Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 100 more comments
ELDORBEK YULDASHEV
Xushnudbek hozir blogerlar va OAV vositalari ham ancha katta kuchga aylandi shu uchun yana bir taklifim siz va sizga o'xshagan haqiqiy blogerlar yaxshi bilimli yoshlar va malakali kadrlarni umuman har qanday kasb vakillarini takliflarini o'rganib chiqib shunday taklifi bor insonlar bilan prezident uchrashuvlarini tashkil qilsangizlar ham nur ustiga alo nur bo'lardi.
ELDORBEK YULDASHEV
Yuqorida ancha yaxahi takliflar aytilyapti iloji boricha vaqt topib shu takliflarni o'qib chiqsangiz xursand bo'lardik. Agar shu takliflarimizni OAV vositalari orqali yoritsangiz ham juda yaxshi ish bo'lardi.
Hammaga omad!!!!
Assalomu aleykum barchaga
Menda ham o'zimni ba'zi bir xulosalarim bor edi hamma biladiki jamiyatni o'zgartiruvchi yagona kuch bu ta'lim , ta'limni esa o'qituvchi beradi bu hammamizga kundak ravshan xozirda o'qituvchilik shunday kasm bub qoldiki o'qishni bitiryotgan bironta bilimli talabalar o'qituvchilik qilaman demaydi.
Xozirda qo'lida diplomi bor yoshlar boshqa ish topolmagan taqdirdagina o'qituvchilik qilyapti.
Yuqorida aytilgandek kamida 500$ topmagan o'qituvchilik kaspida ayniqsa biz tengi yoshlar ishlamaydi sababi shundaki uylanishi kerak bunga esa pul kerak vaholanki bu yo'lda bunga erishish anchagina qiyin va qarabszki o'qituvchilik asosan ayollarimiz uchun maqulroq tanlov bo'ladi .
Bizning ta'lim faqat yodlash b.n chegaralangan bu esa qolifga solib quyadi ma'lumotni tahlayveramiz tahlayveramiz lekin undan qanday foydalanish kerakligini bilmaymiz vaholanki bunda o'sish bo'lmaydi.
O'zim kimyo bo'yicha tahsil olganman, shu yillar davomida biron bir labaratoriyada tuzuk ish qilmadik va ko'rmadik endi maktabdachi axvoli o'zingiz bilasz moddalari yetarlicha bor maktabga borgan taqdirimizdayam yo labaratoriyani o'zimiz bajara olmaymiz yoki moddalarni asrashimiz kerak foydalanmasdan.
Taklifim shuki xech bo'lmadi deganda har bir tumanga labaratoriya markazlari ochilishi kerak mustaqil o'rganuvchilar borib ish qilishi kerak ana shunda chetdan xa deb nusxa ko'chirmasdik o'zimiz qandaydir yangi narsa kashf qilgan bo'lardik.
Raxmat
Agar o'qituvchining oyligi ko'tarilmas ekan aytilgan gaplarning barchasi ertag bo'lib qolishiga zarracha xam shubham yuq.dataxtni tomiriga yetarlicha o'g'it va suv berilmas ekan vaziyatni faqat salbiy bo'lishiga hizmat qilasiz
Qolgani 1 chaqa
Buning bir misoli respublikada kuchli va bilimli o'qituvchi kimyogarlar xozirda xitoy mamlakatida katta xaq evaziga ishlashayapdi
Boshqa soxalar xam xuddi shu narsarga guvox bulishayapdi
Omad tilayman
@Ziyo.@.
Assalomu alaykum. Yuqoridagi fikrlar o'rinli.Men 23 yildan beri boshlang'ich sinflarda dars berib kelmoqdaman.Afsuski sharoitim sabab, oliy ta'lim muassasalarida o'qiy olmadim. Sababi bolalarimni zo'rg'a o'qityapman. O'rta maxsus o'qituvchilarni juda yerga urib yuboriladi. Bugungi kunga kelib, 350,000 oylik olyapman. Allohga shukr och qolmayapman. Bu qanaqasi. Kreditlarni paxta terib, uyoqdan-buyoqqa yugurib yordam. Hullas o'rta maxsuslar sizlar uchun inson emas. Bizni yonimizni oladigan biror bir mard inson bormi. Bilmadim, meni gapim qanchalik haqiqat.
Фотима Абдуллаева Холмаматовна
Ассалому алайкум Хушнутбек мурожаатномани куриб чикдим унда физика фанларига ээьтибор каратилади дейилган,менимча киме фанларига хам шундай ээьтибор каратилса емон булмас Эди ,чунки ривожланган давлатларни барчасида табий фанлари чукурлаштирилиб укитилади ,лекин Бир этирозим бор Эди ,Утган укув йилида киме,биология фанлари 10-11 синфларда 3 соатдан килиб куйилган Эди ,лекин афсус бу узокка чузилмади янги дарс сеткасида Ушбу фанлар Яна аввалги холина кайтарилган бизга дарс соати пул масаласида купайиши кизикмас ,аммо бу йил чикарилган конун уша дарсларга булган муносабатни билдирмайдими
Dmotion MGC
Doimgidek chiroyli takliflar, lekin ijrosi... Ulkan shubha ostida
Ha to'g'ri ijro yo'q. Bunaqa gaplarni ko'p eshtiyabmiz lekin ijro yo'q. Oylik oshadi deydi oshgani yo'q. Narxlar osmon bo'ldi
⚡️«Ўқитувчиларга бошқа тумандаги олис мактабга бориб ишласа - 50 фоиз, бошқа вилоятга бориб ишласа 100 фоизлик устама ҳақ тўланади»
Buni kim tushuntirib bera oladi
AziFar
Assalomu alaykum Uzr mavzudan tawqari svol suramoqchidim .2 guruh nogironiman Urta maxsusni biyirip sirtqiga 56.7 bal tuplab kirolmadim .Imtiyoz bor deyilgandi lkn aytilgan gap bulormas ekan .Kyn eplab Qirg'izga kirdim endi perevod qildirmoqchiman .Xich yuq perevodda nogironligi borlarga imtiyoz bormi va qatga murojat qiliwim kk iltimos bilganlar aytvorila .Juda qiynalip kettim .
