Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Bazi bir kursdowlarimda internet sifati juda past bolgani sabab qatnasha olishmayapti.Sotib olish uchun mb juda ham qimmat.Internetni yaxshilash va arzonlashtirish kerak.
Samandar Zohidov
2019 yil 10 barobar internet tezligi kuchaytirilganida edi balki hozir qishloq joylarda ham eheee....
Masofaviy Talimga
Nol baho ham quyish uning uchun katta baho xisoblanadi
Albatta masofaviy ta'lim bitta yaxshi tomoni davlat xarajatlarini kamaytiradi lekin eng birinchi mavbatda internet sifati narxiga e'tibor qaratilsa hamma o'zi uchun harakat qiladi deb o'ylayman
Bizda ham huddi shunday 😅
Internet yaxshi ishlagan taqdirda ham. Bunaqa onlayn darsda hech vaqoni o'rganib bo'lmiydi. Tuyg'un Boboyevni ma'ruzasini sog'inib kettik.😢😢😢😢😢
Real darslarda fanni 100% o'zlashtirolmaydi talabalar masofaviy ta'lim rasvo ekan,hammasi qo'l uchida qilinyabdi,bu bo'lmagan narsa umuman masofaviy ta'lim.....Bor bilimniyam esdan chiqazvordik...
Bituruvci kurslardan oliygohni uzida imtihonlarni oliwsin karantin qoidalarga rivoya qilgan holda masofadan topwirib bulmaydii internet yaxwi emas agarda talaba bowqa viloyatdan bulsa oqiw joyi bowqa viloyatda bulsa uz viloyatidagi oliy talim muasasalarda topwirsib wunda hammasi adolatli buladi
ASSALOMU ALAYKUM BARCHA AZIZLARGA!

INTERNET SIFATI PAST - 1
INTERNETI YAXSHILARGA ESA JON BERIB DARS O'TADIGAN OYLIK PULINI HALOLLAB OLADIGAN USTOZLAR SANOQLI - 2

UNVERSITETGA BORGAN PAYTLARIMIZ UNCHALIK KO'P VAZIFALAR OLMASDIK, ONLINE BO'LGANDAN BERI O'ZIDAN O'ZI VAZIFALAR HAM KO'PAYIB KETDI, HAYRON QOLASAN KISHI - 3

NIMA BO'LGANDA HAM ALLOH SABR BERSIN, MOHI RAMAZON MUBORAK.
Umuman talabga javob bermaydi.
Internet sifati yaxshimas, ba'zi o'qituvchilarni saviyasi onlayn darslarga javob bermaydi. Umuman olganda, biz hali tayyor emas ekanmiz
Hozirgi vaziyatda eng toʻgʻri yoʻl bu
Shaxsan men online darslardan umuman qoniqmayapman, internet tezligi past, yakuniylarni, oraliqlarni qanday uddalaymiz hayronman?
Отабек
Ba'zi kasblarni mukammal egallash uchun faqatgina jonli dars va muntazam amaliyot zarur!
Assalomu alaykum masofaviy taʼlim juda yaxshi rejalashtirilgan. Ammo koʻp jihatlar hisobga olinmagan. Masalan: birinchidan talabalarning darslarida haqiqatdan ham faol qatnashayaptimi yoki shunchaki kirib yozib yoki koʻrib chiqib ketayaptimi bu nazoratga olinmagan. Ikkinchidan Respublikamizning koʻp hududlarida internet sifati juda past shuni hisobiga menimcha masofaviy talim platformasi juda past internetda ham yaxshi ishlay olishi kerak edi. Ammo internet pas hududlarda platforma deyarli ishlamayapti. Uchinchidan talabalarning baʼzilari platformadan foydalanishni yaxshi tushunishmaydi bu esa oʻziga yarasha qiyinchiliklar paydo qilayapti. Shuning uchun platformani soddaroq shaklda tayyorlash kerak edi. masalan men tanigan baʼzi talabalar umuman platformadan foydalanishmayabdi. Buning birinchi sababi past internet boʻlsa, ikkinchi sababi esa platformani toʻliq tushunmaslik deb bilaman.
Kharezmshakh
• Uʙᴀʏᴅᴜʟʟᴀʏᴇᴠ •
Orqa ko'chani balasi, sizni interneti past joyga 1 oy yashattirish kerakda keyn gapirishiz o'zgarishini korardik
Manam internet past joyda yashiyman shunga shukur qilib yashayapmiz internet ishlamas nma bo'lardi
Masofaviy ta’limga o’tish go’yoki chaqaloqning yurmasdan yugurishiga o’xshaydi. Ta’lim tizimimiz jar yoqasida turgan bir paytda bunaqa yo’l tutish shunchaki ushbu tizimning yanada botqoqqa botishiga zamin yaratadi
Online ta'lim - internet tezligi yuqori bo'lgan joylarda juda yaxshi! Chunki bunday ta'lim turida korrupsiya ancha kamayadi va talaba domlani vaqtini qidirib sarson bo'lmaydi! Fikrimcha shu ta'lim tizimini yanada rivojlantirish kerak. Xususan o'qituvchilar tomonidan yil boshidan joylashtirilgan barcha o'quv mashg'ulotlarini o'zlashtirgan talaba keyingi kursga o'tishiga imkon berilishi kerak ! Shunda iqtidori va xarakati bor talabalar o'qishni ertaroq tugatishi mumkin! O'ylashimcha bu ta'lim tizimida kerakli raqobatni shakllantiradi ta'lim tizimi sifatiga ijobiy ta'sir o'tkazadi
Kontraktni pasaytirsa bolar edi cunki u darajada jon berib dars otilmayapti tayyor ma'lumotlarni olob tawlawadi uni bzi tuwuniwimiz.qiyin
Бону Баратовна
Агар мана шу тарзда Яна Бир йил ишласак ахборот технологиялар асри эканлигини хис киламиз чунки одамларда АКТ саводхонлиги нуктаси Энди кузгалди
Assalom alekum Hushnud aka magistraturaga hujjat topshirish, imtihon qay shaklda testmi, yozmami shular haqida ma'lumot bersangiz.
Show next 100 comments