Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum Xushnud aka Oʻzbekiston toʻla qonli masofaviy taʼlimga tayyor emasdi buni hammamiz bilamiz lekin karantin boʻlmaganda masofaviy taʼlim nima ? Moodle dasturi qanday ishlaydi degan narsalarni birorta student mukammal bilmasdi yoki bormi ?Oʻzbekiston talabasi man bilardim oldindan degan, Yevropa avvaldan shu tizimdan foydalanib kelgan bizda internet problema qachongacha tayyor emassiz, tayyor emassiz degan gaplarni eshitamiz, talabalar tayyor davlat internetga javob bersin keyin biz taʼlimda javob beramiz, chett el talabalar bilan raqobatlashamiz , 100 % platformadan foydalanish kerak kelgusida ham. toʻliq OTM lar kredit tizimga oʻtish kerak man chettelda oʻqib shunday xulosa qildim bizni OTM lar Yevropa OTM lar bilan deyarli tenglasholmas ekan, tezroq chettel qoʻllayotgan tizimlarni amaliyotga tadbiq etish kerak boʻlmasa shamollashni koronavirus deb izalatsiyaga oladigan mutaxassislar yetishib chiqishi davom etadi.
internet ishlamiydi chekka joylarda tomga chiqib dars qilish kerak
Assalomu alaykum Men 1kurs talabasiman Bizning institutimiz moodleda har bir dars uchun vaqtlar va tartib qoidalar belgilagan . Men qishloqda turaman shu sababdan internet masalasi muammo E ishlaydi shunga ham xursand bo‘lamiz. Lekin men o‘z viloyatimga o‘qishimni ko‘chirmoqchiman. Agar vazifalarni vaqtida topshirsak institutimiz ko‘chirish uchun ruxsat berar ekan . Men esa 1 2 darsdan qolib ketdim oqituvchilarimga shuni tushuntirsam tushunishni xohlashmayapti. Hozirda tushunarsiz vaziyatdaman.
Madina
Z. Jalolov
Judayam tartibsiz va fanlar rossa ko'p ulgurish qiyin to'g'risi kerakli fanlar qo'yilsa faqat maqsadga muvoffiq bo'lafdi va biz talabalar ham mazza qilib o'qirdik
Kechirasizu masofaviy ta'lim bolmasa ham sizni yonalishizga qoyilgan barcha fanlarni oqishga majbursiz🤣. Buninmasofaviy talomga aloqasi yoq deb oylayman
Hop internet bn to'liq taminlanmaganlar bor ekan a lekin internet yaxshi ishlaydigan talabalar ko'proq menimcha, ular uchun ham dars o'tishni qoyillatganlari yo'q o'qituvchilar. O'qituvchilarni o'zlarini o'qitish kerak oldin . onlayn dars o'tish metodikasini umuman bilmaydigan o'qituvchilarimiz ko'p ular hattoki telefon yoki kompyuterni yaxshi tushunmaydilar.
👑👑👑👑 👑👑👑👑
Madina
O'zbekiston Milliy Universiteti talabasiman. Masofaviy ta'lim aynan bizning universitetda yaxshi yolga qoyilgan. Oqituvchilar zoom dasturi orqali dars otishmoqda. Internet sifati hammada ham birdek emasligi achinarli xolos. Masofaviy talim aynan talabalarni mistaqil izlanishlari uchun sharoit yaratdi. Negaki bazi oqituvchilarmiz topshiriqlarimizni plagiatga tekshirishadi va 50% plagiat bolgan ishlarni tekshirishmaydi. Bu albatta talabalarni oz ustida ishlashga majbur qiladi. Shuningdek konspekt yozish uchun vaqt sarflamaymiz. Seminar savollariga oz fikrimizni bildirib mavzuni yoritsak boldi. Hamma joyda internet sifati zor bolsa va bazi kamchiliklar bartaraf qilinsa bu tizim samaralidir. Birinchidan, vaqtingiz va pulingiz tejaladi. Ikkinchidan, oz uyingizdan uzoqda bolmaysiz. Kvartira puli tolamaysiz. Oliygohlar ham ortiqcha kommunal tolovlar tolashmaydi. Ba'zi talabalar mb uchun mablag kop ketishini aytishadi kechirasizu institutga borib kelib iladigan xarajatlarimizning 5 dan bir qismini internet uchun sarflashning nimasi yomon. Platformaga barcha vazifalarni joylash shart. Oqish jarayonidachi tayyorlangan odamgina mavzu yuzasidan gapiradi. Qolgan talabalar esa 80 minut vaqtini behuda sarflashadi. Masofaviy ta'limni qollab quvvatlayman. Faqat chekka hududlardagi talabalar ham bundan foydalana olishsa albatta. Negaki ular ham kontrakt puli tolashgan.