🦋RAYHON ERGASHEVA🦋
Assalomu alaykum Xushnudbek ,mavzuha aloqador bòlmasa ham,sòramoqchiman.Milliy testda ona tili esse yozish talabi bor ekan,lekin òquv dasturiga bu yil kiritilldi. Oquvch yillar davomida insho yozib kelgan.Esse bola uchun yangilik.Bu borada Dtm Milliy test namunasini kòrsatadimi.
ГУЛЧЕҲРАХОН АЗИМОВА
Таълимга эътибор қаратилади деп жуда кўп айтиляпти,лекин мактабимизда математикага ихтисослашганмизу математика хонаси бўлсин дарс ўтишга десак,раҳбарият иложини қилолмаяптикан,худди уйимга шароит сўраётгандек муомала қилишяпти.Отангга бор онангга бор.Ўқитувчини дардини эшитадиган бирор ташкилот борми? 27йилдан бери ўқитувчиман, кўргазма тугул доскага чизғич берилганиниям эслолмиман,ҳатто сифатли бўрниям ўзимиз сотиб оламиз.Иккита фарзандим контракт ўқигани учун проектор,интерактив доска олишга ёрдам сўраб ҳокимга бордим,туман ҳокимимиз янги йилга олиб бераман деб ваъда бердилар,хурсанд бўлдилар мурожатимдан,лекин директоримиз мени ишимдан нафратланди.Энди ҳоким ваъдасини бажарса,қайси хонага қўямиз десам,менга сифатсиз хонани кўрсатиб,ўзиз ясатиб олоринг деяпти.У хонани дарс ўтадиган шароит қилиш учун мен жавобгарми? Раҳбариятни ҳаммасини тили битта экан,жон куйдириб ишлаганим учун жамоада худди халқ душманидек кўрсатиб қўйишди мени.Хеч кимга ишончим қолмади,Ёрдам берадиган инсонни топсам,суҳбатлашаман,чин юракдан сўраяпман.+998944422141
Assalomu alaykum U- Reportda fikr bildiradiganlar bormi? U-Report botdagi korrupsiyaga duch kelganlik to'g'risidagi so'rovnomada eng ko'p ovoz ya'ni 21% ta'lim tizimida uchratilganligi haqida aytilgan. Yurt uchun eng muhim bo'lgan sohada korrupsiya eng ko'p uchratilgan ekan bu ovozlarga asoslangan tekshiruv ishlari qachon boshlanadi!? Ta'lim tizimida korrupsiya ko'pligini bilib ham jim o'tiraverishadimi! Unda qachon rivojlanamiz!?Ovoz bergan odamlar bilan suhbatlashib qachon qayerda qanday holatda korrupsiya yuz berganini o'rganishsa bo'lmaydimi!?
Shunaqa perevod masalalari ko‘rib chiqilsa ham maqasadga muvofiq bo‘lardi
Дилдора Ахмеджановна.
Ассалому алейкум Хушнудбек ўрта махсус маълумотли ўқитувчиларни ҳам кимдир ўйлайдими.Қайерга ишга борсам ўртамахсус деб иш беришмайди.Таълим соҳасида 18 йил иш стажига эгаман ҳозирги қийин шароитда ишсиз ўтирибман.
Assalomu alaykum. Xushnudbekaka, eng avvalo maktablarga gaz bersin. Qishloqdagi maktablarga kirsangiz sovuq. O‘quvchilar kurtka, paltalarda o‘tiradi. ko‘mir yoqib isitib bo‘lmaydi . Shunday bo‘lgandan keyin qanaqa ta'lim sifati bo‘ladi.
Зулфинур Ботирова
Maktabgacha talim vazirligi bilarmikan tarbiyachi ertalab7:40dan kech soar 5gacha ishlydi .qishloqlarda sharoit yuq sovuq.Uzbekistonda1MT vaziri buladigan inson yuqmi .boshqa millar vakili uxbekni sardinia tushunadimi.Kareyada qaysi tarbiyachi arzimagan oylik uchun ertadan kechgacha ishlar ekan.
Assalomu aleykum. Shu perevodlarni nazorat qilsinlar. Qiynalib òqishga kirgan talaba ham òsha oliy talim muassasasida òqiydi yoki boshqa bali past joyga topshirib perevod olgan talaba ham òsha oliy ta'lim muassasasida òqiydi. Shuni bitta kòrib chiqsalar yaxshi bòlardi. Bu mani òta shaxsiy fikrim. Perevod olgan talabaning òzi aslida bu yerga òqishga bilimi yetmaydi. Agar yetganda edi avvaldan shu yerga topshirardi. Mani fikrimcha ular savodsz bòlib chiqishadi. Kn hech qayerda ishlayolmadilar. Bu mani òta shaxsiy fikrim.
Зулфинур Ботирова
Xushnutbek men 34yoshda 2nafar farzandim bor.tarbiyachiman olgan oyligim hech qachon uyimgacha yetib kelmaydi.hatto tarbiyachi beriladigan tiofani ham noxaqlik tanish bilish bulib ketdi .yetarlicha bilimga egalar qolib ketaveradi.toifa uchun testlar onlayn bulsin karrupsiya shun yuqolar balki
Show next 100 comments