Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома
Ҳурматли талабалар! Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг.
Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!
Сўровномада
исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва
барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади. Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!
Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhRТаълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси
👉 @xushnudbek 👈
Masofaviy ta'limni afzalligi ham kamchiligi ham bor menimcha. Misol uchun juda ko‘pchilik unumli foydalanib o‘qiyapti albatta lekin ba'zi hollarda tan olish kerakki birov nazorat qilmasa o‘qishimiz ancha qiyin ekan. Meni o‘qishdan ko‘nglim to‘lmayapti to‘g‘risi
Bahonalar keltirmoqchi emasman net yomon yoki o‘qtuvchilar yaxshimas deb men faqat hammasi o‘zimizga bog‘liqligini aytmoqchiman holos
Keyin esa Pedagoglarning salohiyati yetishmaydi. Studentlar bilan aloqa yo'q ba'zi o'qituvchilar Moodle ga materiallarni tashlab qo'ygan bo'ldi. O'zingni kuningni o'zing ko'r degan ma'noda. Video darslarni kuu aytmasam ham bo'laveradi. Masofaviy ta'lim yaxshi albatta. Rivojlanish degani. Lekin, O'zbekiston bu muammolarni yechmas ekan, haqiqiy masofaviy ta'lim imkonsiz narsa bo'lib qolaveradi