Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Tuģri bizda sinovdan òtmasdan birdaniga masofaviy ta'limga òtib ketildi. Avvalo bir narsani boshlashda pastdan boshlab yuqoriga chiqish kerak ammo biz esa doim bunaqa narsalarni yuqori pick nuqtadan boshlaymiz buni natijasi doim nolga teng bop chiquradi. Respublika bòyicha aksariyat talabalar qishloq hududida yashaydi aloqa sifati past joylarda ularda iloj bolmasa nima qilsin ular. Eyyy hurmatli yuqorida òtirgan "kattalar" bu narsani bilasizlarku sizlar ham. Nima sizlarning oddiy aholi bn ishingiz yuqmi. Faqat buyruqni bajarishga òrganib qolmaylik. Statistika uchun ishlash nima kerak natija bolmasa. Iltimos realni hayotdan kelib chiqaylik. Yana bitta qiynagan savol hechkqanday blogerlar yoki vakolatli organlar aloqa sifati internet tezligi haqida hech oģiz ochmaydi. Kimlar bunga jabobgar aslida?????
Saydullo Axtamov
Judayam qulay tizimga o'tdik .Xudoga shukr. Yo'lda vaqt , pul sarflamaysan.Ovqatlanishda muammo yo'q.(talabalarning asosiy muammosi) Ota onalarimiz oldida hamma narsa muhayyo faqat ilojini qilib netga ulanish kk. Mustaqil (self study ) talimga moslashish endi zamon talabi
Онлайн таьлим зу́р.
Молодое яхши ишлаяпти.
У́кишни шу холла тугатсак зу́р бу́ларди.
Masofaviy ta‘limni eng ahmoqona tomoni shundaki fanlardan laboratoriya topshirig‘larini bajarishimiz kerak bo‘lyapti. Labpratoriya jihozlari institutlarni o‘zida yo‘qku uy sharoitida yo‘l bo‘lsin 😁😂
Internet sifatini yaxshilasa oqlaydi. Lekin degan joyi bor, domlalarni ko'pi o'zi bunga tayyor emas. Yangilik yo'q.
Fargona vil Sux tuman darslar zor ketyapti
Darsda o‘qituvchi tushuntirganda zo‘rg‘a tushunardik, onlayn darsda elektron darslikni o‘qib hech narsani tushunib bo‘mayapti
Masofaviy ta'lim tizimi bitta joyi yaxshi ekan korrupsiya aralashmaydi
Бошқа институтлада қандай билмадиму, лекин бизда масофавий талим 50/50 яхши хам деб бўлмайди, ёмон хам.Биринчидан барча талабаларни бирданига қамраб олиб дарс ўтишни иложи йўқ.Лекин кўпчилик ўқитувчилар буни тушунгиси келмайди, дарсла кўпчилиги номига, ўтилдими ўтилди.Институтдагилани талабаларни шароити билан иши хам йўқ.Худдиким шароит қилиб қўйишгандай талаб қилишади. Хуллас масофавий талимда камчиликлар етарлича.Беш қўл баробар эмас дейишганидек, хамма жойда камчилик бор.
Xaitov
Нега одамлар шунака ношукур булиб кетган телеграмга , инстаграмга кириб видео куриш учун интернет яхши ишлайдию лекин онлайн дарсга кирса ишламайди ми ??
Assalomu aleykum. Rostan ham bizada Internet juda sekin iwlaydi. Moodle programmada narsa joylab jonatgunumuzcha ancha vaqt kerak bo'ladi. Masofaviy ta'lim manimca qoniqarli ahvolda emas. Buning uchun Internet O'zbekistonning barcha nuqtasi da birdek ishlashi kerak.
Temur SHovkatovich
uqituvchilar harakat qilishopti olloh rozi bulsin
haq gap ular ham nima qilsin talabaar o'qimasa bir tom ondan net ham past
Oliy dargohga kirgan deyarli 99% talaba diplom olishi aniq.Past o'zlashtirish oqibati 1% ga teng. Nima qilamiz o'zimizni aldab bitiruvchilarni bilim konikmasi qoniqarli darajada emasku!
Keling standartlardan voz kechaylik: Hohlagan online o'qisin, hohlagan dargohga kelib o'qisin. Biz nima yutqizamiz o'sha 1% mi.
Qobiliyati bor talabalar o'zi boshidan ma'lum boladi.
Endi tasavvur qiling dargohga talabalar kelmasa online rejimda pedagoglarga talab qanchalik o'zgaradi?
Bitiruvchi ham endi o'ylay boshlaydi bilimsiz holda ish topish qiyin....
Davom etsa gap ko'p.
Xullas talabani ihtiyoriga qo'yish kerak hohlasa online hohlasa "ofline", faqat dargohga kelgan talabalarga imtiyoz yaratish kerak. Judaaa katta imtiyoz emas... Bunisi keyin!
Talabalar uchun arzonlashtirilgan internet paketlari kerak tezligini oshirish kerak yoʻqsa masofaviy taʼlim tizimi ishlamaydi qishloqlarda internet sifati va tezligi juda past hattoki 0 nolga teng
Internet tezligi xozir anca yaxwi ko'z tegmasin. Lekin buni qacongacaligini hc km bilmidi, chunki bu tezlik bizda sardobadagi towqindan keyin iwga tuwdi.
O'zizni asrang👍👍👍
Сайёра
Масофавий талим АКТ даврининг бошланиши булади тугри аммо хамма талабаларда хам Базан интернет яхши ишламайди Лек буни хам иложини топишар аммо укитучилар жуда куп ёзма топшириклар бериляпти менимча ёзма топширикларни укувчиларга фойдаси ек колаверса укитувчи хам Уни текширадими ёкми билмадим тугриси , укитувчи ун интернет дан олиб кучириб расмга тушуриб жунатишяпти бу менимча кур курона харакат .
Internet muammo saytga kirishi juda qiyin, semenarlarni yozib joylashtiringlar Moodle ga deydi domlalar ammo internet yomonligi tufayli qiyin bo'lmoqda
Hohlagan online o'qisin, hohlagan dargohga kelib o'qisin. Biz nima yutqizamiz o'sha 1% mi.
Qobiliyati bor talabalar o'zi boshidan ma'lum boladi.
Endi tasavvur qiling dargohga talabalar kelmasa online rejimda pedagoglarga talab qanchalik o'zgaradi?
Bitiruvchi ham endi o'ylay boshlaydi bilimsiz holda ish topish qiyin....
Davom etsa gap ko'p.
Xullas talabani ihtiyoriga qo'yish kerak hohlasa online hohlasa "ofline", faqat dargohga kelgan talabalarga imtiyoz yaratish kerak. Judaaa katta imtiyoz emas... Bunisi keyin!
Show next 100 comments