Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 55 more comments
Mekhrigul Odilova
Bizda vaziyat har xil. Kimlardadur moodlle yaxshi ishlaydi, kimlardadur esa yo'q. Dars shunchaki bo'layapdi. Vazifa tashlanadi telegram guruhda muhokamaga qo'yiladi. Bajargan o'quvchilar vazifasini guruhga tashlaydi qolganlar ko'chirvolishadi. Bu sifat ko'rsatkichini juda pastlatyapdi
Temur SHovkatovich
umuman uqitilmeyopti
Zarnigor Otabekovna
Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalarida darslar Zoom programmasi orqali olib borilyapti . Lekin shu kunlarda umuman " zoom portlayapti" . Ta'lim jarayoni qoniqarli darajada. Majburiyat uchun davomatda " галочка" bòlish uchun kiryamiz faqat.
Internet tezligi Aka tashbaqa uchadi Aka
Суровнома урнига илтимос квоталар таблицаси эртарок чикишини суранг дтм дан
Assalomu alaykum avvalambor
Masofaviy ta'limni afzalligi ham kamchiligi ham bor menimcha. Misol uchun juda ko‘pchilik unumli foydalanib o‘qiyapti albatta lekin ba'zi hollarda tan olish kerakki birov nazorat qilmasa o‘qishimiz ancha qiyin ekan. Meni o‘qishdan ko‘nglim to‘lmayapti to‘g‘risi
Bahonalar keltirmoqchi emasman net yomon yoki o‘qtuvchilar yaxshimas deb men faqat hammasi o‘zimizga bog‘liqligini aytmoqchiman holos
Шах зод ™
Масофавий таьлим сифати паст.
Maftunaxon Abdullayeva
Masofaviy ta'lim ta'lim emas qisqa qilib aytganda, òzi dars payt darslar yaxshi òtilmagan, endi qanaqa kadr bòlib chiqamiz, tòlanayotgan kontrakt ham hayf bu ta'limga
Topshiriq faqat tushuntirish kam tahlili deyarli kam lekin o'qituvchilar ham qo'lidan kelganini bajarishyapti internet tezligi yomon
Men student emasman. Lekin menimcha yaxshi emas ekan. Masalan men bir tanishimni joriy nazoratlarini ishlab beryapman.
Ismoilova Durdona Iqbol qizi
Internet tarmoqlari bilan bog'liq muammolarni hisobga olmaganda saytdagi barcha fanlar yuzasidan o'quv qo'llanmalar va topshiriqlar talab darajasiida joylashtirilgan
Tizim yaxshi sharoiti bor kursdoshlarim foydalanmoqda yani interneti yaxshi ishalayotganlar. Qishloqdagi ancha kursdoshlarim kira olmayapti bu lanati internetni deb. Monopoliya. Bularga gapirgandi foydasi yuq.
Ta'lim sifati yaxshi lekin konspek yozib jo'natishni nima keragi bor yozganimiz bilan uni yod olmasak bundan ko'ra savol javob bo'lsa yaxshi
Maftunaxon Abdullayeva
Umuman bòlmaydi
Сифати яхши👍👍👍👍!!!!
Masofaviy oqish bunaqa bolmaydi unversitutdagilar va institutdagilar masofaviy oqishga tayor emas
Kharezmshakh
O'qiwni xoxlagan odamga internet pasligiyu konspekt yozdiriwlar va Yana bir qancha baxonalarga qaramasdan ham o'qiwini davom ettiraveradi xoxiw bo'lsa bas
Innovatsiya ! Raqamli iqtisodiyot !!! deb davlat dasturlari tuzilishdan oldin bir narsa va o'ta muhim narsani : Internet sifatini yaxshilash kerak ! Internetsiz bu narsalarga erishib bo'lmasligini yosh bola ham biladi...
Keyin esa Pedagoglarning salohiyati yetishmaydi. Studentlar bilan aloqa yo'q ba'zi o'qituvchilar Moodle ga materiallarni tashlab qo'ygan bo'ldi. O'zingni kuningni o'zing ko'r degan ma'noda. Video darslarni kuu aytmasam ham bo'laveradi. Masofaviy ta'lim yaxshi albatta. Rivojlanish degani. Lekin, O'zbekiston bu muammolarni yechmas ekan, haqiqiy masofaviy ta'lim imkonsiz narsa bo'lib qolaveradi
Maftunaxon Abdullayeva
Umuman yaramaydi bu masofaviy ta'lim
Men ham yoqlamayman. Auditoriyadagi dars bilan masofaviy ta'lim orasida anchagina farq bor
Show next 100 comments