Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 100 more comments
Abdujabborova Sevara
Xushnudbek aka forumda shu haqida soramoqchi edim imkon bolmadi. Siz OTM larda talabalarning bilimidan ko'ra davomat, formasi va konspekti muhimligi haqida post yozgandingiz. Rostdan ham shunday. Bu tizimni o'zgartirishimiz kerak. Hammani biror narsani o'rganish islubi turlicha, majburlab konspekt qildirgan bilan 2 kundan keyin esidan chiqib ketadi. Institutda hattoki ba'zi professorlar agar konspekting bolmasa umuman baho qoymayman deyishadi. Nega miyyangda nima bor deb so'rashmaydi? Deyarli 90% talabalar faqat konspekt qilishga vaqtlarini sarflashadi. O'qishga kelganda baho olish uchun darsni ozida oqib gapirib berishadi. Qarabsizki oxirgi natija juuda past.Talabaga mavzularni o'zlashtirishda erkinlik berish kerak. Majburiy konspekt yozdirish absurd ish. Agar shu tizim zig'ircha foyda keltirganda shuncha yildan beri geniy talabalar ko'payib ketgan bo'lardi. Oliy ta'limda oqiyotgan hamma buni biladi lekin hech kim ortiqcha gapirgisi kelmaydi. Davomat ham erkin bo'lishi kerak. Masalan men soat 2-3gacha oqishga borib, darslarga qatnashib nimanidir o'rgangandan kora uyda 3-4soat ichida oqiganlarim natijasi juda katta bo'ladi. Oqishga borsam kuniga 7 soat vaqt sarflayman lekin natija past boladi. Togri umuman bormaslik kerak degan fikrdan yiroqman. O'zi o'zlashtirishga qiynalgan, amaliy mavzularda, ozi qiziqqan darslarga borishiga imkon yaratib berish kerak. Shunda 1.5-2 para leksiyalarda uxlab , zerikib yotgandan ko'ra ozi uchun qiziq va kerakli bolgan mavzuni organsa bo'ladi shu vaqtda. Bizda talabalarga erkinlik berilsa, ular oqimay qo'yadi deyishadi. Lekin bu narsa nisbiy hisoblanadi. Buni oldini olish uchun ularni har 2-3 haftada nazorat testlari, savollar yoki boshqa tekshirish usullari(ular ko'p) bilan miyasidagi bilimini tekshirish kerak( konspektini, referatini emas). Yana bitta taklifim fanlarni sikl bilan o'tilsa juda zo'r bo'lardi. Masalan, deylik faqat 2 ta fan 3 hafta davomida to'liq o'tiladi. Keyin ularni bilimi tekshiriladi. Keyingi 2haftada yana boshqa fan. Fanlarni muhimlik darajasiga qarab o'zlashtirsh haftasini uzaytirish kerak. Gaplarimni to'liq tushintirolmagan bolishim mumkin. Lekin ta'limdagi ozgartirilishi kerak bo'lgan muhim narsalardir.
Xushnudbek aka iltimos🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏 shu muammoni hal qilishga ham ko'proq e'tibor qarating. Oliy ta'limdagi talabalarni konspekt qil, chiz, yoz deb majburlashni keragi yo'q. Ular yosh bola emas. Shundoq ham 80-90% tushunib yetishadi oqish muhimligini. Faqat foydasi yoq narsalarni sorashmasin. Undan ko'ra mana mavzu, o'qi, o'rgan, tushunmasang so'ra, xullas shu mavzini o'zlashtir desin. Kamida 3 bet konspekt yoz, referat qil, rasm chiz, bir tiyinga qimmat leksiyada chirib o'tir (biroz bo'rttirildi) demasdan. Shularni o'rniga har 2 haftada sikl bo'yicha bilimi tekshirilsin, har oy bilim konkurslari o'tkazilsin, eng zor natija ko'rsatganlar rag'batlantirilsin. Xullas yo'llari ko'p.
Isco Alarcon
Bu qonun boyicha viloyatdan kelib poytaxtda dars bersa ham tolanadimi ustama
G'ofur Yoqubovich
2020 йил Чет давлатга укишга кирган талабаларни Йуртимиз Отм ларига кучириишга рухсат берсин шу масала буйича ёрдам беринг .
YUSKA🔥
OTM lar oshyabdi.Dars beradigan domla yo'q. Maqsad faqat pulmi kontraktlardan.
