Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 100 more comments
Maktab o'qituvchisi uchun shunday tizim yaratilishi kerakki, har yili avgust oyida onlayn bo'lsa ham o'z dars bermoqchi bo'lgan fanidan test topshirsin. Testni albatta adolatli qilib o'tkazish tashkillashtirilshi juda muhim. Foiz hisobida unga shu fan doirasida eng kichik minimum foiz belgilansin. Mana shu foizdan oshiq ball to'plaganga dars berish Mana shu 1 yil uchun ruxsatnoma berilsin. Agar maktabda bitta fandan bir nechta nomzodni ruxsatnomasi bo'lsa eng yuqori ball to'plagani eng ko'pi qancha dars olishi mumkin bo'lsa shuncha darsni olsin. Ortsa 2-o'qituvchi, ortsa 3-o'qituvchi... Dars yetmay qolib lekin ruxsatnomasi bo'lsa XTV yaqin atrofdagi shu fandan ruxsatnoma ololmagan o'qituvchisi bor maktabga joylashtirsin. Agar o'qituvchi yetmasa o'sha darsni vakantga tashlab yuborgan ma'qulroq. Nima keragi bor bilimsiz o'qituvchini xonaga kiritib qo'yib? O'quvchini ham vaqtimni oladi, ham ortiqcha yuklama uning uchun; Davlat Nima qiladi behudaga bilimsiz o'qituvchi uchun pul sarflab? Agar Yana shu xonaga kirib dars o'tmoqchi bo'lsa bemalol borib o'z ustida ishlasinda keyin kelsin.

Bundan hamma yutadi. Davlat ham, ta'lim tizimi ham va eng asosiysi o'quvchi yutadi. Maktabga mazmun qaytadi
Xushnudbek aka sizdan iltimos shu kommentimga javob yozing. Men Qashqadaryo v. Chiroqchi tumanidanman va QarDU Fizika-Matematika fakulteti 2-kurs talabasiman. Biz online ta'limni tanlasak ham bizni oʻqishga majburlab chaqirishmoqda. Yana har kuni 2 soatdan dars. Sessiya oldi chaqirib bizni qoʻrqitishmoqda. Bizni oʻqishimizni hohlashar balki. Lekin shuncha oʻtib ketgan online ni darsini 10 20 kunda qanday qilib oʻzlashtiramiz. Karantin vaqtiku pul topish uchun arzonga ishladim. Hozir ham kontraktimni toʻliq toʻlay olmadim endi sessiyaga pul topishim kerak.
Муминова Кундузхон Юсуфовна
Жойиш булса хам айтиш керакки, барчамизни фикрлаимизни укиб, танишиб, уз хулосамизга эга булмокдамиз, хаттоки, музокарага айланиб кетяпди. Аксарият купчилигимиз ССР даврини, Мустакилликнинг илк онларидаги кийинчилик дамларидан то шу кунгача булган даврларни куриб, етиб келган булсак керак, барчамиз уша даврларда таьлим олганмиз, у даврларда укитувчини, мактаб директорига хамма хурмат киларди, хамма нарсанинг кадр-киммати булган. Мустакилликка эришганимиздан кейин янгича таьлим тизимига утдик ва 25 йил давомида ижтимоий соха вакилларини обруси колмади, бу албатта, катта хатолик эди. Шукурки, энди эса ижтимоий соха вакилларни обрусини кутаришга , уларга шарт-шароитлар, имтиёзлар яратишга харакат килиняпди. Бу бирданига булмайди, бунинг учун балки яна 25 йил керакдир. Тепада турган соха вакиллари тепадан туриб майда чуйда бб куринган муамоларга шунчаки караб, расмга тушиб, карор кабул килмасдан, хар бир сохадаги муаммоларни эринмай урганиши, одамларни дардини эшитиши керак. Уша майда заррачалар кун келиб кулга айланганда айбдорни топишга эмас, хато килмасликни олдини олиш макулрок дб уйлаайман.
Ta'lim sifatini oshirish uchun bog'chalardagi bolalar tarbiyasiga ham e'tibor qaratish zarur.Bog'chada tarbiyachilar yozuvni o'rgatmasinlar. Chiroyli yozuvni o'rgatishni bilmaydilar. Maktablarda o'qituvchilarga qobiliyatiga ko'ra ish bilan ta'minlansa yaxshi bo'lardi. Oliy ma'lumotli bo'lgani bilan hamma o'qituvchilarning ham bilimi bir xil emas. Bilimi past oddiy diktantni xatosiz yoza olmaydigan boshlang'ich sinf o'qituvchilari falon soat dars , ustama haqi va oylik olib yuribdi. Ta'lim sifatini oshirish uchun shunaqa o'qituvchilarga kamroq dars berish kerak.
Madina
ingliz tili fanidan sirtqi ta‘lim shakli joriy etilsa a‘lo bo‘lardi
Xushnudbek dustim gapirsa gap kup, sizga dardixol qilgan bn nima uzgarardi. Qani endi rahbarlarning hammasi Prezidentimizdek jon kuydirsa. 1-navbatda pensioner rahbarlarning masalasini jiddiy uylab kurish kerak. Gaziga bosib yotibdi yuqotadigan narsam yuq deb. 2-dan qishloq joylardagi pensioner uqituvchilar ham na joyini bushatadi na ishga boradi qishda va hk...
Шоира Чиникулова
Salom Xushnudbek.Maktabda ishlayotgan õrta maxsus õqituvchilar oliygohlarga test sinovisiz õqishga qabul qilinarmikan?Bu haqida nima deysiz?Iltimos savolimga javob bersangiz.Oldindan rahmat.
Салом Хушнудбек Худойбердиев олий та'лимда квотани оширишни унчалик ма'кулламайман, супер контрактга хам уртача балл белгиланиши керак 56.7 бу бу оддий балл. Бугунги кунда биз хар сохада ривожланиш хакида бош котирмокдамиз Бунинг учун айнан хозирдан пойдеворни мустахкамлашимиз керак...

