Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 100 more comments
Dmotion MGC
Doimgidek chiroyli takliflar, lekin ijrosi... Ulkan shubha ostida
Ha to'g'ri ijro yo'q. Bunaqa gaplarni ko'p eshtiyabmiz lekin ijro yo'q. Oylik oshadi deydi oshgani yo'q. Narxlar osmon bo'ldi
⚡️«Ўқитувчиларга бошқа тумандаги олис мактабга бориб ишласа - 50 фоиз, бошқа вилоятга бориб ишласа 100 фоизлик устама ҳақ тўланади»
Buni kim tushuntirib bera oladi
AziFar
Assalomu alaykum Uzr mavzudan tawqari svol suramoqchidim .2 guruh nogironiman Urta maxsusni biyirip sirtqiga 56.7 bal tuplab kirolmadim .Imtiyoz bor deyilgandi lkn aytilgan gap bulormas ekan .Kyn eplab Qirg'izga kirdim endi perevod qildirmoqchiman .Xich yuq perevodda nogironligi borlarga imtiyoz bormi va qatga murojat qiliwim kk iltimos bilganlar aytvorila .Juda qiynalip kettim .
🦋RAYHON ERGASHEVA🦋
Assalomu alaykum Xushnudbek ,mavzuha aloqador bòlmasa ham,sòramoqchiman.Milliy testda ona tili esse yozish talabi bor ekan,lekin òquv dasturiga bu yil kiritilldi. Oquvch yillar davomida insho yozib kelgan.Esse bola uchun yangilik.Bu borada Dtm Milliy test namunasini kòrsatadimi.
ГУЛЧЕҲРАХОН АЗИМОВА
Таълимга эътибор қаратилади деп жуда кўп айтиляпти,лекин мактабимизда математикага ихтисослашганмизу математика хонаси бўлсин дарс ўтишга десак,раҳбарият иложини қилолмаяптикан,худди уйимга шароит сўраётгандек муомала қилишяпти.Отангга бор онангга бор.Ўқитувчини дардини эшитадиган бирор ташкилот борми? 27йилдан бери ўқитувчиман, кўргазма тугул доскага чизғич берилганиниям эслолмиман,ҳатто сифатли бўрниям ўзимиз сотиб оламиз.Иккита фарзандим контракт ўқигани учун проектор,интерактив доска олишга ёрдам сўраб ҳокимга бордим,туман ҳокимимиз янги йилга олиб бераман деб ваъда бердилар,хурсанд бўлдилар мурожатимдан,лекин директоримиз мени ишимдан нафратланди.Энди ҳоким ваъдасини бажарса,қайси хонага қўямиз десам,менга сифатсиз хонани кўрсатиб,ўзиз ясатиб олоринг деяпти.У хонани дарс ўтадиган шароит қилиш учун мен жавобгарми? Раҳбариятни ҳаммасини тили битта экан,жон куйдириб ишлаганим учун жамоада худди халқ душманидек кўрсатиб қўйишди мени.Хеч кимга ишончим қолмади,Ёрдам берадиган инсонни топсам,суҳбатлашаман,чин юракдан сўраяпман.+998944422141
Assalomu alaykum U- Reportda fikr bildiradiganlar bormi? U-Report botdagi korrupsiyaga duch kelganlik to'g'risidagi so'rovnomada eng ko'p ovoz ya'ni 21% ta'lim tizimida uchratilganligi haqida aytilgan. Yurt uchun eng muhim bo'lgan sohada korrupsiya eng ko'p uchratilgan ekan bu ovozlarga asoslangan tekshiruv ishlari qachon boshlanadi!? Ta'lim tizimida korrupsiya ko'pligini bilib ham jim o'tiraverishadimi! Unda qachon rivojlanamiz!?Ovoz bergan odamlar bilan suhbatlashib qachon qayerda qanday holatda korrupsiya yuz berganini o'rganishsa bo'lmaydimi!?
Shunaqa perevod masalalari ko‘rib chiqilsa ham maqasadga muvofiq bo‘lardi
Дилдора Ахмеджановна.
Ассалому алейкум Хушнудбек ўрта махсус маълумотли ўқитувчиларни ҳам кимдир ўйлайдими.Қайерга ишга борсам ўртамахсус деб иш беришмайди.Таълим соҳасида 18 йил иш стажига эгаман ҳозирги қийин шароитда ишсиз ўтирибман.
