Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Ассалому алайкум!
1. Онлайн дарслар яхши
2. Интернет яхши болса ундан хам яхши
3. Уйда тинч хохлаганча шугулланишимиз мумкин
4. Хамма нарса одамни озига боглик, харакатда баракат.
Онлайн дарсларни минус тарафлари хам йетарлича, масалан хамма жойда интернет бирдек яхши ишлайвермайди, йоки та'лим платформаси яхши ишламайди загрузка бб колади, коп сонли талабалар платформага киришса стоп бб колади хаммада. Интернетни арзонрок килиш кк ва тезлигини ошириш кк. Масофавий та'лимни ривожлантириб ихтиёрий равишда хохлаган талабалар уйда окишсин хохлаганлар университетда ва шунда копчилик квартирама квартира юриб кийналишмасмиди.
Internetda muammo yuq lekin moodle tizimida azgina muammo bor. Bazida shu muammolar ham foyda beradi masalan. Kuni kecha tizimda azgina uzilish bulib topshirgan testlarimiz uchib ketibti. Men esa usha testdan 4 ni tegiga borib qolgandi. Qayta topshirisha esa 5 buldi😂😂😂😂. Muammolardan xursandchilik izlab yashaylik shunda hammasi yaxshi buladi urtolar
MAFTUNA RASULOVA
Assalomu alaykum barchaga biz talabalarga odatiy dars tizimi ming martta yaxwi
Муҳаммаджон Бахтиёрович
Assalomu alaykum. Masofadan ta‘lim haqida gap ketganda avvalombor yuqoridagi ayrim bir fikrlarga, jumladan AKT savodxonligi fikriga qo‘shilgan holda o‘zimni fikrimni bildirmoqchiman. Hozirgi davrda biz talabalar uchun albatta AKT savodxonligi eng kerakli bilimlardan hisoblanadi, lekin baribir o‘zimizning biroz eskirgan bo‘lsada ma‘ruza tizimining o‘rni salmoqli deb o‘ylayman, sababi o‘qituvchilarimizning qattiqqo‘lligi, talabchanligi va eng asosiysi ma‘suliyatni his qilishga undashi boshqa baribir. Lekin AKT savodxonligi hozirgi davrda har bir talaba uchun shart bo‘lgan talablardan biridir. Pandemiya sababli olib borilayotgan o‘quv jarayoni menimcha anchagina talabani sinovdan o‘tkazdi. Bunday holatlardan hulosa chiqargan talabalar soni anchagina oz deb o‘ylayman. Bizning Farg‘ona Davlat Universiteti Tarix fa‘kultetida olib borilayotgan onlayn o‘quv jarayoni haqida e‘tirozlarim hozircha yo‘q. To‘g‘ri viloyatimizning olis hududlarida internet sifati yomonligi sababligi darslarning sifati yomondir, ammo xudoga shukrki man istiqomat qiladigan Farg‘ona shahar hududida hozircha qiyinchilikka duch kelmayapman. Tez kunlarda oliy o‘quv yurtiga qaytishni hamma talabalarga tilaga holda va blogger Xushnudbekning faoliyatiga omad tilab Farg‘onadan Muhammadjon
Oʻqish paytda kiradigan ustozla baʼzi birlari oʻzgargan ularni pedagogikasiga moslashish qiyin bolyapti
Masofaviy ta'lim MASOFAVIY TA'LIM ONGINI BILGAN TUSHUNGAN, INTERNETI YAXSHI ISHLAGAN ODAMGA JUDA HAM QULAY VA FOYDALI TOMONLARI KO'P
Òzi universitetni òzida bilim olmasdik umuman, masofaviy ta'limga yòl bòlsin...
Online talimga birdan otganligimiz uchun talabalar ham o'qituvchilar ham bunga tayyormasligi ko'rinib turibdi meni fikrim test tizimini ozi yetarli hozircha
Gulbonu Asrorova
Xushnudbek aka iltimos bu yilgi yakuniylar qanday bo'lishi haqida ma'lumot bersangiz. Ko'pchilikda internet yaxshimasku ular nima qiladi?Masalan menda😥😥😥😥
Yakuniy oraliq joriy imtixonlari o'tqazilmasin degan e'lon o'qib qoludim vazirlikning qaysidir xodimi etgan ekan, lekn hammada o'tqazilyabdi hammasi, xalq ta'lim vazirligi 3 chorak bilan yopib tashadi, oliy ta'limni ham shunaqa qilish kerak, bizlardan qiyin narsalarni talab qilishmoqda
Menimcha online darslar o‘zini oqlayapti . Balkim menda internet tezligi juda qoniqarli bo‘lganligidandir. Lekin moodle tizimidagi ayrim kamchilik masalan internet tezligi yaxshi bo‘lgan paytda ham moodle juda sekin ishlashi va shunga o‘xshagan kamchiliklarni inobatga olmaganda umuman hammasi yaxshi ketyapti.
Ассалому алайкум, мен бухородаги институтларнинг бирида тахсил оламан. Институтдаги домлалар телевиденяда интервью беришганда институт сайтини мактаб, кукларга кутаришди ва бизда оралик ва якуний тестларда deadline кулланилмайди, хар бир талаба тест ишлашига камида 3 маротаба имклният берилади дейишган еди. Амо бугун бир фандан якуний тестни ишлаш учун бор юги 1 маротаба имконият ва 1 соатгина вакт беришди, тестга соат 10:00 дан то 12:00 гача кириб ишлашга рухсат берилган еди. Институтнинг онлайн платформаси яни moodle тизими шунаканги секин ишладики бир соат мобайнида бор юги 30 та тестдан12 та тест ишлай олдим. Фан укитувчисига тизим ишламаёпти десам бу менинг муаммоим емас деди
Masofadan ta'lim olish yaxshi.
Internet tezligi bilan yaxshi ta'lim dasturi yaratish kerak. Menimcha shunda talaba va o'qituvchilar o'rtasida bunday tushunmovchiliklar bo'lmaydi.
Masofaviy taʼlim tizimini rivojlantirish kerak. Internet sifatini oshirish kerak. Oraliqlarni bajarishda internet yaxshi ishlamagani uchun vaqt tugab qolayapti va natija yomon 20ta testdan zoʻrgʻa 8-9ta ishlayolayapmiz, qisqasi bizga hali erta ekan masofaviy taʼlimga
Assalomu alaykum, online ta'limda menimcha bilim olmayapmiz faqat kanspekt qilyapmiz va òzimizning sahifamizga joylayapmiz. Shu tarzda kunlar o'tib ketyapti. 😥😥😥
Online maruzalar modull ga xarkun kirish shart degan talablarni yumshatish kerak oqiyman degan oquvchi uyda fan buyicha kitob elektron kitob orqali oqiydi bazi joylarda internet yaxshimass xarkun u talablarni bajarishga qiynaladi
Даврон
⚠️⚠️⚠️ИНТЕРНЕТ ТЕЗЛИГИНИ ЯХШИЛАШ КЕРАК БИРИНЧИ УРИНДА⚠️⚠️⚠️
Internet tezligini oshiringlar oʻqituvchilar toʻgʻridan toʻgʻri efirda dars oʻtsin vazirlik buni yozib olib aytim dars oʻtolmaydigan pedagoglarni aniqlasin chunki talaba buni ayta olmaydi aytsa yana oʻziga qiyin boʻladi
Чет елда аллакачон онлайн талим ривожланган удар биздан 100йил олдинда
Show next 100 comments