Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Maftunaxon Abdullayeva
Eeeee bòldi òzilarni charchatmelar
Maftunaxon Abdullayeva
Foydasi yò
Бу ОТМ рахбарияти талабига боглик саволлар банки мавжуд булса саволлар бир хил булмайди.Узини алдамокчи булганлар хамма нарсадан айб топади.
Albatta biz bu tizimga bosqichma-bosqich òtamiz. Inshoolloh bu tizim kelajak uchun bir imkoniyat
Assalomu alaykum masofaviy ta'lim qoniqarliroq bo'lishi mumkin xozircha yaxshi va a'lo bo'lishi mumkin emas, chunki bu bizda birinchi marta va bu deyarli testoviy rejim desa xam bo'ladi. Masofaviy bo'lishi uchun eng avvalo texnika yaxshi bo'lishi kerak. Xamma o'quvchida xam imkoniyat yaxshi emas kimdadir internet aloqa yaxshi texnikasi yaxshi kimdadir na aloqa na texnika bor. Xattoki o'qituvchi xam xali uzi internetni yaxshi tushunmaydi va olayotgan oyligi yaxshi ishlashga imkoniyat bermaydi. O'qituvchi madofadan dars berayabdi va bergan darsiga oyligini olayabdi lekin!!! Dars berish qancha mablag'ga tushayabdi bir soat uchun qancha trafik va energiya ketayabdi bu taraflama yo'llar xech qaysi mutaxasis tamonida o'ylab ko'rilmayabdi. Gapning indallosi talabadan masofaviy ta'lim sifatini so'rab so'rovnoma utkizish menincha xali vaxtli xozirgi ishlar xammasi testoviy tajriba.
Umida Qutliyeva
Saytlar yaxshi ishlamaydi ba'zi vaqtlar oraliq vaqti ishlamay qoladi va berilgan vaqt tugaydi natijada hamma urinishlar kuyib ketadi bu holatni esa hech kim tushunishni istamaydi na o'qituvchilar na kattalar man bu tomnlaridan noroziliklar juda ko'p
SULTAN
Bizda masofaviy taʼlimga na oʻquvchi,na oʻqituvchi tayyor.Shunday hududlar borki umuman masofaviy taʼlim bn shugʻullanishga imkon yoʻq.Ayrim xonadonlarda farzand va ota-ona oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga keladi,sababi moliyaviy ahvol yaʼni netga kirishi uchun pul kerak.Qisqa qilib aytganda gapirsa gap koʻp
Men o‘qituvchiman.O‘quvchilarni ko‘p qismi onlayn darslarmi ko‘rmayapti.Ayniqsa may oyidan boshlab vazifalarni xam telegram kanalga tashlamay qo‘yishdi. Farzandiga dars qildiraolmayapti ota onalar.
Kantrakt puliga arzimaydi online darslar uqishni toxtatish kerak pandimeyadan keyin boshlash kerak
xursand
Tibbiyot soxasida xamma narsa aniq deyarli juda katta ozgarish bolmaydi faqat epidemik sharoit xalaqit qilyapti mustaqil oqib organib amaliyotga borish imkoniyati bolsa yaxshi bolardi
Albatta amaliyot kerak. Aniq deysizmi? Tibbiyotda bitta diagnozni qo'yish va uni tasdiqlash qanchalik oson deb o'ylaysiz? Balki bu tizim kechgacha kompyuter oldida loyihalarni o'ylab topadiganlar va ta'lim beruvchilar uchun o'zini oqlar lekin asosiy qismi amaliyot bo'lgan tibbiyot tizimi uchun asossiz.
Agar hamma joyda Toshkent Respublikasidek bo‘lmasa ham sal yaxshiroq internet bo‘lsa masofaviy ta'lim juda qulay berilgan topshiriqqa javob tayyorlash uchun vaqt bemalol. Bitta lekini bor o‘qish hammani o‘zi uchun kerakligi o‘qigan odamni jamiyatda o‘rni borligini ko‘rsatish kerak bo‘lmasa hech kim o‘qimaydi faqat diplom uchun harakat qiladi. Albatta bu tez bo‘ladigan ish emas lekin insonlarni o‘rgatsa bo‘ladi. Yana bitta no si bor. Quyi rahbariyatdagilarga salla deganda salla olish kerakligini o‘rgatish yoki peshanasiga o‘yib yozish kerak bo‘lmasa shuni ham maynavozchilik qiladi. Ura-uraga o‘tib ketadi. Men talaba sifatida o‘qituvchi sifatida buni qo‘llayman. Oliy ta‘limda. Maktabda o‘zini oqlamaydi
Yana bir gap ahvolimizning 52%i qishloqda yashaydi, Qishloqda esa ish juda ko'p shaxsan menda kun bo'yi ishlayman, kechki ovqatdan kiyin charchab uxlab qolaman, tog'risi darsga oldingiday vaqt ajrata olmayapman
Ayni vaqtda Masofaviy ta'lim oliyapmiz, internet tezligi ham ancha oldingiga qaraganda yahshiroq bo'lib qoldi. Darslar yahshi otiliyabti, tushunarli, ko'rgazmali prezentatsiyalar bilan, oqiydigan odam onlayn darslarda ham oqiydi, izlanadi, bilim oladi, oqimaydigan odam har 10 soat dars o'tsa ham oqimaydi. Vaqtdan ham unumliy foydalaniyabmiz. Ta'lim olish bilan birga boshqa tashkilotda (masalan o'z yunalishi bo'yicha maktabda) ishlasa ham menimcha yahshi bo'ladi. Ham bilim, ham malaka☝️ Oliy ta'limda ham masofaviy ta'limni yo'lga qoysa menimcha o'rinli bolar edi.
yigishtirish kerak uqishni
Kantrakt narxi 6oyga arzon bo'lishi kerak bo'lmasa noinsoflik boladi
Show next 100 comments