Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum aziz vatandoshlar. Masofaviy taʼlim birgina 4G internet bn yoki boʻlmasa boshqa narsa bilangina rivojlanib qolmaydi, lekin buni rivojlantirishimizz uchun birinchi qadamni internet sifatini yaxshilashdan boshlasa albatta toʻgʻri yoʻl boʻlar edi. Masofaviy taʼlim tushunchasini endigina tushunyapmiz, bilamizki bu tizim ham tezlikda rivojlanmaydi buni ham bosqichma bosqich uzluksiz vijdonan izlanish olib boribgina hozirgi vaziyatdagidan yaxshilashimiz mumkin.
Oʻzim talabaman, masofadan turib mavzularni tushunmayapman, ustozlardan soʻrab va qolgan kursdoshlarimdan oʻrganmaganimni oʻrganib, bilsam ularga ham oʻrgatib, oʻqib yurganga nima yetsin.
Masofaviy ta'lim tizimi bo‘lishi yaxshi, chunki rivojlangan davlatlarda bu o‘zini oqlagan . Biz hali sanoatlashib ulgurmadik ko‘p ishlar qo‘l mehnati( yani Studentlar). Muammo o‘zimizda. Loqaydligimizda
Hamma muommo internet yaxshi ishlash ishlamasligidamas.
Menda internet yaxshi ishlayapti ammo online darslar qoniqarli emas domlalar faqat maruza matnlarini tashlaydi va shu mavzu bo'yicha topshiriq beradi o'zimiz o'qiyapmiz faqat.
Boshqa hech nima yo'q online talim degani faqat shungina emasku biz uni yani maruza matnlarini domlalarsiz ham o'zimiz kitobdan yoki internetdan topa olamiz.
Undan ko'ra online video yoki audio shaklda dars o'tgani yaxshimasmi.
Faqat maruza matnini tashab berib biz online dars o'tganmiz deyish noto'g'ri menimcha.
Online talim sifatini oshirish kerak.
Audio video materiallarni ko‘paytirish kerak.Pdf titkilagan bilan tushunish judaham qiyin.Domillalardan so‘rab qolamiz iloji bo‘lsa TV arqali ko‘proq ma‘ruza tashkil etilsaham maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Internet sifati yaxshi emas aytiladigan gaplar ko‘p boshqa izoh bera olmayman
Internet sifati yaxshi boʻlgan joylarda oʻquvchi va talabalar topshiriqlarni bajara oladi,lekin internet yaxshi boʻlmagan joylardagi oʻquvchi va talabalar nima qilishi kerak? Tengdoshlari bajarayotgan topshiriqni ular bajara olmaydi ,natijada ustozidan gap eshitadi yoki oʻzlashtirishdan orqada qoladi,bu maʼlum sabablarga koʻra masofaviy oʻqitish yaxshi lekin,hamma uchun ham emas.
Hozirgi moodle tizimiga talabalar faqat berilgan topshiriqni ko'rish va tayyor vazifani saytga joylash uchungina kiryapti bilim olish uchun o'rganish uchun emas bunda talabalarni ayblamayman o'zi moodle tizimidagi saytlar shunaqa yaratilgan talabalarga nimanidir o'rgatish uchun emas ularni bilimini tekshirish baholash uchungina yaratilgan.
Shu tizimni nomini bizda online dars deb qo'yishibdi.
UMIDA YOKUBOVA MB 2020
Assalomu alaykum. Men bunday Masofaviy-ONLINE o'qitish tizimiga biroz noroziman.Chunki bunday jarayon na uyoqlik na buyoqlik. Ba'zi Ustozlar tomonidan beriladigan vazifalarga ko'pchilik talabalar xohlaysizmi yòqmi ,tan olasizmi yo'qmi hammasida kòzboyamachilik bòlyapti.Ba'zida hechqanday tushuntirishlarsiz osonlikcha uyga vazifa berilishi va ularning ko'pligi , telegramlarimizga kirsak ,kanal, gruppa, chatlarning judayam ko'p bo'lib aralashib yotganidan hatto boshimiz aylanadi. Varoq-varoq konspekt yozishlarchi ? Ularni ham talabalar butun boshli kitobni boshidan oxirgacha o'qib chiqqan holda òz fikrlarini daftarga yozmaydilar. Balki COPY OUT qilsa kerak hammma.😁 Bunday bekorga vaqt sarflash kimga kerak. Shuni ham aytmoqchimanki, ko'pchilik talabalar viloyatda yashaydilar. Ularda haqiqatda INTERNET muommosi bor. Ishonsangiz, bitta tanishim telegramdan kelgan xabarlarni ochish (ustoz you tubedan video tashlagan bolsa ehhee)va yuborish uchun tomga chiqib qo'lida telefonini osmonga qarata cho'zib antena qidirarkan.Yaxshiyam hozi òlkamizda bahor fasli. Qish bòlganda tomda qotib qolardi.😀😁😁. Bitta afzallik tomoni bor ekan deb yo'lkiralarimiz tejalganini aytmoqchi edim , u ham bo'lsa mb larga ketyapti. Jonli o'qishga ,,kursdoshlarimiz, ustozlarimiz chehrasiga nima yetsin.Talabalar uyda telefon bilan birga yashayaptilar avvalgidan ham koproq ziyon evaziga .Chet elda bunday ta'lim tizimi o'zini oqlagan bo'lishiga qaramay, bu bizda hozircha ko'pchilikka yoqmayotgani ma'lum .
