Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Hurmatli talabalar. Talimning online shakli albatta yaxshi. Lekin bizda avvaldan qotib qolgan sterotiplar bor. Yani tanish bilish, korupsiya. Lekin asosiy yeri bizda talim olishmaydi. Domlalar ham kamdan kam talim berishadi. Kop universitet davlatniki bo'lgani uchun talim sifati ohirgi o'rinda chunki ertaga o'qishni bitirib borsa nari borsa davlatni ishida ishlay oladi. Davlat idorasida esa 1 korrupsiya keyin diplom. Sen nimani o'rganding? Agar bilgan bolsang ham tashkilotda underdog bolasan. Kim buyursa hizmatini qilishga hamisha tirjayib turishga majbursan. Seni kallangdagi fikrlar habl teleskopidan olingan rasmlar haqidagi firklaring kelajakka bolgan umidingni yerga ko'masan. Va ihtiyoriy majburiy korrupsiyaga tanish bilishga yengilasan. Charhpalak effekti qachongacha davom etadi buni endi hudo biladi.......
Hozirgi bizning sharoitda masofaviy ta'lim tizimi faqatgina yani poytaxtimizda joylashgan qaysidur manoda nufuzli oliy ta'lim muassasalarida qo‘llash maqul deb hisoblayman . Bizda esa yani Namanganda bu tizim mutlaqo talabga javob bera olmaydi bunga bir qator sabablar bor internet , moodle tizimi, va o‘qituvchilarni internet bn ishlash malakasi umuman talabga javob bera olmaydi
🌸Gavhar🌸
Juda sekin ishlaydi internet. Kuniga bir marta kirishimiz soralayabdi moodlga. Fanlarga oid moodl tizimidagi maruzalar ham talabga javob bermaydi hammasi hojakorsinga qilingan .
Просят зайти в сайт или мудл раз в день. А сделали ли мы дом зад или нет им неинтересно даже учителя не проверяют, исключение составляют преданные своей профессии преподы.думаю будет правильно если объяснение новой темы проводили онлайн,через зум например.Препод и студент должен индивидуально вести разговор по теме, тогда студенту все будет понятно по теме:)
.Farangiz Shertoyeva
Assalomu aleykum!
online darslar o'zini oqlamayopti. To'lanayotgan kantrakt puliga arzimaydi deb o'ylayman
Umuman kerak emas. Qiynalib kettik. Biz tayyor emasmiz. Ispaniyada masofaviy talimga tayyor emasmiz deb talabalarga bahosini qoyib beripti. Biz umuman tayyor emasmiz. Xullas bardak
xursand
Qayerdan bilasiz oqish oqimasligini Xushnudbek akani tanisizmi?
ha taniyman . uni kommentlarni o'qib o'tirishga vaqti yo'q. qachon ko'rgansiz kommentda javob qaytarganini
Tomda chiqib enternet izlash qiyin juda ham lekin bowqa ilojimiz yuq albatta bu kunlar ham utib ketadi 😊
Allayarovna
Ammo hozirgi vaziyatda masofaviy o‘qish eng yaxshi tanlovdir
To'g'ri
Lekin sharoitlar joyida bo'lishi kerak
Internetni yoqsez E bo'b tursa vapshi kerak emas
Har nimani o'z o'rni bor! Men tibbiyot instituti talabasiman. Kuni kecha Xirurgiya siklini online tarzda o'qib tugatdik. Ma'sullardan shuni so'ramoqchi edim: ho'sh vijdonan javob beringchi biz shu ahvolda qanday doktor bo'lamiz? Albatta ma'lumot olish ajoyib lekin tibbiyot muassasalari uchun online ta'lim tizimi o'zini oqlarmikan? Pandemiyaga hech qo'rqmay dunyo mamlakatlari aholisini tibbiy madaniyati yetishmasligi sabab bo'ldi deb ayta olaman. Endi aytingchi tibbiyot ziyolilarini bunday holatda tayyorlash asoslimikan?
Meni taklifim mayli 6 oy keyin bitirarman lekin odamlarni davolaydigan doktor bo'lib yetishishni xohlayman.
