Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
xursand
Qayerdan bilasiz oqish oqimasligini Xushnudbek akani tanisizmi?
ha taniyman . uni kommentlarni o'qib o'tirishga vaqti yo'q. qachon ko'rgansiz kommentda javob qaytarganini
Tomda chiqib enternet izlash qiyin juda ham lekin bowqa ilojimiz yuq albatta bu kunlar ham utib ketadi 😊
Allayarovna
Ammo hozirgi vaziyatda masofaviy o‘qish eng yaxshi tanlovdir
To'g'ri
Lekin sharoitlar joyida bo'lishi kerak
Internetni yoqsez E bo'b tursa vapshi kerak emas
Har nimani o'z o'rni bor! Men tibbiyot instituti talabasiman. Kuni kecha Xirurgiya siklini online tarzda o'qib tugatdik. Ma'sullardan shuni so'ramoqchi edim: ho'sh vijdonan javob beringchi biz shu ahvolda qanday doktor bo'lamiz? Albatta ma'lumot olish ajoyib lekin tibbiyot muassasalari uchun online ta'lim tizimi o'zini oqlarmikan? Pandemiyaga hech qo'rqmay dunyo mamlakatlari aholisini tibbiy madaniyati yetishmasligi sabab bo'ldi deb ayta olaman. Endi aytingchi tibbiyot ziyolilarini bunday holatda tayyorlash asoslimikan?
Meni taklifim mayli 6 oy keyin bitirarman lekin odamlarni davolaydigan doktor bo'lib yetishishni xohlayman.
xammasi zor
Online oqishga harakat qivomiz hammasi birdaniga bb ketti biz bunaqa vaziyatga tayyormasdik oqituvchila ham bizni tuwuniwini hohlardik
Madina
O'zbekiston Milliy Universiteti talabasiman. Masofaviy ta'lim aynan bizning universitetda yaxshi yolga qoyilgan. Oqituvchilar zoom dasturi orqali dars otishmoqda. Internet sifati hammada ham birdek emasligi achinarli xolos. Masofaviy talim aynan talabalarni mistaqil izlanishlari uchun sharoit yaratdi. Negaki bazi oqituvchilarmiz topshiriqlarimizni plagiatga tekshirishadi va 50% plagiat bolgan ishlarni tekshirishmaydi. Bu albatta talabalarni oz ustida ishlashga majbur qiladi. Shuningdek konspekt yozish uchun vaqt sarflamaymiz. Seminar savollariga oz fikrimizni bildirib mavzuni yoritsak boldi. Hamma joyda internet sifati zor bolsa va bazi kamchiliklar bartaraf qilinsa bu tizim samaralidir. Birinchidan, vaqtingiz va pulingiz tejaladi. Ikkinchidan, oz uyingizdan uzoqda bolmaysiz. Kvartira puli tolamaysiz. Oliygohlar ham ortiqcha kommunal tolovlar tolashmaydi. Ba'zi talabalar mb uchun mablag kop ketishini aytishadi kechirasizu institutga borib kelib iladigan xarajatlarimizning 5 dan bir qismini internet uchun sarflashning nimasi yomon. Platformaga barcha vazifalarni joylash shart. Oqish jarayonidachi tayyorlangan odamgina mavzu yuzasidan gapiradi. Qolgan talabalar esa 80 minut vaqtini behuda sarflashadi. Masofaviy ta'limni qollab quvvatlayman. Faqat chekka hududlardagi talabalar ham bundan foydalana olishsa albatta. Negaki ular ham kontrakt puli tolashgan.
Нигорa
Онлайн дарс Манга она сифатида ёкмади болам мактабга бориб билим олгани бошка экан чунки азгина бусаям укитувчидан курканидан дарс килади Ман уйда умуман дарс килдиромаман интернет мб етмайди ёки интернет ишламапти бориб мактабида малакали укитувчилар каромогида тахсил олгани бошка
Nodira
Masofaviy ta'lim sifati talabga javob bermaydi.
Bu albatta juda yaxshi, lekin hamma tarafini öylab körish kerak edi. Bizning ayni damdagi ibtidoiy internetimiz bilan bunaqa masofadan öqitishda oldinga siljimaymiz. Undan tashqari darslarni kuzatishni deyarli iloji yöq, xöjakörsinga bölayapti bu ishlar. Yaqinda oraliq va yakuniylarda qatnashdik, vaqt chegarasi bilan testlar joylashtirilgan, biz tepalik va tomlarni ustida internet yaxshi joylarni topib kirgan payt esa tizim bunga bardosh berolmaydi. Bundan tashqari bir talay kamchiliklari ham bor, qisqasi hali tayyormasmiz.
