Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Даврон
⚠️⚠️⚠️ИНТЕРНЕТ ТЕЗЛИГИНИ ЯХШИЛАШ КЕРАК БИРИНЧИ УРИНДА⚠️⚠️⚠️
Internet tezligini oshiringlar oʻqituvchilar toʻgʻridan toʻgʻri efirda dars oʻtsin vazirlik buni yozib olib aytim dars oʻtolmaydigan pedagoglarni aniqlasin chunki talaba buni ayta olmaydi aytsa yana oʻziga qiyin boʻladi
Чет елда аллакачон онлайн талим ривожланган удар биздан 100йил олдинда
Masofaviy ta'lim sifatining darajasini pasaytirgan 2ta omil mavjud:
1.Internet tezligi pastligi
2.Sayt kop foydalanuvchilarni birdaniga qabul qila olmasligi, ya'ni server tuzilmasi yaxshi tashkillashtirilmagan(yoki dastur tuzish da kamchiliklar bor)
Lekin tanganing ikkinchi tomoni bor, oliy ta'lim vazirligi tezkorlik bilan bu dasturni amalga oshirgani, ya'ni talabalarni darslardan qolib ketmasliklari uchun darhol Ishlab chiqilishi keragidi. Lekin bunday sharoitga ya'ni pandemiya yoki shunga oxshash holatlarga oldindan puxta tayyorgarlik qilib qoyishi keragidi.Buning uchun masofaviy ta'limni tashkil etish, takomillashtirish va nazorat qilish maxsus bolimini tashkil etib unga kuchli bilim salohiyatga ega bolgan mutaxassislarni yollashi(shu orinda qancha mablag sorasa ham shunga mos mutaxassis) kerak. Hozirgi vaziyatda lekin masofaviy ta'limning ham afzal tomonlari bor,ya'ni oz ustida mustaqil ishlashga va elektron dasturlarni ozlashtirib u orqali vazifalarni bajarishga imkoniyat yaratdi.Shu orinda oqituvchilarning ham beparvoligi kuzatilmoqda ya'ni bergan vazifalarni oz vaqtida sorashganlari yoq.Oz ishlariga ma'sulyat bilan yondashishsa biz talabalarga yanada oson boladi. Shu kamchiliklarga ega bolgan sharoitlarni yaratib berishganiga ham ularga rahmat aytamiz! Hammalaridan Allohning ozi rozi bolsin🤲
O‘zbekistonda karantin davrida OTMlarda hech qanday imtihonlar o‘tkazilmasligi ma’lum qilindi.

Batafsil — http://dy.uz/QHoY3
Tezroq sun'iy yo'ldosh uchirmasak bo'lmaydimi diman. Bu ketishda 2030-yilgacha qolib ketamiz
Moodle programmasi va ta'lim platformasi talabga javob bermaydi. Judayam tushunarsiz va xato, kamchiliklari judayam ko'p. Bu ta'limni "Online ta'lim" deb bo'lmaydi. O'qituvchilar tomonidan faqatgina materiallar joylashgan xolos darslarga oid. Uni qanday tartibda bajarilishini hech kim tushuntirgani yo'q. Faqatgina tezroq bajarishimizni so'rashyapti xolos o'qituvchilar. Muammolari judayam ko'p, lekin kontrakt ga to'lanadigan pul bir xil. Shu pullarimiz qayerga sarflanyapti? Moodle programmasi bepulku. Video darslarni tashkil qilgani nahotki shuncha pul sarflanayotgan bo'lsa, qani shaffoflik, qani adolat?!
Bizni ta'lim sohamiz hali bu ishga tayyor emas chunki offlineda yaxshi eplay olisholmayapti, shunday ekan online ta'limni olib borish qiyin juda qiyin, hozirgi sharoitda hamma ham darsga qatnashgani yo'q, sifatli dars qo'llanmalari elektron shaklda juda ham kam ayniqsa o'zbek tilida deyarli hamma kitob rus tilida, talabalarning 10 yoki 15 foizi rus tilini yaxshi bilishi mumkin, xullas bizda hali online ta'lim o'zizni oqlamaydi. Hammani o'zini fikri bor bu masalada.
SHukurjon Nu'monov
Karantin tufayli masofaviy talimga òtdik lekn bu sohada bizda judayam kòp mummolar bor. Asosiy muammo internet yaxwi emasligi. Shaharda va tuman markarlarida yawovchi talabalar bu muammo bòlmasligi mumkindr ammo chekka qishloq joylarda yawovchi talabalarga qitinchilik tuĝdiryapti. Ular bilim olish uchun markazga keliwga tòĝri kelsa ammo kòchaga chiqiwni iloji bòlmasa nma qlish kerek
Abu Safiya
Quruw safsata bunaqa bilim olib bolmaydi shundog'am talabani bilimi past eng saviyasi pas kadir chiqishi aniq shu ketishda buni kim o'ylab topdi bilmadim lekin bu dangasalik
Online testlarni ishlashda imkoniyatlarni kòpaytirish kerak deb hisoblayman. Internet ishlamay qolganlar qayta topshirishga qolib ketmasligi kerak.
Albatta pandemiya davrida online darslarning õtilishi bu katta mashaqqat: õqituvchilarga ham, studentlarga ham.
Shu kunlarda kõplab tanishlarimdan online darslar yuzasidan shikoyatlarni eshityapman.
Biz talabalar rosa dangasamiz. Agar õzimiz mustaqil harakat qilmasak universitetga borganda hech qanaqa bilimimizni õstiraolmaymiz. Õqituvchilar maksimalniy harakat qilishyapti. Biron narsa sõrasak, tushuntirishadi...
Lekin INTERNET muammosi. Bu shaxsan menga ham qiyinchilik yaratmoqda(Toshkent shahrida yashayapman, Ucell ishlataman, Internet rosayam xafa, kõpincha ishlagisi kelmaydi.. Qishloq joylarniku tasavvur qiluvring)
Ayni damda darslarni õzlashtirish, mustaqil õqish kõrsatkichi kamida 70 %ga pasayib ketdi deb aytsam xato bõlmaydi. Shu bilan birgalikda "plagiarism" ham 80-90%ga oshib ketganligi yaxshi hol emas albatta.
Studentlar õqish õzi uchun kerakligini anglasin, ustozlarga kuch quvvat tilayman.
ШУКУРОВ
Bizga ozgina voxt kere sal tushinib olishga keyin internet masalasi buyicha
Universitet da o‘zi umuman rasvo edi o‘zi,
Hozir esa yanada battar bo‘ldi,
Shavkat Qarshiboyev
Mening fikrimcha masofaviy talimga biz Hali tayyor emasmiz lekin hozir vaziyatni hisobga olsak bu juda katta ish sababi barcha birdek texnologiyalardan tugri foydalanish malakasini yanada oshiradi bizning internetni ham sinovdan utkazayabmiz lekin baribir eshitib urgangan boshqacha ekan.
Moodle tizimi mani fikrimcha davomat uchun bo‘lyotgandek
Show next 100 comments