xammasi zor
Online oqishga harakat qivomiz hammasi birdaniga bb ketti biz bunaqa vaziyatga tayyormasdik oqituvchila ham bizni tuwuniwini hohlardik
Madina
O'zbekiston Milliy Universiteti talabasiman. Masofaviy ta'lim aynan bizning universitetda yaxshi yolga qoyilgan. Oqituvchilar zoom dasturi orqali dars otishmoqda. Internet sifati hammada ham birdek emasligi achinarli xolos. Masofaviy talim aynan talabalarni mistaqil izlanishlari uchun sharoit yaratdi. Negaki bazi oqituvchilarmiz topshiriqlarimizni plagiatga tekshirishadi va 50% plagiat bolgan ishlarni tekshirishmaydi. Bu albatta talabalarni oz ustida ishlashga majbur qiladi. Shuningdek konspekt yozish uchun vaqt sarflamaymiz. Seminar savollariga oz fikrimizni bildirib mavzuni yoritsak boldi. Hamma joyda internet sifati zor bolsa va bazi kamchiliklar bartaraf qilinsa bu tizim samaralidir. Birinchidan, vaqtingiz va pulingiz tejaladi. Ikkinchidan, oz uyingizdan uzoqda bolmaysiz. Kvartira puli tolamaysiz. Oliygohlar ham ortiqcha kommunal tolovlar tolashmaydi. Ba'zi talabalar mb uchun mablag kop ketishini aytishadi kechirasizu institutga borib kelib iladigan xarajatlarimizning 5 dan bir qismini internet uchun sarflashning nimasi yomon. Platformaga barcha vazifalarni joylash shart. Oqish jarayonidachi tayyorlangan odamgina mavzu yuzasidan gapiradi. Qolgan talabalar esa 80 minut vaqtini behuda sarflashadi. Masofaviy ta'limni qollab quvvatlayman. Faqat chekka hududlardagi talabalar ham bundan foydalana olishsa albatta. Negaki ular ham kontrakt puli tolashgan.
Нигорa
Онлайн дарс Манга она сифатида ёкмади болам мактабга бориб билим олгани бошка экан чунки азгина бусаям укитувчидан курканидан дарс килади Ман уйда умуман дарс килдиромаман интернет мб етмайди ёки интернет ишламапти бориб мактабида малакали укитувчилар каромогида тахсил олгани бошка
Nodira
Masofaviy ta'lim sifati talabga javob bermaydi.
Bu albatta juda yaxshi, lekin hamma tarafini öylab körish kerak edi. Bizning ayni damdagi ibtidoiy internetimiz bilan bunaqa masofadan öqitishda oldinga siljimaymiz. Undan tashqari darslarni kuzatishni deyarli iloji yöq, xöjakörsinga bölayapti bu ishlar. Yaqinda oraliq va yakuniylarda qatnashdik, vaqt chegarasi bilan testlar joylashtirilgan, biz tepalik va tomlarni ustida internet yaxshi joylarni topib kirgan payt esa tizim bunga bardosh berolmaydi. Bundan tashqari bir talay kamchiliklari ham bor, qisqasi hali tayyormasmiz.
𝓐𝓼𝓱𝓾𝓻𝓶𝓮𝓽𝓸𝓿𝓪 𝓟𝓪𝓻𝓿𝓲𝓷𝓪
+томони яхши ортикча йул йурмайсан уйда утириб дарс киласан хуллас карантин бизни мадбур килди.
-томони энди мактабга чикадиган болалар 1синфни битираетганлар умуман бошлангич таьлим оркага кетди.фикримми айтадигон булсам бу мамофавий таьлим хакикий укийман билимли масуьлиятни хис этадигонлар учун,мактабга булмайди укувчиларга ачинаман.....
Allayarovna
Рустам
To'g'ri Lekin sharoitlar joyida bo'lishi kerak Internetni yoqsez E bo'b tursa vapshi kerak emas
To‘g‘ri lekin ilojsizmiz enternet zo‘r ishlaydigan davlatlarda ham hozir bizda qanaqa holat bo‘lsa shunaqa bo‘lmoqda. Sabr qilishimiz kerak .
Jinakam uqishni bilim olishni xoxlaydigan talaba uchun xozirgi masofaviy taʼlim tizimi juda achinarli hol..
Yaxshi mavzu ko'tarilibdi. Talaba bo'lmasam ham yaginda jiyanim iltimosi bilan Moodle.uz tizimi kirib mutaxassisligim bo'lgan ingliz tili fanidan yordamlashmoqchi bo'ldim. Taassotlarim ijobiy emas. Yordam so'ragani ham bejiz emas ekan.
Birinchidan, sayt qotib - qotib ishlaydi. Berilgan topshiriqni sayt sahifasining o'zida bajarish amri mahol. bir sahifada audio keyingisida topshiriq. Ammo eng asosiysi, kontent juda achinarli darajada o'quvchilar bilim saviyasi qiziqishiga umuman mos kelmaydi, spesifik mavzularda. Arxivizmga aylanayotgan iste'molda kam ishlatiladigan so'zlar ham anchagina. Psixologiya yo'nalishi talabasiga menejmentning turlari haqidagi darajasi C1 maqola nimaga kerak? Tizim baholash uchunmi yoki bilim berish uchunmi bilib bo'maydi. Ingliz tilini o'qitishga doir millionlab materiallar tayyorlangan bu zamonda, ta'limning bunday sifat darajasini ko'rish achinarli.
Show next 100 comments