YUSKA🔥
Talaba mustaqil o'rganishi kerak deydi.Agar shunday bulsa OTMda domlalarni nima keragi bor hammasini boshatsin.Ularga bergan oylikni googlega to'lasin.Hamma narsani googledan o'rganyabmiz.
YUSKA🔥
Zubaydullo Sherriyev
Assalomu alaykum.Man Qorako‘l tumanidan.Chinoz tumani,Yangiyo‘l tumani,Zangiota tumaniga o‘qituvchi bo‘lib borsam 100 foiz ustama olishim mumkinmi
Qayerlarga ustama berilishi vazirlar mahkamasini 471 -sonli qarorida bor.

100% hamma yerlar emas.Ayrim hudud tumanlari ko'rsatilgan.O'sha ro'yxatni ko'rasiz .
YUSKA🔥
Ustama faqat Vazirlar mahkamasini 471-sonli qarorda keltirilgan hududlarga beriladi deyilgandi.
Assalomu alaykum. Doktorantura uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi tug‘risida batafsil ma‘lumot berilsa yahshi bular edi
Yuqorida fizika va chet tillari bilan bir qatorda kimyo beologiya hamda matimatika fanlariga ham yaxshi etibor qaratishimiz lozim deb o'layman.
Musallam Bekmirova
Men oqituvchiman. Bir vaqtning ozida oliygoh talabasiman.sirtqi bolimda .boshlangich ta.lim va sport t.ishi fakultetida. Men ishlaydigan maktabda boshlangich sinf oqituvchilari juda kopchilik, lekin ona tili va adabiyot fani mutaxasislari yetishmaydi. Shu sababli ona tili darslari otilmay qolgan vaqtlar kop bolib turadi. Men oqishimni filologiya fakultetga kochirmoqchi edim, shu fanga qiziqishim sababli mutaxassis bolmoqchi edim. Turdosh bolmasa perevod bolmas ekan. Bunday vaziyatlarda perevodga ruxsat berilishini istardim. Shu masalani ham yaxshilab korib chiqilsa, mutaxassis yetishmasligi kabi muammolar bartaraf bolar edimikan.
бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз,
bu qanaqa 50 % ,oladigan ish haqining +50%mi yo eng kam ish haqqinimi
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. "O'qituvchilar oyligi 1000 $ bõladi" degan ertaklar unut bõlib ketmadimikin. Nima deb õylaysiz, qaysi davlatta bõladi bu?
Salom kantirak narxi 10% oshadi degan gaplar rostmi talabalarniham kimdir uylaydimi uzi
Assalomu Alaykum.
O'quvchi talabalarga qanchalik yengillik bermaylik OTM larda Korrupsiyani minimal darajaga tushirib, o'qish sifatini maksimal darajasiga olib chiqmas ekanmiz Rivojlangan davlatlar safiga qo'shilishimiz shunchalik uzoqlashib boraveradi.
Mirzakarimova X
Ассалому алайкум.Сизнингча педагогларнинг пенсия йоши 50 йошдан болармикан?
Bu kabi narsalarga ishonmay qoʻyganimga koʻp boʻldi.
Zufar Umirov
Assalom Aleykum boshqa viloyatga borib dars berayotgan pedagoglar va 2ta farzandi OTM da o'qiydiganlarga qanday yengilliklar bor hech qayerda to'liq ma'lumot yo'q iltomos malumot bering
Toxir
Assalomu alaykum. Menda ham yuqoridagi 2 ta farzandi tolov shartnomasida òqiydigan oilalarga qanday imtiyozlar borligi tòģrisida savol bor edi . Iloji bòlsa kengroq shu haqida malumot beraangiz
Ассалому-алайкум.
ОТМ кабулда худудлар буйича квота ажратилса мактабларда кадрга эхтиёж булмасди.
Онатили адабиёт, математика, физика, рустили инглизтили фанларини кучли этибор каратиш кк деб уйлайман.
Тарих, информатика фанларига хам эътиборли булишимиз керак.
УМИДА ЮЛДАШЕВА
Maktablarda ham psixologiya soati tashkil etilishini istardim.Oquvchilarda o'z psixologiyasini shakllantirish kerak
Shuhrat Qurbonov
Juda yaxshi bu qarorlari, lekin o'qituvchiga, ustozlarga erkinlik ham berish lozim. Bu nima degani, o'qituvchi ham inson oilasiga, farzandlari tarbiyasiga ham vaqt ajratsa, hozirda bu holatlarga deyarli vaqti umuman yo'q butunlay qog'ozbozlikka ko'milib qolgan.
Show next 6 comments