Kechirasizu biz yo'lkira qilip borsak bir oyda 150ming so'm ketadi internetga esa man o'rtacha xisobda 300ming so'm ketkizyapan shundayam yetmaydi faqat shu darslar uchun biz instutga borsak bemalol o'qirdik tushunmaganimizdi tushungunimizcha o'rganardik to'g'ri bu pedagogik instutlarga qulaydur masofaviy ta'lim lekin qurilish loyixa amalyot birunchi o'rinda turedigon instutlar uchun bu ish samara yo'q.
Мохинур Акрамжонова
Здравствуйте. У нас в платформе всё идёт как надо(я так думаю),и учителя делают всё , как могут и я хочу сказать им спасибо , наши дом задания вовремя проверяются. Даже лучше чем в универе, всегда хватает время на подготовки и учебу
Allayarovna
To‘g‘ri lekin ilojsizmiz enternet zo‘r ishlaydigan davlatlarda ham hozir bizda qanaqa holat bo‘lsa shunaqa bo‘lmoqda. Sabr qilishimiz kerak .
Man u taraflarda holat qanaqa demadim !
Gap online tizimidagi kamchiliklar va fanini o'zi ham yaxshi tushunmiydigan o'qituvchilarini chiqarayotgan axmoqona qarorlari haqida ketyapti .
Oraliqlarni qo'lda yozib rasmga tushurib saytga joylash kerak ekan 👍MALADES
Xuddi domla xar birimizni xunuk daftar to'lishi uchun yozganlarimizni tekshirib o'qib chiqishadi
HAA ISHONAMAN BIZZI KELAJAGIMIZ BUYUK
Худо хохласа хаммаси яхши булади бу хам бир синов карантиндан кейин хам бу амалиётни давом эттириш керак.Универларда ОН Ян имтихонлар онлайн килиш керак билмаганларга сифатга таъсир килади лекин тушунган талаба укийди.Бу юридик ва ОТМ лар самара берди.Талабани укиш ва изланиш ВАКТИ КЕЛДИ ФАКАТ БУНИ ТУГРИ ТУШИНИШ КК
Коп фан уктувчилари бир ойдан бери юкланган амалий ва лаборатория ишларини, мустакил ишларини текширишгани йук.
Yakuniylarni kurib rosti kulgim keldi unchalik bilimli bulmagan bir kursdoshim yakuniylarni vaqtimdan ilgari yechib xatto bulganin aytdi va 30 ta dan 30ta qanaqib deganimda 2ta imkon beriladi birinchisini skrishot qilib olib qayta ishganingda javoblarni belgilaysan dedi naqadar achinarli buni xozirda institutni bitirgotgan yakuniydan urganlar bilishadi buni
Raqamli iqtisodiyot yilida fanlarni yopish raqamli tarzda bolib otmoqda. Domlalar bu ishlarda juda faol. Ayniqsa uzcard, payme, click dan foydalanish madaniyati ancha oshdi
Мохинур Акрамжонова
еще немного и все останется позади
Masofaviy ta'limni tashkil etishga harakat qilinyapti, ammo yetarli natijalarni ko'rmayapmiz. Birinchi navbatda, Internet tezligi nafaqat qishloq, balki shahar hududlarida ham juda past. Bu o'z navbatida masofaviy ta'lim barcha talabalarni qamrab ololmasligini bildiradi. Ikkinchidan, darslar sifati pasaygan: ba'zi o'qituvchilar ko'r-ko'rona dars o'tishmoqda. Darslar talabga javob bermaydi: faqat mavzu elektron tarzda tashlanadi va talabalarda vazifa so'raladi. Bu esa online dars hisoblanmaydi. Avvalo ustoz zoom yoki google classroom kabi tarmoqlar orqali mavzuni tushuntirishlari kerak. Aks holda, biz mavzuni o'zimiz o'qib o'rgansak, bizga ustozning nima keragi bor?
Moodle дан дарс боляпти лекин окитувчилар пулга органип коганми диман бази бирлари тогри килип бажарса йам паст балл койишади
Манимча масофавий таълим яхширок
Elnur Fayzullayevich
Oldin o'qituvchilarni o'rgatish kerak.
Maftunaxon Abdullayeva
Eeeee bòldi òzilarni charchatmelar
Show next 100 comments