Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:
👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича
давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;
👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида
25 фоизга оширилади;
👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони
2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;
👉 аъло баҳоларга ўқиётган,
ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;
👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони
5 баробарга оширилади;
👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни
мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;
👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар
1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан
400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;
👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига
50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа –
100 фоиз устама ҳақ тўланади;
👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига
330 млрд сўм йўналтирилади;
👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови
65 фоизга, 2023 йил охирида эса
75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;
👉 2021 йили докторантлар сони
4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча
240 миллиард сўм ажратилади;
👉 2021 йилда
физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.
Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?
👉 @xushnudbek 👈
Sinf rahbarlik uchun ham malakaga borib o'qish, afsus ofarin!
Yuqoridagilar faqat byudjetni to'ldirish bilan ovoragarchiligi qachon tugarkan!
Qo'lidan keladigan fidoiy inson yo'qmi tepadagi mutasaddilarda nahotki ayta olmaydi birontasi.
Barakattopgurlar!
Litsenziyami, testingmi, baloyu-battaringmi xullas malaka payt amalga oshir boshqa payt ustozlarni tinch qo'y deydigan!!!!!!!
Afsus, unday xalqni o'ylaydigan mutasaddilar bo'lmasa kerak chunki byudjetga kelib tushadigan talon taroj qilinadigan pullar qayerdan kelib tushadi.
YIGITALI RADJABOV ➡️ faol_ustoz2
XULLAS YUQORIDAGILARDA HAM INSOF BORMI?
TOIFAMI, LITSENZIYAMI, BALOYU-BATTARMI XULLAS BIR FIKR YURITINGLAR BARAKATTOPGURLAR!
DEYDIGAN RAHBAR BO'LMASA AFSUS DEYISHDAN BOSHQA NA ILOJ!
MALAKA OSHIRISH PAYTI BIR VAQTNI O'ZIDA AMALGA OSHIRSA BO'LADI HAMMASINI LEKIN, BUNI AMALGA OSHIRADIGAN INSONNI O'ZI YO'Q!
@faol_ustoz2
⬆️YIGITALI RADJABOV
Takliflarim:
1) "El-yurt umidi" jamg'armasi hisobidan chet elga yuborgandan ko'ra har bir oliy talim o'z hisobidan o'zining yosh bilimli kadrlarini chet elga magistratura va doktaranturaga o'qishga yuborsin va qaytib kelgandan keyin shu kadrlarni o'zlari ish bilan taminlasin. Chunki el-yurt umidi jamg'armasi hisobidan ketish juda qiyin sababi ancha qog'oz taxlash kerak va ancha vaqtni oladi va yana nozik sabablari bor.
2) Har bir oliy talim muassasi o'zining fakultet va yo'nalishlariga o'zimizning tadbirkorlar va chet ellik investorlarni jalb qilsin va shu hisobiga bilimli kadrlarni chet elda magistratura va doktaranturada o'qib kelishini taminlasin. Ana qarabsizku ham tadbirkorga ham investorga ham oliy talimga foyda bo'ladi. sababi har bir chet elda o'qib kelgan kadr yangi loyiha va takliflar bilan keladi. Shu loyiha va takliflarni amaliyotga joriy etilsa albatta rivojlanish o'sish bo'ladi.
Биринчидан, ўқитувчини иш ҳаққини ошириш керак.
Иккинчидан, ўқитувчиларни аттестация, бало, баттар деб сарсон қилмасдан, мактабларнинг ҳамма жойига камера ўрнатиш керак. Шунда аниқ бўлади ким ишлаб, ким ишламагани. Кимни қанақа билим, кўникма ва малакага эга эканлиги. Мактабга ким келди? Ким кетди? Нима сабабдан келди? Нима мақсадда келди? Кимдир мактабни ҳолидан хабар оляптими? Ёрдам қиляптими ёки фақат камчилигини айтиб танқид қилиб жабрини ўқитувчилар кўряптими?
Бу менинг шахсий фикрим ва орзуим.
Hammaga omad!!!!
Menda ham o'zimni ba'zi bir xulosalarim bor edi hamma biladiki jamiyatni o'zgartiruvchi yagona kuch bu ta'lim , ta'limni esa o'qituvchi beradi bu hammamizga kundak ravshan xozirda o'qituvchilik shunday kasm bub qoldiki o'qishni bitiryotgan bironta bilimli talabalar o'qituvchilik qilaman demaydi.
Xozirda qo'lida diplomi bor yoshlar boshqa ish topolmagan taqdirdagina o'qituvchilik qilyapti.
Yuqorida aytilgandek kamida 500$ topmagan o'qituvchilik kaspida ayniqsa biz tengi yoshlar ishlamaydi sababi shundaki uylanishi kerak bunga esa pul kerak vaholanki bu yo'lda bunga erishish anchagina qiyin va qarabszki o'qituvchilik asosan ayollarimiz uchun maqulroq tanlov bo'ladi .
Bizning ta'lim faqat yodlash b.n chegaralangan bu esa qolifga solib quyadi ma'lumotni tahlayveramiz tahlayveramiz lekin undan qanday foydalanish kerakligini bilmaymiz vaholanki bunda o'sish bo'lmaydi.
O'zim kimyo bo'yicha tahsil olganman, shu yillar davomida biron bir labaratoriyada tuzuk ish qilmadik va ko'rmadik endi maktabdachi axvoli o'zingiz bilasz moddalari yetarlicha bor maktabga borgan taqdirimizdayam yo labaratoriyani o'zimiz bajara olmaymiz yoki moddalarni asrashimiz kerak foydalanmasdan.
Taklifim shuki xech bo'lmadi deganda har bir tumanga labaratoriya markazlari ochilishi kerak mustaqil o'rganuvchilar borib ish qilishi kerak ana shunda chetdan xa deb nusxa ko'chirmasdik o'zimiz qandaydir yangi narsa kashf qilgan bo'lardik.
Raxmat