Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома
Ҳурматли талабалар! Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг.
Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!
Сўровномада
исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва
барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади. Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!
Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhRТаълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси
👉 @xushnudbek 👈
1.Masofaviy ta'lim tizmi haqida oddiy talaba sifatida aytadigan bo'lsak tuman va qishloqlarda avvalo birinchi muammo internet tezligi va sifat deb o'ylayman , menku internetga wifi orqali kirib online darslarni bajaryapman u lekin kursdoshlarim qishloqlarda yashashadi qishloqlar juda chekka qishloq emas tumanga juda yaqin shunday bo'lsa ham u yerda liniya yo'q deb shikoyat qilishadi.Uy interneti ya'ni (домашний интернет) ni qishloqlarga yetkazish birinchi o'rindagi masala deb o'ylayman.
2. Masofiy ta'limda yana shuni hohlardimki Online Video konferensiya ko'rinishida bo'lishini hohlardim , misol qilib Rossiya ni aytadigan bo'lsak ularda maktab o'quvchilar va o'qituvchi o'rtasida video ko'rinishda dars o'tishadi. Bizning O'zbekistonda xech bo'lmaganda Oliy ta'lim tizmi uchun tashkil qilish joiz deb o'ylayman.
3.Moddle tizmini yanada takomillashtirilib ishlab chiqish kerak deb o'ylayman.
Toshdau nukus filiali talabasi
Rashidov Dilshod
Qaror chiqarishga chiqarib nima qilyapti DTM.
Online darslarni ko'rdik qanaqa ekanligini
Na internet ishlaydi na DTM
O'zi 2 oy vaqt qoldi
Iltimos bunga chora ko'ringlar
Meni 8-va 5-sinf ukam va singlim shunday dedi aka tv kanallaridagi darslar sinfxonadagidan ancha tushinarli va aniq, sinfxonadan 45minutda o'rganolmagan darsimizni tvda 5-10minutta o'rgana olarkanmiz ha 5-sinf va 8-sinf bolalarini fikri bu aslida ham shundaymi yo'qmi sinab ko'rish maqsadida maktabda o'tilgan mavzulardan va tvda o'tilgan mavzulardan savol javob qildim natijada esa haqiqattan ham tvdan yaxshiroq dars o'tilganiga ishonch hosil qildim
Masofaviy talimmi yoki doimgidek o'qishmi?Men doimiy universitetda o'qishni tanlagan bo'lardim.Masofaviy talimda vazifalar beriladi va ular talabalar tomonidan bajariladi yani bir fikrni yaxshi deb bilsa fikrlashdan toxtab qoladi universitetda bolsa hamma har xil javob beradi fikrlar turlicha bo'ladi yani aynan bir fikrda qotib qolishdan asraydi yani 1 inson o'ylab fikr bildirgani bilan ko'pchilik o'ylab fikr bildirishi ko'proq narsani beradi,undan tashqari biror mavzu yuzasidan tortishuvlar bo'ladi o'z fikrini himoya qilishni bilsa mustahkamlaydi bilmasa o'z fikrini himoya qilishni o'rganadi,xullas,universitetga qatnab o'qish yaxshiroq va maroqliroq