Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 100 more comments
Madina
ingliz tili fanidan sirtqi ta‘lim shakli joriy etilsa a‘lo bo‘lardi
Бу еса яна савотсизларни келтириб чикарадику...
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Meni bir taklifim br edi. O'zim Oliy ma'lumotliman Universitetni Maktabgacha ta'lim yo'nalishini kontrak asosida o'qib tugatdim. Keyin qayta tayyorlovda logopediya yo'nalishi o'qidim. Ollohga shukur hozir bog'chada logoped bo'lib ishlayapman. Lekin bog'chada ishlash o'zimga yoqsa ham oyliklari judayam past. 1 stavka oylik logoped uchun 1.5 mln. Bu oylikka ro'zg'or qilib bo'lmaydi. Bu eng yuqori oylik. Tarbiyachilar yordamchilari 1 mln ham oylik olishmaydi. Vaholanki eng jon kuydirib bolalarni kiyinishiyu tartibi tarbiyasi sog'ligi savodi haqida eng ko'p qayg'uradigan aynan shu tarbiyachilar bog'cha xodimalariku. Masalanaktabda hech qaysi ota ona bolasini yo'qotgan narsasi yoki yirtgan kiyimi uchun borib o'qituvchini urushmaydi lekin bog'chada tarbiyachini urushadi kerak bo'lsa janjal qilishdan ham qo'rqmaydigan ota onalar bor. Mana shularga chidab kelayotgan aziz tarbiyachilarni oyligi qachon oshadi shunga mutasaddilarimiz qachon etibor berishadi qiziqaman. To'g'ri poytaxtda xususiy bog'chalardagi tarbiyachilarni oyligi ko'proq bo'lishi mukin lekin bu viloyatdagi davlat bog'chalarida ishlayotgan barcha xodimlarning oyligi juda past.
Дониёр Маматов
Bu qarorlar chiqaveradi.Mavjudlarini bajarilishini nazorat qilish kerak.
Assalomu aleykum barchaga!
Ta'lim sifatini yaxshilash uchun 1-navbatda o'qituvchilar oyligini oshirish kk.
Yosh o'qituvchiman oyligim o'zimmgaku yetiyapti xudoga shukur ammo ertaga oila boqish kk ....
Bunaqa narsalar haqida o'ylasam har kuni boshqa ish topish ( maoshi yaxshiroq) haqida o'ylayman

Ko'pchilik o'qituvchilar qo'shimcha darslar o'tadi uyida maktabda hattoki bollarni uyiga borib ham
Sababi qo'shimcha daromad qilish chunki oilasini boqishga maoshi yetmiyapti

Maktablarda erkak o'qituvchilar kam sababi maosh kam
Hattoki erkak o'qituvchilar kechki smenda ham ishlashadi oila boqish un......
Viloyatdagilar toshkent shaharga borib ishlasa ham maoshi 2 marta osharmikan?🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔
Mavjuda 202 guruh
Ассалом алекум хушнубек ака сизга қуйидагича саволим бор мен унверситет талабасиман 2 курсда сиртқ ўқийман педагогик сохасида лекин хозирги вақтда нима сабабдан ўқитувчилик вазифасини беришмайди мактаб информатика вакантга турибди сизга 4 курсдан дарс берамиз дейди кантракт тўлашга келсак қийналамиз сиздан илтимос шу таклифни киритсангиз 2 чи курсдан дарс берилсин деган қарор чиқишига жуда хохлаган эдим.
xar yilning oxirida eshitadigan gaplar amalda esa o'sha o'sha, muamo esa juda ko'p
S.N.B.
Assalamu aleykum ayni vaqitda qo'shimcha shart emas nazarimda xozircha shularni amalga oshirsak oshira boshlasak!!!! Keyinchalik qoshimchalar qo'shamiz tushunki biz yutug'da bo'lamiz . Shu voqealarni ko'rarmikanman a ,?
!!ʼ qoʻshilganlar + qilinglar

Politexga imtiyoz bilan kirib bitirgan injener ishda baxtsiz hodisaga uchrab davolangani borsa, medga imtiyoz bilan kirib bitirgan doktor noto‘g‘ri davolab qo‘yib, sudga ishi tushgan ekan, sudya yuridikaga imtiyoz bilan kirib bitirgan sudya emish...