Assalomu alaykum. Xushnudbekaka, eng avvalo maktablarga gaz bersin. Qishloqdagi maktablarga kirsangiz sovuq. O‘quvchilar kurtka, paltalarda o‘tiradi. ko‘mir yoqib isitib bo‘lmaydi . Shunday bo‘lgandan keyin qanaqa ta'lim sifati bo‘ladi.
Зулфинур Ботирова
Maktabgacha talim vazirligi bilarmikan tarbiyachi ertalab7:40dan kech soar 5gacha ishlydi .qishloqlarda sharoit yuq sovuq.Uzbekistonda1MT vaziri buladigan inson yuqmi .boshqa millar vakili uxbekni sardinia tushunadimi.Kareyada qaysi tarbiyachi arzimagan oylik uchun ertadan kechgacha ishlar ekan.
Assalomu aleykum. Shu perevodlarni nazorat qilsinlar. Qiynalib òqishga kirgan talaba ham òsha oliy talim muassasasida òqiydi yoki boshqa bali past joyga topshirib perevod olgan talaba ham òsha oliy ta'lim muassasasida òqiydi. Shuni bitta kòrib chiqsalar yaxshi bòlardi. Bu mani òta shaxsiy fikrim. Perevod olgan talabaning òzi aslida bu yerga òqishga bilimi yetmaydi. Agar yetganda edi avvaldan shu yerga topshirardi. Mani fikrimcha ular savodsz bòlib chiqishadi. Kn hech qayerda ishlayolmadilar. Bu mani òta shaxsiy fikrim.
Зулфинур Ботирова
Xushnutbek men 34yoshda 2nafar farzandim bor.tarbiyachiman olgan oyligim hech qachon uyimgacha yetib kelmaydi.hatto tarbiyachi beriladigan tiofani ham noxaqlik tanish bilish bulib ketdi .yetarlicha bilimga egalar qolib ketaveradi.toifa uchun testlar onlayn bulsin karrupsiya shun yuqolar balki
Assalomu alaykum. Mening taklifimlarim xozirgi kundagi hayotiy tajribamdan kelib chiqqan holda quyidagicha:
1-dan, xar qanday kasb egasi boʻlishidan qatʼiy nazar besh yil ish stajiga ega boʻlgan shaxslar uchun OTMlarda qaysidir vazirlikning xat-patisiz maxsus sirtqi boʻlimlar tashkil etilsa maqsadga muvofiq boʻlar edi. Misol uchun xozirgi kunda koʻplab oʻrta maxsus maʼlumotga ega huquqshunos kadrlar kerak boʻlsa oliy maʼlumotli xodimlardan ish tajribasi va bilimi boʻyicha ustun keladi. Faqatgina eski taʼlim tizimining botqoqqa botishi oqibatida OTMga kira olmasdan qolib ketgan. Oʻsha vaqtlarda pul bilan oʻqishga kirib xozirda esa jamiyatga zarar keltirayotgandan koʻra, shunday malakali mutaxassislarlarni shu yoʻl bilan qoʻllab-quvvatlash mumkin;
2-dan, Super kontrakt narxlari juda baland. Xech boʻlmaganda oilaviy xolati (misol uchun yoshi katta abituriyentlar boʻlsa ularning farzandlari soni va oylik daromadinlarini inobatga olgan holda) dan kelib chiqib belgilasa yaxshi boʻlar edi. Zero xammaning xam birdan bir maqsadi bilim olish. Qolaversa bugungi kunda chetda, ayniqsa qoʻshni davlatlarda oʻzimizga nisbatan kamroq pul evaziga imtihonsiz talaba boʻlish uchun koʻplab abituriyentlar oʻsha OTMlarga hujjat topshirib, valyutamizning chetga chiqib ketishiga xamda faqatgina diplom uchun oʻqimoqchi boʻlayotganligiga guvoh boʻlmoqdamiz. Bularning oqibati nima bilan yakunlanishini esa xozirgi zamon koʻrsatib turibdi
omonoff
Коррупция
Assalomu alaykum. Taʼlim sohasida juda koʻp oʻzgarishlar boʻlayapti. Lekin baʼzi bir muammolar hali ham chetda qolib ketgan. Misol uchun man 800kmdan kelib Toshkentda 200$ ga kvartirada turib oʻqituvchilik qilaman. Oʻqituvchilarga uy-joy yoki mashina berishda imkoniyatlar berilganda esa bizgacha yetib ham kelmaydi. Rahbariyatga va yaqinlariga(baʼzi oʻqituvchilar) hammasida bir xil neksiya 3 paydo boʻlib qoladi. Qiziqib koʻrsak oliy taʼlim oʻqituvchilariga shunaqa imkoniyat berilgan ekan (cheklangan sondagi). Biz esa (oddiy oʻqituvchilar) hamma mashinani olib ishga minib kela boshlagandan keyin xabar topamiz. Uy-joy haqida gapirmasa ham boʻladi. Hatto ariza yozganim ham yoʻq
Yõldoshev Rustam Elmurodovich
OTM lardagi bir guruh xodimlarning oylik maoshi juda past. Bosh mutaxassislar va Uslubchilar 1 mln oylik evaziga ishlashadi. Lekin eng kõp ishni shular bajarishadi. Shu soxadagi xodimlarni ham OTM dagi qaysidur lavozimga tenglashtirish masalasini kõrib chiqishsa yaxshi bõlar edi. Masalan assistent, katta, dotsent õqituvchi lavozimlariga tenglashtirilishi maqsadga muvofiq. OTM dagi barcha jarayonlarni shular nazorat qilishadi.
