Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Xushnudbek aka. Sizning fikringizni bilmoqchi edim. Shu so'rovnomadan ozgina bo'lsa ham foyda bor deb o'ylaysizmi? Bu savolni berishimning sababi - bizning universitetda har yili 2,3 marotabalab shunga o'xshash anonim so'rovnomalar olinadi. Lekin umumam foydasi bo'lmaydi, quruq makalaturaga ketadi.
‎😉 ولد جيد 😉
Berilayotgan manbalar juda sayoz fan bo'yicha berilgan maruzalarni o'qib chiqib juda kam narsani olib qolish mumkin.
Tòĝrisini aytsam bu sòrovnoma meni umuman qoniqtirmadi.Chunki undagi tanlash uchun berilgan barcha javoblar ijobiy. Bu sòrovnomada chekka qishloqlardagi internet tezligi umuman inobatga olinmagan.
Fazliddin
Masofadan dars utish bu kuz buyamachilikdan boshqasi emas uqituvchilar qulida turgan kitoblardan savollarni modleega amaliy mashğulotni joylab quyayabdi bu ahir amaliy mashğulot uni amalda sinab kurish kerak amalda sinamasdan biz masalalarni yechishga qiynalib qolyabmiz õqituvchilardan esa sado yõq
Fazliddin
Enternet tezligini aytmasa ham boladi
Fazliddin
Bazi bir ustozlarga gap yuq vazifani uz vaqtida berib tushintirish ishlarini ham olib boryabdi bunga gap bulishi mumkin emas
Fazliddin
Hozrda 80 yoki 90 foiz talaba sentyabr oyini kutyabdi uqish boshlansa yaxshi bular edi degan maqsadda agar boshlanmasachi nima buladi?????
Ассалом алейкум ман бази фанла хакида айтиб утмохчи едим. Масалан Жисмоний тарбия фани умуман керемас чунки бу бизани асосий фанимз емас. Узи ентернетга кийналиб кираяпмиз яна Жисмоний тарбия устозимиз машк бажариб ведиога олиб ташланглар деб мажбурлаяпти. Агар топширмасак фандан колдраман деб куркитяпти. Бу диндаям тогри келмайдган иш. Ва бизага модул тизими ташкил етилди модулни гапирмаса хам болади Зоом дган нарса чиеди унга кирмасак емби куямиз дейишди. Кишлокда турадганла телеграмга кийналб киришяптику. Зоомга канде киришади. Онлен дарсла сифатсиз Айтмохчи болганим майли факат асосий фанларимз учунн масофавий талим йулга куйилсин. ТошФарм.
Кейин масофавий талим степендияга тасир килмаслиги керак деб уйлайман. Чунки хамма хам онлен дарсга иштрок етолмаяпти. Бази курсдошларимз умуман телеграмга киришомаяпти.
Bu sorovnomani natija va hulosasi qachon chiqadi endi
Assalomu alaykum! Masofaviy ta'lim... Baribir ham malakali professor-o‘qituvchilarning jonli ma'ruzalariga hech nima yetmaydi. Bundan tashqari, chekka qishloqlarda internet sifati juda ham yomon. Masalan, o‘zim ham qishloqda turaman. Shu karantin davrida bajarilgan vazifalarni joylashtira olmay, qon bosimim oshib ketdi. Menimcha, bu bir mening emas, balki ko‘pchilik talabalar dardidir... Kimdir tomda, kimdir ko‘chada... Nimaga deysizmi!? Sababi -internet ( haqiqat ) !!! Shu sababli ko‘pgina talabalar darslarda ishtirok eta olmaydilar...Bu kunlar ham o‘tar-ketar... Biz tezroq avvalgidek o‘qishimiz boshlanishini kutyapmiz...
Рустам
Oraliq nazoratlarni qo'lda yozib keyin rasmga olib tashashni talab qilayotgan shu online tizimni yaxshi deyapsizmi siz tushunmadim ?????
Mani fikrimcha biz to‘liq tayyor emasligimiz un shunday deb o‘ylayman . Fikrimda kamchiliklarni ham aytib o‘tganman . Siz aytayotgan ham meni fikrimcha kamchilik .
Sobirzhonova(Nematova)
Конспектларни дафтарга ёзиб, расмга олиб ташлашни сурашяпти. Электрон вариант утмас экан🤦🏻‍♀️. Хозир 21-асрлигини, биздаги интернет тезлиги ва трафик кимматлигини хисобга олганда, бу гирт ахмокгарчилик. Хаттоки курс ишларини хам ёзма сурашяпти😂.
Assalomu alaykum ta'lim tizimidagi ko‘pchilik o‘qituvchilarni bilim saviyasi past.
O‘quvchilarga online bo‘lmagan vaqtda berolmaydigan bilimni,onlineda qanday beraoladi.Online faqat bajardimi bajardi hisob uchun kerak axir ularni ham XTBdan tekshiradiku o‘zini nima bn ham oqlaydi,talabalar faqat baho uchun o‘qiydigan zamonda yuksak kadrlardan umid qilmasa ham bo‘ladi
Shukurova Madina O'ktamovna
Assalomu alaykum. Har doimgiday an‘anaviy darslarni jon-u dilini berib o‘tadigan ustozlarimiz hozirgi moodleda ham shunday harakatda,hatto videodarslar shaklida yubormoqda, oldin "dildan" ma‘ruzalarini olib borgan "bilimli" ustozlarimiz bunday jarayondan ham unumli foydalanishmoqda.
Bizni qishloqda internet umuman yaxshi ishlamadi tuman markaziga chiqib internatdan foydalanyapmiz bu esa karantinda ko'chaga chiqish kk degani undan keyin darslar shunchaki yozib qo'yilsa boldi ekan bizga professorlani nimaga maruza qilib yurishibdi shuncha maruza yaxshi őqimagan talaba masofaviy talimda umuman őqimaydi őqiydiganlar ham őqimayapti manimcha shu yonalishda davom etsak oliy malumatli hech kimlar bitirib chiqadi universitetni hamma joylanayotgan vazifalar bir xil bitta talaba tayyorlaydi 1000 ta talaba joylaydi
Ősha bitta vazifa tayyorlagan talaba aim.uz saytidan vazifa olmagan bolsa u saytda hamma referat va mustaqil ishlar bor bu semestrni yakunlab qo'ysa ham hammasi ko'zbo'yamachilik bolyapti
Xusanboy
st mamadaliev Xusanboy tarix
Hozirgi sharoitda online darslar eng tòģri yòl, hech narsa qlmagandan kòra bu yaxshiku, tuģri internet tezligining pastligi tufayli kòp talabalar qiynalishmoqda... lekin bu ham bir yangi òzgarish biz uchun... bilim oladigan inson har qanaqa sharoitda òqiy oladi agar uzi hohlasa, maqsad bòlsa.... hozir butun dunyoda bor online òqitish tizimi. Manimcha karantin tugagandan keyin ham buni rivojlantrish kerak... albatta birinchi navbatta butun Òzbekiston bòylab internet tezligini yaxshilash kerak...
Online darslarda qaysidir ma'noda kòzbòyamachilik bulayotgandir, lekin shunda ham kim òqiyapti kim òqimayapti yaqqol bilsa bòladi... Bu tizimni yanada rivojlantrish eng tòģri yòl manimcha
Xushnudbek aka bir fikr bildirmoqchiman.... online darslarni amalga oshirishda keng qamrovli yangi bir dastur, tizim ishlab chiqilsa yaxshi bulardi... hozir kòpchilik talabalar moodle tizimida ishlayapti... bu tizim qaysidr manoda imkoniyatlari cheklangan, kamchiliklari kòp... shu taklifni òrganib chiqishizzi hohlardm... manimcha buni kòpchilik xohlaydi...
Ishlamasa internet,
Uch kun bir yonsa svet,
Ishlab bo‘lmasa hech test,
Talaba nima qilsin?!

