Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Bitta kbayt malumotni joylaguncha ko'zlarimga yosh keladi
Online dars tizimiga o'tish uchun avval internet tezligini oshirish kerak ba'zi hududlarda internet umuman ishlamaydi.Keyin talaba bilim darajasini yaqqol ko'ra bilishmaydi keyin kelajakda bunday o'quvchidan qanday qilib yetuk kadr yetishib chiqadi?
Ma'rifat gazetasiga qachon testlar keladi!
Qaror chiqarishga chiqarib nima qilyapti DTM.
Online darslarni ko'rdik qanaqa ekanligini
Na internet ishlaydi na DTM
O'zi 2 oy vaqt qoldi
Iltimos bunga chora ko'ringlar
Масофавий таълим анча маккул. . Уз устида ишлаш изланиш буляпти. Бу бизда янгилик булгани учун камчиликлар бор.
Onlayn ta'lim g'oyasi albatta o'zini oqlamoqda deb o'ylamayman. Ammo biz talabalar karantin sharoitida albatta ta'lim olishimiz zarur. Ustozlar,dekanat barcha qo'ldan kelgancha harakat qilmoqdalar. Quvonarli tomoni shundaki internetni tezligini oshirib, saytlar ustida Ishlansa bizda ham onlayn o'qish imkoniyati mavjud. Kutilmagan vaziyatda onlayn ta'lim shu darajada rivojlangani quvonarli holat deb uylayman
Masofaviy talim masofaviy talim deb bong urayabmizu lekin internet tezligi va avval bu yònalishda amaliy biror bir ish qilmaganimiz sababli kòpchilikka maqul bòlmadi deb òylayman. Bir gap bilan aytsam unday qilamiz bunday qilamiz degan gaplar eskirib ketdi bu yil raqamli iqtisodiyot yili shuni inobatgan olgan holda biz xar sohadan bir shingilni gullatmasdan internet tezligini hech bòlmaganda 50 talik davlatlar orasiga kirgizsak bu yil uchun tòliq planni bajargan boòlardik xar holda internet tezligi oshirilsa boshqa kòplab sohalarni rivojlantira olamiz.
Азиза Пардаевна
Телеграм да гурухлари очилиб хамма киритилган,бемалол савол -жавоблар килиб,укиб урганса булади,балки интернет ёмон ишлайдиган худудларда кийиндир
А.К.Ходжаев
Ман шахсан каршиман, узим 2чи мутахассисликга укийман, хозир бошланган
Salom bizda savol bor edi bizda ham shu enternet muamosi. Internet yuqligi uchun fanlarni vaqtida topshira olmagan talabalarni kursdan qoldirishadi deyishyapti shu gap tug'rimi enternet yuqligi bizni aybimiz emasku javob kuramiz
Xushnudbek suv bo‘lmasa kemada suzish mumkinmi? Svet va internetni yaxshilamay turib bu mavzuda gapirish befoyda. Internet tezligi,narxi va elektrdagi muammolarni hal qilish kerak birinchi navbatda.
Assalom u alekum
Meni 8-va 5-sinf ukam va singlim shunday dedi aka tv kanallaridagi darslar sinfxonadagidan ancha tushinarli va aniq, sinfxonadan 45minutda o'rganolmagan darsimizni tvda 5-10minutta o'rgana olarkanmiz ha 5-sinf va 8-sinf bolalarini fikri bu aslida ham shundaymi yo'qmi sinab ko'rish maqsadida maktabda o'tilgan mavzulardan va tvda o'tilgan mavzulardan savol javob qildim natijada esa haqiqattan ham tvdan yaxshiroq dars o'tilganiga ishonch hosil qildim
Hamma muommo internetda
Masofaviy talim pandemiya yuzaga kelishi munosabati bilan talabalar bo'sh vaqtini maroqli tashkil etish maqsadida shoshilinch ishlab chiqildi albatta xatolar mavjud lekin pandemiya davrini hisobga olsak yomon emas lekin mamlakatimizning hamma hududlarida ham internet yaxshi ishlamaydi va hamma talabalar ham maksimal darajada foydalana olishmayapti.
Masofaviy talimmi yoki doimgidek o'qishmi?Men doimiy universitetda o'qishni tanlagan bo'lardim.Masofaviy talimda vazifalar beriladi va ular talabalar tomonidan bajariladi yani bir fikrni yaxshi deb bilsa fikrlashdan toxtab qoladi universitetda bolsa hamma har xil javob beradi fikrlar turlicha bo'ladi yani aynan bir fikrda qotib qolishdan asraydi yani 1 inson o'ylab fikr bildirgani bilan ko'pchilik o'ylab fikr bildirishi ko'proq narsani beradi,undan tashqari biror mavzu yuzasidan tortishuvlar bo'ladi o'z fikrini himoya qilishni bilsa mustahkamlaydi bilmasa o'z fikrini himoya qilishni o'rganadi,xullas,universitetga qatnab o'qish yaxshiroq va maroqliroq
Sh_Hasanova
Online darslar qoniqarli shaxsan manga jonli dars utilgani maqul chunki uyda utrib dars utyapiz barbr uqwdaqangi miyyamizga kirmayapti uyda hamma uy iwlari bn ovora bulb qolyapti vaqti kesa esimizdanam chiqb qolyapti dars qiliw
Keyin boshqa modullarni bilmadimu bizning modulimizda parol ko'p ishlatishgan
Dilmurod Jurayev
Ta'lim sifatini oshirish kerak
Masofaviy taʼlimda yana bir masala-ota onalarni farzandlariga ushbu shaklda taʼlim olishiga eʼtibori umuman hisobga olinmagan.Men va mening deyarli 80% doʻstlarim qishloq hududda yashaydi va ularning koʻpchiligi uyida deyarli umuman dars qila olmaydi.Bunga ota ona munosabati yaxshi emas.
Biriga baraka shu ham bo‘lmaslik mumkin ediku! Qaysi ma'noda kamchiliklar bor o‘qituvchilarda, lekin, talabalar ham zur emas!
Ulug'bek Bekmurodov
Juda qiziq Qo'shni davlatlardan kelganlar ga topshiriq bor ammo maxsus sirtqiga umuman yo'q enternet juda yomon kutaylikchi sabr tagi sariq oltin
Show next 100 comments