Дилдора Ахмеджановна.
Ассалому алейкум Хушнудбек ўрта махсус маълумотли ўқитувчиларни ҳам кимдир ўйлайдими.Қайерга ишга борсам ўртамахсус деб иш беришмайди.Таълим соҳасида 18 йил иш стажига эгаман ҳозирги қийин шароитда ишсиз ўтирибман.
Ayrim o‘rta maxsus ma'lumotlilar ba'zi oliy ma'lumotlilardan yaxshi,tajribasi ham yetarli.
Ayrim maktablarda o‘rta maxsus ma'lumotlilarni hech kim o‘rnida ko‘rilmaydi. Qaysidir sabablarga ko‘ra oliy ma'lumotli bo‘lolmayotgandur?
Nima uchun qachongacha shunaqa bo‘ladi? Shu narsalarga ham e'tibor qaratilsa yaxshi bo‘lardi.
Meyliyevna
Assalom-u alaykum. Ilmni chetlab o'tib, past bilim bilan o'qishga kirishni ta'minlaydigan har qanday imtiyozga qarshiman. Ilmlilarga adolatsizlik va shundog'am savodsizlik urchib borayotgan ta'lim tizimining oyog'idan tortishga sabab bo'ladi.Undan ko'ra shu imtiyozlilar kvotasini ham umumiy kvotaga qo'shib berishsin. Baribir bu imtiyozlar kambag'alning farzandiga borib yetmaydi. Imtiyoz berilganda aniq egasiga borib yetadigan qilib yozib qo'yish kerak. Shunda ham, umumiy konkursdan o'tgandan keyin, kontrakt pullarini to'lashda yoki ta'limning sirtqi shakliga o'tkazib, ishlashi uchun imkon berishda.
Masalan, 1. Nogironligi borlar.2.Chin yetimlar. 3.. Yolg'iz ona yoki yolg'iz ota tarbiyasidagi farzandlar (ota-onadan biri vafot etgan bo'lsa).4. Yolg'iz ona farzandlari ( ajrashgan va farzandini yolg'iz tarbiyalayotgan bo'lsa)... va h.h. ..
Yuqoridagi imtiyozlar aksariyat hollarda, tegishli tavsiyanomalar imzolari egalari uchun urug'-aymoqchilik va korrupsiyaga imkoniyat yaratib beradi.
Yõldoshev Rustam Elmurodovich
OTM lardagi bir guruh xodimlarning oylik maoshi juda past. Bosh mutaxassislar va Uslubchilar 1 mln oylik evaziga ishlashadi. Lekin eng kõp ishni shular bajarishadi. Shu soxadagi xodimlarni ham OTM dagi qaysidur lavozimga tenglashtirish masalasini kõrib chiqishsa yaxshi bõlar edi. Masalan assistent, katta, dotsent õqituvchi lavozimlariga tenglashtirilishi maqsadga muvofiq. OTM dagi barcha jarayonlarni shular nazorat qilishadi.
Жуда тугри.1 млн ойлик Билан ёш йигит киз ишлаши мумкин.Лекин тажрибали одамлар ишлаёлмайди.Улар бошка жойдан даромад топишга харакат килади.Хозир коррупция йук.Нима килади.Ризкини кучадан излайди.Натижада тахлиллар чала, уз устида ишлаш йук, ракамлар эса коинот.Оти улуг супраси курук.Кузига овкатсиз утирган фарщандлари куринади.Ходим яхши ишлаши учун УЙИДАН кунгли тук булиши керак.
Show next 100 comments