“Online dars” dedilar,
“Darsni yetqaz” dedilar,
Sho‘rlik umrin yedilar,
Talaba nima qilsin?!

El ichida bor u ham,
Ko‘rmoqda ozor u ham,
“ H+ ”ga zor u ham,
Talaba nima qilsin?!

Boshida og‘riq har kun,
Tom kezar svyaz uchun.
Besh yuz hajmlik darsin
Talaba nima qilsin?!

“Jahonda shu!”- urmang do‘q,
Siz shaharda, ko‘ngil to‘q.
Yo qishloq jahondamas,
Yo jahonda qishloq yo‘q!
Talaba nima qilsin?!

Oraliqlar davrida,
2G ning jabrida.
Qoyil lekin, sabriga,
Talaba nima qilsin?!

Qishloq - kurort emasdir,
Birov “bor, yot” demas bir.
Rostlolmasa nafas bir -
Talaba nima qilsin?!

Men ham oddiy talaba,
“Help me” shu masalada.
Yursa tuz-u dalada,
Talaba nima qilsin?!

To‘g‘ri, ta’lim birinchi,
Tushunmasa uy ichi,
Tushuntirib ko‘ringchi:
Talaba nima qilsin?!

Bir o‘y bag‘rimni tilar,
Tunlar uyqum qochirar:
Ey vazirlikdagilar,
Talaba nima qilsin?!
© Kamoliddin Azzamov
@statusga_rasmlar
Hamma ilgari surayotgan fikr menda ham internet va yana internet............
Men qishloq joyda yashiman moodle.uz saytiga bir amallab tomda yurib kiryapmiz.Lekin keyingi payt Zoom orqali dars o‘tila boshlandi!! Bu nima degani endi ? Shaharda yashayotganlar o‘qib chekka qishloqdagilar o‘qimasin deganimi bu ? Nimamiz kam ularda ? Ular har oy to‘laydigan pulni biz ham to‘layapmiz ( Uzmabille, Umr, Ucell, Beeline).Iltimos Xushnudbek aka bu muammoni jiddiy ko‘rib chiqing !!
Masofaviy talim zor bolasdi bu usulda oqishni istagan talabalar ham bilim olib ham ishlasa yo boshqa ishini ham qilsa bolasdi,lekin bu usuldagi talimda bilim olish darajasi Hali past menimcha biz talabalar deyarli tushunmayapmiz, oqiyman degan talabalar harakat qilib oqib organyap lekin shunda ham 50%lik daraja kopi bilan,shu talimni sifatini oshirish bundan keyin masofaviy talimni har bir institutda hohishiy tarzda yolga qoyish kerek
Show next 61 comments