Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Азиза Пардаевна
Менинг кизим Самарканд давлат университетида укийди,масофавий таълим бизларга жуда маъкул келди,факат талаба бироз купрок изланади,тайёрланади.Домлалар мавзуларини бериб,маълум куннинг маълум соатида онлайн савол жавоб килди,Ким биринчи тез жавоб берганларга бахо куйди,бунда домлани пул ишлаш имкони булмайди,жуда зур,кизим хам укиб тайёрланди,онлайн тестларга хам вакт берилди ва яхши топширди.хакикий булди деб уйлайман,чунки карантин сабабли четдан ёрдам олмасдан,узи укиб топширди
𝕊ℍ𝔸ℍℤ𝕆𝔻𝔹𝔼𝕂
Moodle tizimida ishlash oson ammo internet yaxshi ishlamayotganligi uchun bazi muammolar kelib chiqyabdi ayniqsa davomat masalasiga bizda internet ishlamagan xolatda qanday qilib davomatni 100%qoʻyishimiz mumkun.
Сайдуллаев Н.Н.
Бошланишида камчиликлар булади, лекин келажакда ривожланади
Online taʼlimning sifati umuman qoniqarli darajada emas, birinchidan, internetning ishlashi sust, ikkinchidan, oʻquvchilarning darslarni tushunishi qiyin, uchinchidan, uyga vazifalarni tekshirish muammo, toʻrtinchidan, har doim online muloqotni yuzaga keltirishda internet toʻlovlarida baʼzilarda yetishmovchilik mavjud, beshinchidan, sifat yomonlashib boryapti, oltinchidan, online uzoq vaqt bir narsaga qarab turish koʻzning koʻrish darajasiga salbiy taʼsir oʻtkazadi, yettinchidan, online darslar uchun koʻp vaqt ketadi, ammo samara kam, xullas maʼqul emas!
Bazi bir kursdowlarimda internet sifati juda past bolgani sabab qatnasha olishmayapti.Sotib olish uchun mb juda ham qimmat.Internetni yaxshilash va arzonlashtirish kerak.
Samandar Zohidov
2019 yil 10 barobar internet tezligi kuchaytirilganida edi balki hozir qishloq joylarda ham eheee....
Masofaviy Talimga
Nol baho ham quyish uning uchun katta baho xisoblanadi
Albatta masofaviy ta'lim bitta yaxshi tomoni davlat xarajatlarini kamaytiradi lekin eng birinchi mavbatda internet sifati narxiga e'tibor qaratilsa hamma o'zi uchun harakat qiladi deb o'ylayman
Bizda ham huddi shunday 😅
Internet yaxshi ishlagan taqdirda ham. Bunaqa onlayn darsda hech vaqoni o'rganib bo'lmiydi. Tuyg'un Boboyevni ma'ruzasini sog'inib kettik.😢😢😢😢😢
Real darslarda fanni 100% o'zlashtirolmaydi talabalar masofaviy ta'lim rasvo ekan,hammasi qo'l uchida qilinyabdi,bu bo'lmagan narsa umuman masofaviy ta'lim.....Bor bilimniyam esdan chiqazvordik...
Bituruvci kurslardan oliygohni uzida imtihonlarni oliwsin karantin qoidalarga rivoya qilgan holda masofadan topwirib bulmaydii internet yaxwi emas agarda talaba bowqa viloyatdan bulsa oqiw joyi bowqa viloyatda bulsa uz viloyatidagi oliy talim muasasalarda topwirsib wunda hammasi adolatli buladi
ASSALOMU ALAYKUM BARCHA AZIZLARGA!

INTERNET SIFATI PAST - 1
INTERNETI YAXSHILARGA ESA JON BERIB DARS O'TADIGAN OYLIK PULINI HALOLLAB OLADIGAN USTOZLAR SANOQLI - 2

UNVERSITETGA BORGAN PAYTLARIMIZ UNCHALIK KO'P VAZIFALAR OLMASDIK, ONLINE BO'LGANDAN BERI O'ZIDAN O'ZI VAZIFALAR HAM KO'PAYIB KETDI, HAYRON QOLASAN KISHI - 3

NIMA BO'LGANDA HAM ALLOH SABR BERSIN, MOHI RAMAZON MUBORAK.
Umuman talabga javob bermaydi.
Internet sifati yaxshimas, ba'zi o'qituvchilarni saviyasi onlayn darslarga javob bermaydi. Umuman olganda, biz hali tayyor emas ekanmiz
Hozirgi vaziyatda eng toʻgʻri yoʻl bu
Shaxsan men online darslardan umuman qoniqmayapman, internet tezligi past, yakuniylarni, oraliqlarni qanday uddalaymiz hayronman?
Отабек
Ba'zi kasblarni mukammal egallash uchun faqatgina jonli dars va muntazam amaliyot zarur!
Assalomu alaykum masofaviy taʼlim juda yaxshi rejalashtirilgan. Ammo koʻp jihatlar hisobga olinmagan. Masalan: birinchidan talabalarning darslarida haqiqatdan ham faol qatnashayaptimi yoki shunchaki kirib yozib yoki koʻrib chiqib ketayaptimi bu nazoratga olinmagan. Ikkinchidan Respublikamizning koʻp hududlarida internet sifati juda past shuni hisobiga menimcha masofaviy talim platformasi juda past internetda ham yaxshi ishlay olishi kerak edi. Ammo internet pas hududlarda platforma deyarli ishlamayapti. Uchinchidan talabalarning baʼzilari platformadan foydalanishni yaxshi tushunishmaydi bu esa oʻziga yarasha qiyinchiliklar paydo qilayapti. Shuning uchun platformani soddaroq shaklda tayyorlash kerak edi. masalan men tanigan baʼzi talabalar umuman platformadan foydalanishmayabdi. Buning birinchi sababi past internet boʻlsa, ikkinchi sababi esa platformani toʻliq tushunmaslik deb bilaman.
Kharezmshakh
• Uʙᴀʏᴅᴜʟʟᴀʏᴇᴠ •
Orqa ko'chani balasi, sizni interneti past joyga 1 oy yashattirish kerakda keyn gapirishiz o'zgarishini korardik
Manam internet past joyda yashiyman shunga shukur qilib yashayapmiz internet ishlamas nma bo'lardi
Masofaviy ta’limga o’tish go’yoki chaqaloqning yurmasdan yugurishiga o’xshaydi. Ta’lim tizimimiz jar yoqasida turgan bir paytda bunaqa yo’l tutish shunchaki ushbu tizimning yanada botqoqqa botishiga zamin yaratadi
Show next 100 comments