Imtiyoz bilan oʻqishga kirgizishni yoʻqotish kerak chunki kim qande sharoitda tugʻilishini oʻzi belgilolmedi, kimdir dehqonni bolasi, kimdir komanderni, kimnidir dadasi yoʻq, kimnikidir bor. Lekin, oʻqishga kirish uchun yetarli ball toʻplash bu oʻzini qoʻlida, xoʻp yordam bermoqchi, oʻqishga kirgandan keyin qilsin, kontrakt kirsa toʻlab bersin grant kirsa qoʻshimcha mablagʻ ajratsin.

180ball oʻlay deb 4yil tayyorlandi, kontrakt oʻqiyapti, 110 ball bilan bittasi grant, u aslida 180 toʻplagan odamni 4/1ni ham oʻqimagan. Shu qandedir bitta imtiyoz beriladigan oilada tugʻildi boʻldi.
Oʻzi harakat qilsin majburiy taʼlim bizda deb jar solamiz, hamma oʻsha maktabda oʻqiyaptiku.

Mana demokratiya mana tenglik.

Men imtiyoz berishga qarshiman dememan, faqat toʻgʻri yoʻnaltirilishi kerak.
Qani edi bu aytilganlar amalda ham bajarilsa haqiqatdan ham oʻqituvchilarning moashi kam oylik puli bir oyga yo yetadi yoki yetmaydigan darajada
𝓝𝓲𝓵𝓾𝓯𝓪𝓻
Агар режалаштирилган ишлар камида 70-80% га амалга оширилса...
Эххзееее!!!
Бошка таклифга хожат йу’к!
Raxmatilla
Газ светни бермайди Хушнид қишлоқларга буниям дастурга киритиш керак эди
Talabalar stipendiyasini oshirish kerak.
Hammaga bir xil boʻlsayam, miqdorini 50% lar oshirishsa yaxshi boʻlar edi.
Салом Хушнудбек мактабда ва синфларда 45- 48 та болалар укишади дарс 45минутдан, шунинг учун фойдаси йук .синфда болалар сони камайтириш керак 11 -15тагача шунда самаралирок булар э́ди
Raxmatilla
👀😱
Takliflarim: shifokorlarning oyligini (umuman, har bir sohaning ham) oyligini ko'tarish; yig'ilishlar kuni, soati yuqoridan belgilanib kelsin; ijtimoiy tarmoqda yolg'on xabar joylashni to'xtatishni tartibga olish; maktabgacha ta'lim tizimidan boshlab yuqori ta'lim tizimlariga qadar diniy ta'limotni berish tizimini ishlab chiqish va yo'lga qo'yish; iste'molchilar huquqlarini mukammallashtirish (gaz, suv, svet o'chmasligini, do'konlarga muddati o'tgan, iste'molga yaroqsiz maxsulotni chiqarmaslikni ta'minlash); ishchilarning ish vaqtini qat'iy meyorlashtirish (soat 6 dan keyin yoki shanba, yakshanba kunlari ishlatishni to'xtatish); ishchi hodimlarning kechki navbatchiligiga barham berish; ishchi hodimlarga chet tili va EHM bo'yicha doimiy darslar tashkil qilish; mashina, uy oldi-sottisida firmaning o'z taklifiga ko'ra hech qanday foizsiz va boshlang'ich to'lovlarsiz to'lovni joriy qilish; doktorantura va ordinaturalarga kvotalarni ko'paytirish; bozorlarda narxlarni bir xilda tizimlashtirish; dori vositalarining o'rniga biologik faol qo'shimchalar iste'molini targ'ib qilish va almashtirish; yosh oila, nogiron va kam ta'minlangan oilalarga foizsiz kreditlar berishni tashkil etish va boshqalar.
Стипендия ҳамма талабага берилиши керак
Show next 100 comments