Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 100 more comments
77777
Мактаблар куриш керак
Litsenziya, toifa, turli baloyu-battarlari aynan test olishlari xullas yuqoridagi aqillilar o'ylab ko'rishsa yomon bo'lmasdi, barakat topgurlar aynan boshlang'ich sinflarda 20 yil ishlasa xotirasi boraydigan joyga borib qoladi nega kerak bunchalik ustozlarni azoblash.
Sinf rahbarlik uchun ham malakaga borib o'qish, afsus ofarin!
Yuqoridagilar faqat byudjetni to'ldirish bilan ovoragarchiligi qachon tugarkan!
Qo'lidan keladigan fidoiy inson yo'qmi tepadagi mutasaddilarda nahotki ayta olmaydi birontasi.
Barakattopgurlar!
Litsenziyami, testingmi, baloyu-battaringmi xullas malaka payt amalga oshir boshqa payt ustozlarni tinch qo'y deydigan!!!!!!!
Afsus, unday xalqni o'ylaydigan mutasaddilar bo'lmasa kerak chunki byudjetga kelib tushadigan talon taroj qilinadigan pullar qayerdan kelib tushadi.

YIGITALI RADJABOV ➡️ faol_ustoz2
Asad Bek
Maktabgacha ta'lim soxasi xodimlari maoshi ga toxtalishmabdi. MTT infratuzilmasini o'zgartirish uchun xech qanday qo'shimcha mablag'lar yo‘q. бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади; bu xolat Mtt xodjmlari orasidaxam juda ko‘p. Maktabgacha ta‘lim tashkiloti xodimlarining eng baland maoshi 1.700 ming som eng pasi 679 ming som bu ishiga yarasha emas. Juda juda kam. Xalq ta‘limi vazirligi bu borada ancha yaxshi ishlamoqda. Xushnud aka kanalizda maktabgacha ta‘lim xaqida xam yozib turing.
Ўзи берадигани 400 минг стипендия эди шуни ҳам талабага кўп кўриб сессияни 3 баҳога якунлаган талабага берилмайди деб қарор чиқариб қўйди.шу қарорни чиқарган генийни ўқиган даврида сессиясини 3 баҳога якунлаган бўлса ҳам стипендия олганку.Ўша вақтлар давлатимиз талабаларимизга ёрдам бўлсин деб стипендия берган.Лекин ҳозир кунда ҳеч ким талабаларни ҳолати билан қизиқайди у талаба кўчада қолиб кун кўряптими авто вакзалда ёки поезд вакзалда қолиб кун кўряптими ҳеч кимни иши йўқ нима бўлса ҳам майли лекин дарса бориши шарт.бўлмаса эмбе тушади.Тошкендаку квартира пули энг арзони битта талаба учун 500минг сўм лекин ўша 500минг сўм стипендияни хам давлатимиз баҳоси 3 бўлган талабага бермаса талаба қандай кун кўради.талабага ётоқхона берилмаса бу нима деган гап.Битта оиладан 2тадан ортиқ фарзанди ўқийдиган ота оналар қандай фарзандини ўқитсин.Бу муаммоларни ким эшитади-ю ечими топилади
AtakhadjaeFF
Яна курук гапларми
Renat Alliyarov
Шу кунгача ердам булди. Бугунги кунда канча ердам буляпти. Келажакда бундан хам купрок ердам булади.Натижа качон булади...
Мактаб котибалари эталаб соат 8.30дан кеч соат 17.00гача лекин оладиган ойлиги 975000минг сўм пул..Энди ўйлаб кўрингчи шу маош билан котиба фарзандини ўқитиб едириб кийдириб биладими квартира пули бериб яна рўзғори учун бозор ўчар қилишига етадими ёки касал бўлиши бор дори дармон олиши бор .Нимага бу муаммоларни ҳеч ким инобатга олмайди.Ёки фррошни,қоровулни олайлик буларни ойлигини ошириш керак..Буларни ҳам оиласи бор.Бу ходимлар ҳам ўқитувчилар қатори ишга келиб ўқитувчидан кейин ишдан кетади.Бошқа жойга ишлаб қўшимча даромат топишга вақти қолмайди.Нима булар инсон эмасми ёки бўларга паст назар билан қарашадими
TOIFA UCHUN A'ZOBINI BERIB IPIDAN IGNASIGACHA TAHLIL QILIB DUNYONI QOG'OZINI TAXLATIB UNDAN SO'NG TESTGA BORASAN TOIFA UCHUN, XOTIRA HAM O'ZIGA YARASHA BO'LIB QOLADI BOSHLANG'ICH USTOZLARDA XULLAS TESTDAN UCHIB KETGANIGA ACHINSINMI YOKI A'ZOBINI YEB TAYYORLAGAN TOIFA UCHUN BIR TIYINGA QIMMAT QOG'OZLARGAMI!
XULLAS YUQORIDAGILARDA HAM INSOF BORMI?
TOIFAMI, LITSENZIYAMI, BALOYU-BATTARMI XULLAS BIR FIKR YURITINGLAR BARAKATTOPGURLAR!
