Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Men Tibbiyot instituti talabasiman. Iltimos ushbu yozganlarimi oxirigacha o‘qing. Iltimos. Bee‘tibor qoldirmang! Barchaga ma‘lumki, hozirki kunda koronavirus tufayli yurtimizda noma‘lum muddatga karantin holati e‘lon qilingan. Shu bois, maktab, kollej va albatta oliy o‘quv yurtlarida ham o‘qishlar to‘xtatilgan. Oliy Ta‘lim vazirligi tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari uchun TV darslar va online telegram tarmog‘ida darslar tashkillashtirildi. Bu albatta yaxshi. Lekin Oliy o‘quv yurtlariga ham online tizimni tadbiq qilingani, boshqa o‘quv yurtlariku mayli ularni eplasa bo‘ladi lekin tibbiyot oliygohlari talabariga ham online darslarni o‘tish, mavzularni o‘zlashtirib borish, baholanish, darslar (4 kursdan boshlab sikl darslar o‘tiladi,bu degani ma‘lum bir fanni berilgan muddat ichida faqat shu fanni o‘zini o‘qib, tugatib,baholanib, keyin yana boshqa sikl darsiga o‘tiladi) tugagach baholanib semestr yopish kerakligi buyurildi. Shu borada telegramda maxsus gruppalar ochildi, institut saytida modul tizimi orqali barcha fanlarga maxsus oynalar ochilib, fan mavzusi bo‘yicha ma‘lumotlar joylandi. Talabalar har kuni shu saytga kirib, ro‘yxatdan o‘tib,joylangan ma‘lumotlardan foydalanishi kerak ekan, va shu asnoda har bir kirib foydalangan talaba belgilab boriladi, misol uchun 20 kunlik sikl bo‘lsa, demak talaba 20 kun tizimga kirib,foydalangan bo‘lishi kerak, shuni xisobga olib sikl oxirida qanday o‘zlashtirganini baholash maqsadida fan bo‘yicha online test oynasi ochiladi(bu ham 20 kun to‘liq kirib ma‘lumotlarni yuklab olgan bo‘lsa ochiladi) va test yechib, baholanadi shu bilan ushbu siklni tugatgan fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi hamda keyin siklga o‘tishga ruxsat beriladi. . Bu yaxshi albatta. Lekin muammo shundaki, internet sifati pastligi uchun birinchidan modul tizimiga kirib, ma‘lumotlardan foydalanib bo‘lmaydi, xo‘p kirdi ham, ma‘lumotlardan foydalandi ham deylik. Lekin kim, qaysi talaba? Faqat shahar zonasidagi internet sifati yaxshi bo‘lgan hududlardagi talabalar xolosmi? Qolganlachi? Nima yo faqat tibbiyot institutida shaharlik talabalar o‘qiydimi? Bu xato! Tibbiyot instituti talabalarining asosiy qismi tumanliklar,chekka qishloqliklar... Xo‘sh ularchi? Ular nima qilsin? Axir ba‘zi qishloqlarda internet tugul, aloqa uchun antena oxtargani uydan ko‘chaga (yoki tomga) chiqishga to‘g‘ri kelsa, ular qanday qilib modulga kirsin, qanday qilib ro‘yxatdan o‘tsin, qanday qilib baholansin. Shu bilan ular fanni o‘zlashtira olmaganlar qatorida bo‘ladi. Bu degani talaba yiqildi. 6 oy Stependiya yo‘q (budjet talabalari uchun). Ko‘plab kursdoshlarim tumanlarda yashaydi. Ular hattoki telegramga ham onda-sonda kiryapti. Sababini so‘rasak, internet yo‘q ishlamayapti "E" chiqyapti deb nolishadi. Albatta bu ochiq oydin haqiqat. Ikkinchidan, xo‘p stipendiyaku mayli bu ahamiyatga unchalik ega emas, asosiy muammo bu bizning kasbimizni qanday egallashda. Xo‘p aytelik, shu online darslarga qatnashib, online o‘qidik ham deylik. Lekin bir narsa borki,bu o‘tilayotgan sikl fanlari keyingi yillarga takrorlanmaydi ,qisqacha, qaytib bu fan o‘tilmaydi. (Og‘riqli nuqtasi shu aslida) Sabab, online o‘qish bilan real o‘qishni farqi bor. Online o‘qib darslarni tugatdik ham deylik, ertagachi? Ertaga nima bo‘ladi? Axir tibbiyot faqat kitoblaru, prezentetsiyalar, elektron ma‘lumotlardan iborat emasku? Talaba ustozi bilan birgalikda amaliyotda o‘sha kitoblardan o‘rganilgan kasalliklarni, o‘sha yozilgan tashqi va ichki belgilarni real bemorlarda o‘z ko‘zi bilan ko‘rmasa, qo‘li bilan ushlab his qilmasa, qulog‘i