Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Oʻqish paytda kiradigan ustozla baʼzi birlari oʻzgargan ularni pedagogikasiga moslashish qiyin bolyapti
Masofaviy ta'lim MASOFAVIY TA'LIM ONGINI BILGAN TUSHUNGAN, INTERNETI YAXSHI ISHLAGAN ODAMGA JUDA HAM QULAY VA FOYDALI TOMONLARI KO'P
Òzi universitetni òzida bilim olmasdik umuman, masofaviy ta'limga yòl bòlsin...
Online talimga birdan otganligimiz uchun talabalar ham o'qituvchilar ham bunga tayyormasligi ko'rinib turibdi meni fikrim test tizimini ozi yetarli hozircha
Gulbonu Asrorova
Xushnudbek aka iltimos bu yilgi yakuniylar qanday bo'lishi haqida ma'lumot bersangiz. Ko'pchilikda internet yaxshimasku ular nima qiladi?Masalan menda😥😥😥😥
Yakuniy oraliq joriy imtixonlari o'tqazilmasin degan e'lon o'qib qoludim vazirlikning qaysidir xodimi etgan ekan, lekn hammada o'tqazilyabdi hammasi, xalq ta'lim vazirligi 3 chorak bilan yopib tashadi, oliy ta'limni ham shunaqa qilish kerak, bizlardan qiyin narsalarni talab qilishmoqda
Menimcha online darslar o‘zini oqlayapti . Balkim menda internet tezligi juda qoniqarli bo‘lganligidandir. Lekin moodle tizimidagi ayrim kamchilik masalan internet tezligi yaxshi bo‘lgan paytda ham moodle juda sekin ishlashi va shunga o‘xshagan kamchiliklarni inobatga olmaganda umuman hammasi yaxshi ketyapti.
Ассалому алайкум, мен бухородаги институтларнинг бирида тахсил оламан. Институтдаги домлалар телевиденяда интервью беришганда институт сайтини мактаб, кукларга кутаришди ва бизда оралик ва якуний тестларда deadline кулланилмайди, хар бир талаба тест ишлашига камида 3 маротаба имклният берилади дейишган еди. Амо бугун бир фандан якуний тестни ишлаш учун бор юги 1 маротаба имконият ва 1 соатгина вакт беришди, тестга соат 10:00 дан то 12:00 гача кириб ишлашга рухсат берилган еди. Институтнинг онлайн платформаси яни moodle тизими шунаканги секин ишладики бир соат мобайнида бор юги 30 та тестдан12 та тест ишлай олдим. Фан укитувчисига тизим ишламаёпти десам бу менинг муаммоим емас деди
Masofadan ta'lim olish yaxshi.
Internet tezligi bilan yaxshi ta'lim dasturi yaratish kerak. Menimcha shunda talaba va o'qituvchilar o'rtasida bunday tushunmovchiliklar bo'lmaydi.
Masofaviy taʼlim tizimini rivojlantirish kerak. Internet sifatini oshirish kerak. Oraliqlarni bajarishda internet yaxshi ishlamagani uchun vaqt tugab qolayapti va natija yomon 20ta testdan zoʻrgʻa 8-9ta ishlayolayapmiz, qisqasi bizga hali erta ekan masofaviy taʼlimga
Assalomu alaykum, online ta'limda menimcha bilim olmayapmiz faqat kanspekt qilyapmiz va òzimizning sahifamizga joylayapmiz. Shu tarzda kunlar o'tib ketyapti. 😥😥😥
Online maruzalar modull ga xarkun kirish shart degan talablarni yumshatish kerak oqiyman degan oquvchi uyda fan buyicha kitob elektron kitob orqali oqiydi bazi joylarda internet yaxshimass xarkun u talablarni bajarishga qiynaladi
Даврон
⚠️⚠️⚠️ИНТЕРНЕТ ТЕЗЛИГИНИ ЯХШИЛАШ КЕРАК БИРИНЧИ УРИНДА⚠️⚠️⚠️
Internet tezligini oshiringlar oʻqituvchilar toʻgʻridan toʻgʻri efirda dars oʻtsin vazirlik buni yozib olib aytim dars oʻtolmaydigan pedagoglarni aniqlasin chunki talaba buni ayta olmaydi aytsa yana oʻziga qiyin boʻladi
Чет елда аллакачон онлайн талим ривожланган удар биздан 100йил олдинда
Masofaviy ta'lim sifatining darajasini pasaytirgan 2ta omil mavjud:
1.Internet tezligi pastligi
2.Sayt kop foydalanuvchilarni birdaniga qabul qila olmasligi, ya'ni server tuzilmasi yaxshi tashkillashtirilmagan(yoki dastur tuzish da kamchiliklar bor)
Lekin tanganing ikkinchi tomoni bor, oliy ta'lim vazirligi tezkorlik bilan bu dasturni amalga oshirgani, ya'ni talabalarni darslardan qolib ketmasliklari uchun darhol Ishlab chiqilishi keragidi. Lekin bunday sharoitga ya'ni pandemiya yoki shunga oxshash holatlarga oldindan puxta tayyorgarlik qilib qoyishi keragidi.Buning uchun masofaviy ta'limni tashkil etish, takomillashtirish va nazorat qilish maxsus bolimini tashkil etib unga kuchli bilim salohiyatga ega bolgan mutaxassislarni yollashi(shu orinda qancha mablag sorasa ham shunga mos mutaxassis) kerak. Hozirgi vaziyatda lekin masofaviy ta'limning ham afzal tomonlari bor,ya'ni oz ustida mustaqil ishlashga va elektron dasturlarni ozlashtirib u orqali vazifalarni bajarishga imkoniyat yaratdi.Shu orinda oqituvchilarning ham beparvoligi kuzatilmoqda ya'ni bergan vazifalarni oz vaqtida sorashganlari yoq.Oz ishlariga ma'sulyat bilan yondashishsa biz talabalarga yanada oson boladi. Shu kamchiliklarga ega bolgan sharoitlarni yaratib berishganiga ham ularga rahmat aytamiz! Hammalaridan Allohning ozi rozi bolsin🤲
O‘zbekistonda karantin davrida OTMlarda hech qanday imtihonlar o‘tkazilmasligi ma’lum qilindi.

Batafsil — http://dy.uz/QHoY3
Tezroq sun'iy yo'ldosh uchirmasak bo'lmaydimi diman. Bu ketishda 2030-yilgacha qolib ketamiz
Moodle programmasi va ta'lim platformasi talabga javob bermaydi. Judayam tushunarsiz va xato, kamchiliklari judayam ko'p. Bu ta'limni "Online ta'lim" deb bo'lmaydi. O'qituvchilar tomonidan faqatgina materiallar joylashgan xolos darslarga oid. Uni qanday tartibda bajarilishini hech kim tushuntirgani yo'q. Faqatgina tezroq bajarishimizni so'rashyapti xolos o'qituvchilar. Muammolari judayam ko'p, lekin kontrakt ga to'lanadigan pul bir xil. Shu pullarimiz qayerga sarflanyapti? Moodle programmasi bepulku. Video darslarni tashkil qilgani nahotki shuncha pul sarflanayotgan bo'lsa, qani shaffoflik, qani adolat?!
Show next 100 comments