𝓐𝓼𝓱𝓾𝓻𝓶𝓮𝓽𝓸𝓿𝓪 𝓟𝓪𝓻𝓿𝓲𝓷𝓪
+томони яхши ортикча йул йурмайсан уйда утириб дарс киласан хуллас карантин бизни мадбур килди.
-томони энди мактабга чикадиган болалар 1синфни битираетганлар умуман бошлангич таьлим оркага кетди.фикримми айтадигон булсам бу мамофавий таьлим хакикий укийман билимли масуьлиятни хис этадигонлар учун,мактабга булмайди укувчиларга ачинаман.....
Allayarovna
Рустам
To'g'ri Lekin sharoitlar joyida bo'lishi kerak Internetni yoqsez E bo'b tursa vapshi kerak emas
To‘g‘ri lekin ilojsizmiz enternet zo‘r ishlaydigan davlatlarda ham hozir bizda qanaqa holat bo‘lsa shunaqa bo‘lmoqda. Sabr qilishimiz kerak .
Jinakam uqishni bilim olishni xoxlaydigan talaba uchun xozirgi masofaviy taʼlim tizimi juda achinarli hol..
Yaxshi mavzu ko'tarilibdi. Talaba bo'lmasam ham yaginda jiyanim iltimosi bilan Moodle.uz tizimi kirib mutaxassisligim bo'lgan ingliz tili fanidan yordamlashmoqchi bo'ldim. Taassotlarim ijobiy emas. Yordam so'ragani ham bejiz emas ekan.
Birinchidan, sayt qotib - qotib ishlaydi. Berilgan topshiriqni sayt sahifasining o'zida bajarish amri mahol. bir sahifada audio keyingisida topshiriq. Ammo eng asosiysi, kontent juda achinarli darajada o'quvchilar bilim saviyasi qiziqishiga umuman mos kelmaydi, spesifik mavzularda. Arxivizmga aylanayotgan iste'molda kam ishlatiladigan so'zlar ham anchagina. Psixologiya yo'nalishi talabasiga menejmentning turlari haqidagi darajasi C1 maqola nimaga kerak? Tizim baholash uchunmi yoki bilim berish uchunmi bilib bo'maydi. Ingliz tilini o'qitishga doir millionlab materiallar tayyorlangan bu zamonda, ta'limning bunday sifat darajasini ko'rish achinarli.
Hammasi joyida. Zoom dasturi orqali auditoriya atmosferasi yaratilgan Modul tizimi boshqalarniki singari emas. Barqaror ishlamoqda. Ustozlardan yetarli sifatli ta'lim berilmoqda. Bunday sinovli kunlarda nolishga haqqimiz yo'q deb o'ylayman. Uni o'rniga bor imkoniyatdan maximal foydalanish zarur. Kerak bo'lsa tomda dars o'tayotgan o'qituvchilar haqida eshitayapmiz. Hali u viloyatda hali bu viloyatda tabiiy ofatlardan fuqorolarimiz aziyat chekmoqda,uysiz qolmoqda. Internet sifati bahona bo'la olmaydi. Tuyaga yantoq kerak bo'lsa bo'yini cho'zadi. Bilim kerakmi? Intil,harakat qil. Muhimi nolima,to'xtama,kelajak yoshlarniki....
Assalamu alaykum! Bizda 1dan internt juda sekin ishlaydi 2dan ayrim OTM lari fanlarni tuliq kiritib ulgurmagan 3dan talabalarimizni kub qismi nomiga gina kirib chiqib ketshyapdi
Masofaviy ta'lim sistemasi, bizda javob bermaydi. Qisqa va londa qilib aytganda
Mani fikrimcha online darslarda muamolar:
1. Internet tezligi.
2. Aksariyat o'qituvchilar online darslar berish
3. ayrim talabalarning ( smartfon, notebook, kompyuter yo'qligi)
Yutuqlar:
1. Juda qulay darsliklarni o'qish uchun vaqt bo'ldi.
Oqituvchila bizani uylawmidi ham uy ishi man Dars voht kam ulgiromiyamz prezidentimz etganlaku konspektladan voz kechiladi db ln biz varolab yozivomiz bu nimadgan gap.......
Show next 100 comments