bilan eshitib ko‘rmasa, o‘sha yozilgan narsa shu ekanini qayerdan biladi A? Qayerdan???!!! Ertaga qanday qilib bemorni davolay olishini kim kafolatlay oladi, online o‘qib yaxshi o‘rganmagan kasalligi bo‘yicha bemorni davolay olmasa, kim javob beradi, yana shifokor aybdor, yana balogardon! Xo‘sh endi biz nima qilsihimiz kerak? Oliy ta‘lim va Sog‘liqni Saqlash Vazirligiga ushbu (barcha tibbiyot instituti talabalari arznini, dodini,) murojaatimizni qanday yetkiza olamiz. Taklifimiz: karantin tugagandan so‘ng, shu kelgan joyidan boshlab o‘qi
shni joriy qilishlarini, mayli o‘qishni bitirishimiz muddati qanchaga cho‘zilsa, yo yana 7 yillik tizimga qaytilsa ham rozimiz. Faqat bunaqangi online darslarni bekor qilishsin. Mayli telegram tarmog‘ida gruppalar ochilib, savol javob, nazorat yuzasidan karantin vaqtida tashkillashtirishsin. Lekin bunaqa tizim bilan tibbiyot o‘rgatmoqchi bo‘lishmasin, biz kelajagimiz haqida jiddiy qarashlarini, amaliy ko‘niklamalar bilan dars o‘tish kerakligini, bemorlar bilan yuzma yuz muloqatda bo‘lib, ustozlarimiz bilan yuzma yuz darslarni o‘rganishni xohlaymiz. O‘z kasbimizni sevamiz va uni mukammal o‘rganishni xohlaymiz qandaydir online darslarda elekron kitiblardanmas albatta. Bu barcha tibbiyot institut talabalarining xohishi! Bizga shu borada yordam bering iltimos. Ushbu shikoyatimni ham internet tarmog‘iga, kanallarga tarqatsangiz ham roziman. Bu haqiqat va haqiqatni aytganimdan tonmayman va qo‘rqmayman. Har bir gapimga qonun oldida javob berishga ham tayyorman. Faqat yordam bering iltimos. Sizdan umid qilib yordam so‘rayapmiz! Online darslarni bekor qilishsin, va karantindan so‘ng qayerga kelib to‘xtagan bo‘lsa o‘sha yeridan boshlansin darslarimiz. Mayli bu yilgi va ummuman keyingi yilgi yozgi kanikullar hisobiga bo‘lsa ham. Faqat fanlarni va kasalliklarni mukammal o‘zlashtirsak, o‘z kasbimizi yetuk mutahasisi bo‘lishni xohlaymiz. Oldindan rahmat. Javobini kutib qolamiz.
마르가
Uyda ótirib oyligini oladigan ustozlarga yaxshi bóldi.Undan kóra kontraktni arzonlashtirishsa yaxshi bólardi
Qoʻshilaman keyin ular dars otishyotgani yoq faqat topshiriq berishyapti konspekt deyishyapti daftarga yozib rasmga olib junatamz nima foyda essz kontrakt
SHAMSIDDINOVA
Talabalik oltin davrimiz ekaaan, mazza qilib 4 yil kursdoshlar bilan o'tkazish kerak bu davrni. Buniyam o'z gashti bor. Ayniqsa sessiya paytlari guruh bilan birga tayyorlanishlar qanday yaxshi, xuddi bir oiladek
Maftunaxon Abdullayeva
Eeee bòldi asab hali k.k bòladi ancha, bunday bema'ni ishlarga sarflamanglar
Шохсанам Aскарова
Assalomu alaykum. Men Toshkent Davlat stomatologiya institutida o'qiyman. bizda modulda gaqat test joylashadi va bajargan ishimizni konspektni yozib fayl holatida saytga joylaymiz testni yechamiz. shu bilan savodli bo'lib qolamizmi. Qancha tushunmagan narsalarimiz bor birinchi kurs bo'lsak spets fanlarni bizga tushuntirishmasa biz testni qanday ishlaymizhamma guruppa ochivolibbir biridan ko'chiradi. Chunki ustozlar tushuntirib berishmaydi mavzuni o'tib berishsin mayli keyin qancha so'rashsa so'rashsin. Qanday qilib biz eng kerakli fanlarni shunaqangi chala qilib tugatsak ertaga biz qanaqa shifokor bo'lamiz. boshqa fanlarda ham shu ahvo, o'zing tushunib ol deya topshiriqlarni joylashadi bizdan talab qilishadi biror nima so'rasez o'zing tushunib ol deydi. Bir narsani tushundimki biz o'zimiz uchun o'zimiz harakat qilishimiz kerak ekan hatto umuman bilmagan narsalarimiz uchun ham. Bizni institutimiz juda mehribon hatto aprel oyini ham stipendiyasini haligacha bermaydigan darajada. Xullas modul tizimi faqatgina cvaqtimizni oladi va uni hech qanday foydasi yo'q bizga....