Xullas, bunday online ta'lim biz to'laydigan kontrakt pullariga to'liq 100 %arzimaydI deb oylayman.Moodle da berilayotgan ma'lumotlarni biz internetdan bemalol olishimiz mumkin. Kitob shaklda ham audio , video shaklida ham .Biz o'zimiz òqiyapmiz -ustozlarning yordamisiz .Unday bo'lsa kontraktlarni nega to'layapmiz.Diplom qoģozi uchunmi? ??
Assalomu alaykum hammaga. Ramazon oylari muborak azizlar. Bu tizim haqida gapiradigan bòlsak. Bu tizim 1-dan bizda mutlaqo rivojlanmagan. 2-dan xalqning masofaviy ta'lim olishii uchun sharoiti ham yòq bu darajada sharoit ham kòrinmayapti. Quruq qoĝozbozlik, zòrlov, kòz bòyamachilik, yelkamdan sohit bòldi, vazifa berdim nega qilmagansan, portalda bor edi kabi oqlov va qorolovlardan bowqa narsaga òxshamayapti. Bu tizimga asoslanib biron nimani hal qilish notòĝri deb òylayman. Hali karantin qancha bòladi hech kim aniĝini aytolmaydi. Bu sharoitda imkon boricha holislik bilan ish kòrish kerak. Masofaviy baholashga kelsak buni maqulamaymiz.
Bu tizim orqali berilgan bilim bowqalaridan Tubdan farq qiladi. Bu kunduzgidan ancha farqli shunday ekan òzimizni aldamasak, kelajagimiz uchun anchalik foydali bòlar edi. Javobi yòq topiwmoq aytishdan foyda yòq zarar bòlsa bordir.
Xalq ovozini tinglab, xalq bilan maslaxatlashib ish qilinsa maxsadga muvoffiq bòladi den òylaymiz.
Bir sodda lekin haqqiniy portal tashkil qilinsa, u yerda halq bilan maslahatlar bòlsa, takliflar kiritilsa, muhokamalar bildirilsa ana shunda bir yutuqqa eriwardik. Dunyo tanimagan iqtidorli insonlar qancha ana shu kabilarchi...
Marjonbek. Xoliqov
xup.masofaviy talim yaxshi deyapsizlar.lekin usha talim uchun sharoit yaratilgan bulishi kerak emasmi.talabalarning kup qismi tumanlardagi qishloqlardan kelishgan.u yerda internet ishlaydi deb uylaszlarmi.televezorda faqat shahar joylarni kursatishadi masaofaviy talimda ishlayotganini.lekin qishloqdagilar nima qilsin.masofaviy talim yaxshi faqat sharoit yaratilgan bulsa yaxshi.sharoit yuqmi demak universitetga borib o'qish 100% tug'ri buladi.televezorda bizga yaqinda 5G ni ishga tushiramz degan gaplar kerakmas.oldin 3G ni hamma yerga tarqatib bulishsin.yuqoridagilar.
Masofaviy talim xozirgi vaqtda juda qulay ammo chekka xudud ya'ni turli qishloqlarda internet sifati yaxshimas
Moodle tizimi yo"lga qo"yilgani bir tomondan yaxshi, lekin ushbu tizimda ancha kamchiliklar mavjud . Platformaga ba"zida topshiriqlarni joylashtirib bo"lmaydi. Shu kamchiliklar bartaraf etilsa ancha yaxshi bo"lardi .
Yana bir taklif shundan iboratki o"zimizda ham Zoom kabi programmalar ishlab chiqilsa , maqsadga muvofiq bo"lardi.
Jasur
Hamma bir birini aldashyapti ustozlar pdf da ma lumotlarni yuklashyapti biz ham internetdan ma'lumotlarni olib word da qaytaryapmiz uyoq bu yog‘ini o‘zgartirib!!
Show next 91 comments