Та'лимда кандай килиб туп бурулиш килиш мимкин.
ЖАВОБ: хар бир ходимга билим савиясидан келиб чиккан холда маош белгиланиши керак ушандагина ракобат булади ракобат бор жойда еса усиш булади.
Madina
ingliz tili fanidan sirtqi ta‘lim shakli joriy etilsa a‘lo bo‘lardi
Бу еса яна савотсизларни келтириб чикарадику...
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Meni bir taklifim br edi. O'zim Oliy ma'lumotliman Universitetni Maktabgacha ta'lim yo'nalishini kontrak asosida o'qib tugatdim. Keyin qayta tayyorlovda logopediya yo'nalishi o'qidim. Ollohga shukur hozir bog'chada logoped bo'lib ishlayapman. Lekin bog'chada ishlash o'zimga yoqsa ham oyliklari judayam past. 1 stavka oylik logoped uchun 1.5 mln. Bu oylikka ro'zg'or qilib bo'lmaydi. Bu eng yuqori oylik. Tarbiyachilar yordamchilari 1 mln ham oylik olishmaydi. Vaholanki eng jon kuydirib bolalarni kiyinishiyu tartibi tarbiyasi sog'ligi savodi haqida eng ko'p qayg'uradigan aynan shu tarbiyachilar bog'cha xodimalariku. Masalanaktabda hech qaysi ota ona bolasini yo'qotgan narsasi yoki yirtgan kiyimi uchun borib o'qituvchini urushmaydi lekin bog'chada tarbiyachini urushadi kerak bo'lsa janjal qilishdan ham qo'rqmaydigan ota onalar bor. Mana shularga chidab kelayotgan aziz tarbiyachilarni oyligi qachon oshadi shunga mutasaddilarimiz qachon etibor berishadi qiziqaman. To'g'ri poytaxtda xususiy bog'chalardagi tarbiyachilarni oyligi ko'proq bo'lishi mukin lekin bu viloyatdagi davlat bog'chalarida ishlayotgan barcha xodimlarning oyligi juda past.
Дониёр Маматов
Bu qarorlar chiqaveradi.Mavjudlarini bajarilishini nazorat qilish kerak.
Assalomu aleykum barchaga!
Ta'lim sifatini yaxshilash uchun 1-navbatda o'qituvchilar oyligini oshirish kk.
Yosh o'qituvchiman oyligim o'zimmgaku yetiyapti xudoga shukur ammo ertaga oila boqish kk ....
Bunaqa narsalar haqida o'ylasam har kuni boshqa ish topish ( maoshi yaxshiroq) haqida o'ylayman