Jamshid Olimov
Assalomu aleykum hayrli kech hammaga. Mening fikrimcha masofaviy ta'lim samarali bo'lar edi agar O'zbekiston xalqi bunga tayyor bo'lsa ammo biz hali tayyor emasligimiz ko'rinib qoldi. Bizning dunyoqarashimiz ko'chirmachilikni unchalik ham qoralamaydi (hatto modul tizimini ham ko'chirib olyapmiz boshqa davlatlardan o'zimizni dunyoqarashimizga mos tizim qidirishning o'rniga) bundan tashqari bizda tanish-bilishchilik juda chuqur ildiz otgan bu esa baholashda sof bilimli talabalarni ajrata olish qobiliyatini susaytiradi. Online ta'lim qachondur biz uchun ham samarali bo'lib qolar!
Masofaviy ta'limning yaxshi tomonlari bor: hamma xohlagan paytida òqishi mumkin, har xil sharoitda. Lekin ta'lim sifati pasayib ketyapti. Kòr-kòrona òqish. Haqiqiy jonli òqishga hech nima yetmaydi baribir. Tushunmagan narsalarimizni òqituvchilarimizdan sórashimiz mumkin. Bir-birimiz bilan muhokama qilishimiz mumkin.
Xammayam darslaga qatnashomayapti internet ishlamayatganla kop topwrqlani bajoramoyapti oqshda yaxshi oqidiganla xoz xech nma qmayapti baxolari 0 bop qovoti kursdan kursga qop ketsa kantrak tolagashgan kantrak tolab oqish qyn sharoiti ogrla kop iloji bosa bir yaxshli qb xech kmmi qoldrmasdam otkazvorsh kere
Talaba birodarlar, bizning fikrimizni nimanidir hal qilarmikan???)))
talabga umuman javob bermidi
Nurbek
albatta shuncha kontrakt to'laganimizga yarasha, bularni o'qtish tizimi umuman javob bermadi. Masalan men bergan pulimga rozi emasman
Ja Rozimasman divormang og'ayni. Xo'sh nima sababdan kontraktni arzonlashtirish kerak deyabsiz? Qasi mantiqqa to'g'ri keladi bu?
Kontraktizdan o'qituvchilar oylik olsa siz stipendiya olayabsiz, stipendiya olmasangiz kontraktni kamaytirib tolayabsiz
e arzimaydi beriyatgan kontraktimizga online dars
Har qanday ishning boshlanishida qiyinchiliklar bo'ladi. Bizning masofaviy ta'lim olishimizda ham kamchiliklar kuzatilyapti. Chekka qishloqlarda yoki boshqa tuman markaziga yaqin joylarda Internet muammosi uchrab turibdi.
INTERNETNI TEZLIGI PASTTTTT!!!!!!!!!!!!
👎👎👎👎👎
Masofaviy taʼlim qoniqarsiz( juda rasvo),moodele tizmida faqat test ishlab vazifalarni yuklayapmiz faqat,saytimiz 300 ga yaqin odam kirganda ishlamay qoladi,saytimizda kamchililar juda koʻp.Ustozlarimiz online tushuntrib beraolmayotkanligi sababli deyarli hamma viloyatdan, internet tezligi past va qimmat
Show next 100 comments