DEYDIGAN RAHBAR BO'LMASA AFSUS DEYISHDAN BOSHQA NA ILOJ!

MALAKA OSHIRISH PAYTI BIR VAQTNI O'ZIDA AMALGA OSHIRSA BO'LADI HAMMASINI LEKIN, BUNI AMALGA OSHIRADIGAN INSONNI O'ZI YO'Q!

@faol_ustoz2

⬆️YIGITALI RADJABOV
Renat Alliyarov
Шу ерда талим билим деп коммент билдирган барчага катта РАХМАТ
Shahzoda Zaripova
ASSALOMU ALEYKUM!!! Shu menimcha,qishloq joyidagi qizlar uchun ham grantlar ko'payishi kerak,ta'lim sohasida ham tub o'zgarish bo'lishini xohlardim,o'z tajribamdan kelib chiqib aytamanki,o'quvchi 9-sinfgacha o'zi qiziqqan sohani aniqlab oladi va tabiiyki,boshqa fanlarga diqqat qaratmay qo'yadi,repititorga biologiya kimyodan qatnagan o'quvchi ona tili va adabiyot,geografiya,rus tiliga umuman qiziqmay qo'yadi,maktabga emas o'quv markazlariga bog'lanib qolayotgan yoshlarga qanday yordam ko'rsatish kerak,fikrimcha 10-,11-sinf o'quvchining shaxsiy qiziqishlariga asoslanib,maxsus kurs holida o'qitilsa,bo'lajak fiziklarga faqat fizikani chuqurlashtirib,biologlarga biologiyani,matematiklarga matematikani o'rganish uchun repititordagidek ideal atmosfera yaratib berilsa,nur ustiga a'lo nur bo'lardi deb o'ylayman...
ELDORBEK YULDASHEV
Xushnudbek va hammaga xayrli kech. Menimcha hamma murojatnomani ko'rgan eshitgan bo'lsa kerak.
Takliflarim:
1) "El-yurt umidi" jamg'armasi hisobidan chet elga yuborgandan ko'ra har bir oliy talim o'z hisobidan o'zining yosh bilimli kadrlarini chet elga magistratura va doktaranturaga o'qishga yuborsin va qaytib kelgandan keyin shu kadrlarni o'zlari ish bilan taminlasin. Chunki el-yurt umidi jamg'armasi hisobidan ketish juda qiyin sababi ancha qog'oz taxlash kerak va ancha vaqtni oladi va yana nozik sabablari bor.
2) Har bir oliy talim muassasi o'zining fakultet va yo'nalishlariga o'zimizning tadbirkorlar va chet ellik investorlarni jalb qilsin va shu hisobiga bilimli kadrlarni chet elda magistratura va doktaranturada o'qib kelishini taminlasin. Ana qarabsizku ham tadbirkorga ham investorga ham oliy talimga foyda bo'ladi. sababi har bir chet elda o'qib kelgan kadr yangi loyiha va takliflar bilan keladi. Shu loyiha va takliflarni amaliyotga joriy etilsa albatta rivojlanish o'sish bo'ladi.
Oʻqituvchilarning oyligini hech boʻlmaganda eng kam ish haqi qilib kamida 5mlnga chiqarish kerak. Birdaniga.Hozirgi paytgacha juda ham kam oshirildi. Hozirgi paytda eng koʻp kredit olayotganlar ham oʻqituvchilar boʻlsa kerak. Sababi kreditni zariqqan, puli yetmagan inson oladi. Men tanigan oʻqituvchilarning birontasida ham oʻzining mashinasi yoʻq.(maktabdagi). Bor boʻlsa ham yo kredit yo qoʻshimcha ish qilib olingan. Oʻqituvchining oyligi 1000$ ga chiqquncha goʻsht ham 100$ boʻladi. Bu ketishda bora bora hech kim oʻqituvchilik kasbini tanlamaydi. Sababi oyligi oz, ma'suliyati katta. Ayniqsa, erkak oʻqituvchilar boshqa ishlarga oʻtib ketadi. Chet davlatga chiqib oddiy qora ishchi boʻlib ishlasangiz ham oyiga kamida uyga 500-600$ joʻnatiladi. Oliy ma'lumotli boʻlib kamida 500$ topmasa, shuncha oʻqishni nima keragi bor. Koʻp erkak oʻqituvchilar hozir ham boshqa ishlarda ishlayapti. Zoʻr kadrlar qoʻldan ketyapti. Shu ketish boʻlsa, maktablarda yaxshi kadrlar yetishmay yana ta'lim izdan chiqadi. Millat esa oʻz yoʻlini yoʻqotadi.
Агар инсон меҳнатига яраша иш ҳақи олмаса, олган иш ҳақига яраша меҳнат қилиши ҳақида ўқигандим.
Биринчидан, ўқитувчини иш ҳаққини ошириш керак.