Ko'pchilik o'qituvchilar qo'shimcha darslar o'tadi uyida maktabda hattoki bollarni uyiga borib ham
Sababi qo'shimcha daromad qilish chunki oilasini boqishga maoshi yetmiyapti

Maktablarda erkak o'qituvchilar kam sababi maosh kam
Hattoki erkak o'qituvchilar kechki smenda ham ishlashadi oila boqish un......
Viloyatdagilar toshkent shaharga borib ishlasa ham maoshi 2 marta osharmikan?🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔
Mavjuda 202 guruh
Ассалом алекум хушнубек ака сизга қуйидагича саволим бор мен унверситет талабасиман 2 курсда сиртқ ўқийман педагогик сохасида лекин хозирги вақтда нима сабабдан ўқитувчилик вазифасини беришмайди мактаб информатика вакантга турибди сизга 4 курсдан дарс берамиз дейди кантракт тўлашга келсак қийналамиз сиздан илтимос шу таклифни киритсангиз 2 чи курсдан дарс берилсин деган қарор чиқишига жуда хохлаган эдим.
xar yilning oxirida eshitadigan gaplar amalda esa o'sha o'sha, muamo esa juda ko'p
S.N.B.
Assalamu aleykum ayni vaqitda qo'shimcha shart emas nazarimda xozircha shularni amalga oshirsak oshira boshlasak!!!! Keyinchalik qoshimchalar qo'shamiz tushunki biz yutug'da bo'lamiz . Shu voqealarni ko'rarmikanman a ,?
!!ʼ qoʻshilganlar + qilinglar

Politexga imtiyoz bilan kirib bitirgan injener ishda baxtsiz hodisaga uchrab davolangani borsa, medga imtiyoz bilan kirib bitirgan doktor noto‘g‘ri davolab qo‘yib, sudga ishi tushgan ekan, sudya yuridikaga imtiyoz bilan kirib bitirgan sudya emish...


Imtiyoz bilan oʻqishga kirgizishni yoʻqotish kerak chunki kim qande sharoitda tugʻilishini oʻzi belgilolmedi, kimdir dehqonni bolasi, kimdir komanderni, kimnidir dadasi yoʻq, kimnikidir bor. Lekin, oʻqishga kirish uchun yetarli ball toʻplash bu oʻzini qoʻlida, xoʻp yordam bermoqchi, oʻqishga kirgandan keyin qilsin, kontrakt kirsa toʻlab bersin grant kirsa qoʻshimcha mablagʻ ajratsin.

180ball oʻlay deb 4yil tayyorlandi, kontrakt oʻqiyapti, 110 ball bilan bittasi grant, u aslida 180 toʻplagan odamni 4/1ni ham oʻqimagan. Shu qandedir bitta imtiyoz beriladigan oilada tugʻildi boʻldi.
Oʻzi harakat qilsin majburiy taʼlim bizda deb jar solamiz, hamma oʻsha maktabda oʻqiyaptiku.

Mana demokratiya mana tenglik.

Men imtiyoz berishga qarshiman dememan, faqat toʻgʻri yoʻnaltirilishi kerak.
Qani edi bu aytilganlar amalda ham bajarilsa haqiqatdan ham oʻqituvchilarning moashi kam oylik puli bir oyga yo yetadi yoki yetmaydigan darajada
Show next 100 comments