . Faqat yozdirishni bilishadi ko'pchilik
3. Tanlagan sohasi bo'yicha fanlarni ko'paytirib kerakmas fanlarni qisqartirish kerak
Xoh ta'lim bo'lsin xoh boshqa bir soha qachonki korrupsiya yuqotilganda elim deb yurtim deb yonuvchilar bulgandagina yurtboshimizning barcha gaplari amalga oshishi mumkin avvallambor korrupsiyani yo'qotaylik azizlar biz korrupsiyani yuqotishni uzimizdan boshlaylik!!!
Nozima Nilufar Jumaboyeva
Assalom o'rta maxsus bulib stajlilar un oliy ta'limga qabul qilinsa yaxshi bulardi albatta kontrakt asosida
Yulduzxon Mahammadiyeva
Tarbiyachilarga ham imtiyozlar berib oyliklarini oshirsa yaxshibo‘lardi oliy malumotli bo‘lib ertalabdan kechgacha ishlab arzimagan oylikni olasan
Nozima Nilufar Jumaboyeva
Raxmat
ABDULLA
Pedagogni maqomini oshirish haqida loyiha bor edi.Muhokama ham tugadi.Shu loyiha taqdiri nima bo'lganini ko'tarib chiqing,Xushnud aka. Hamma o'qituvchilar sizni duo qiladi.
Grandlarni kamida 25 % oshirishdan koʻra har bir universitet va ularning filiallardagi qabul KVOTALARINI 600 700 nafarga oshirilganda hamma uchun yaxshi boʻlardi 25 % u qadar kop sonni tashkil qimidiku shu tomonini ham oʻylash kk edi mayli shunisiga ham shukur
Show next 100 comments