Иккинчидан, ўқитувчиларни аттестация, бало, баттар деб сарсон қилмасдан, мактабларнинг ҳамма жойига камера ўрнатиш керак. Шунда аниқ бўлади ким ишлаб, ким ишламагани. Кимни қанақа билим, кўникма ва малакага эга эканлиги. Мактабга ким келди? Ким кетди? Нима сабабдан келди? Нима мақсадда келди? Кимдир мактабни ҳолидан хабар оляптими? Ёрдам қиляптими ёки фақат камчилигини айтиб танқид қилиб жабрини ўқитувчилар кўряптими?
Бу менинг шахсий фикрим ва орзуим.
14484
Ассалому алейкум. МТТ, халк таълими, Олий таълим хакида суз борди, лекин негадир профессионал таълим хакида унутиб куйишгандек. Ахир жамиятимизда урта бугин кадрларнинг урни каттаку. Бу тизимда хам фидоий инсонлар купку.
ELDORBEK YULDASHEV
Yana bir taklifim prezidentimiz yoshlar bilan uchrashganlarida hammasi reja bo'yicha maqtashlar qarsakbozliklar bilan o'tib ketadi kamdan kam taklif aytiladi. Yaxshi taklifi bor yoshlar tadbirga qatnasholmaydi sababi uni taklif va etirozlari rektorlarga yaxshigina zarba olib keladi. Shu uchun ham rektor o'rinbosarlari ko'proq maqtovchilarni yani xalq tili bilan aytganda paxta qo'yadiganlarni tanlaydi natijada uchrashuv befoyda o'tib ketadi shu narsalarni yo'q qilish kerak. Shunaqa uchrashuvlarda ko'proq taklif va etirozlari bor yoshlarni kiritib kamroq paxta qo'yadiganlarni kiritish kerak shunda ancha yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar yechilardi.
Doimgidek chiroyli takliflar, lekin ijrosi... Ulkan shubha ostida
ELDORBEK YULDASHEV
Xushnudbek hozir blogerlar va OAV vositalari ham ancha katta kuchga aylandi shu uchun yana bir taklifim siz va sizga o'xshagan haqiqiy blogerlar yaxshi bilimli yoshlar va malakali kadrlarni umuman har qanday kasb vakillarini takliflarini o'rganib chiqib shunday taklifi bor insonlar bilan prezident uchrashuvlarini tashkil qilsangizlar ham nur ustiga alo nur bo'lardi.
ELDORBEK YULDASHEV
Yuqorida ancha yaxahi takliflar aytilyapti iloji boricha vaqt topib shu takliflarni o'qib chiqsangiz xursand bo'lardik. Agar shu takliflarimizni OAV vositalari orqali yoritsangiz ham juda yaxshi ish bo'lardi.
Hammaga omad!!!!
Assalomu aleykum barchaga
Menda ham o'zimni ba'zi bir xulosalarim bor edi hamma biladiki jamiyatni o'zgartiruvchi yagona kuch bu ta'lim , ta'limni esa o'qituvchi beradi bu hammamizga kundak ravshan xozirda o'qituvchilik shunday kasm bub qoldiki o'qishni bitiryotgan bironta bilimli talabalar o'qituvchilik qilaman demaydi.
Xozirda qo'lida diplomi bor yoshlar boshqa ish topolmagan taqdirdagina o'qituvchilik qilyapti.
Yuqorida aytilgandek kamida 500$ topmagan o'qituvchilik kaspida ayniqsa biz tengi yoshlar ishlamaydi sababi shundaki uylanishi kerak bunga esa pul kerak vaholanki bu yo'lda bunga erishish anchagina qiyin va qarabszki o'qituvchilik asosan ayollarimiz uchun maqulroq tanlov bo'ladi .
Bizning ta'lim faqat yodlash b.n chegaralangan bu esa qolifga solib quyadi ma'lumotni tahlayveramiz tahlayveramiz lekin undan qanday foydalanish kerakligini bilmaymiz vaholanki bunda o'sish bo'lmaydi.
O'zim kimyo bo'yicha tahsil olganman, shu yillar davomida biron bir labaratoriyada tuzuk ish qilmadik va ko'rmadik endi maktabdachi axvoli o'zingiz bilasz moddalari yetarlicha bor maktabga borgan taqdirimizdayam yo labaratoriyani o'zimiz bajara olmaymiz yoki moddalarni asrashimiz kerak foydalanmasdan.
Taklifim shuki xech bo'lmadi deganda har bir tumanga labaratoriya markazlari ochilishi kerak mustaqil o'rganuvchilar borib ish qilishi kerak ana shunda chetdan xa deb nusxa ko'chirmasdik o'zimiz qandaydir yangi narsa kashf qilgan bo'lardik.
Raxmat
Agar o'qituvchining oyligi ko'tarilmas ekan aytilgan gaplarning barchasi ertag bo'lib qolishiga zarracha xam shubham yuq.dataxtni tomiriga yetarlicha o'g'it va suv berilmas ekan vaziyatni faqat salbiy bo'lishiga hizmat qilasiz
Qolgani 1 chaqa
Buning bir misoli respublikada kuchli va bilimli o'qituvchi kimyogarlar xozirda xitoy mamlakatida katta xaq evaziga ishlashayapdi
Boshqa soxalar xam xuddi shu narsarga guvox bulishayapdi
Omad tilayman
Show next 100 comments