Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома
Ҳурматли талабалар! Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг.
Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!
Сўровномада
исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва
барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади. Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!
Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhRТаълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси
👉 @xushnudbek 👈
O‘quvchilarga online bo‘lmagan vaqtda berolmaydigan bilimni,onlineda qanday beraoladi.Online faqat bajardimi bajardi hisob uchun kerak axir ularni ham XTBdan tekshiradiku o‘zini nima bn ham oqlaydi,talabalar faqat baho uchun o‘qiydigan zamonda yuksak kadrlardan umid qilmasa ham bo‘ladi
Ősha bitta vazifa tayyorlagan talaba aim.uz saytidan vazifa olmagan bolsa u saytda hamma referat va mustaqil ishlar bor bu semestrni yakunlab qo'ysa ham hammasi ko'zbo'yamachilik bolyapti
Online darslarda qaysidir ma'noda kòzbòyamachilik bulayotgandir, lekin shunda ham kim òqiyapti kim òqimayapti yaqqol bilsa bòladi... Bu tizimni yanada rivojlantrish eng tòģri yòl manimcha
Xushnudbek aka bir fikr bildirmoqchiman.... online darslarni amalga oshirishda keng qamrovli yangi bir dastur, tizim ishlab chiqilsa yaxshi bulardi... hozir kòpchilik talabalar moodle tizimida ishlayapti... bu tizim qaysidr manoda imkoniyatlari cheklangan, kamchiliklari kòp... shu taklifni òrganib chiqishizzi hohlardm... manimcha buni kòpchilik xohlaydi...
Uch kun bir yonsa svet,
Ishlab bo‘lmasa hech test,
Talaba nima qilsin?!
“Online dars” dedilar,
“Darsni yetqaz” dedilar,
Sho‘rlik umrin yedilar,
Talaba nima qilsin?!
El ichida bor u ham,
Ko‘rmoqda ozor u ham,
“ H+ ”ga zor u ham,
Talaba nima qilsin?!
Boshida og‘riq har kun,
Tom kezar svyaz uchun.
Besh yuz hajmlik darsin
Talaba nima qilsin?!
“Jahonda shu!”- urmang do‘q,
Siz shaharda, ko‘ngil to‘q.
Yo qishloq jahondamas,
Yo jahonda qishloq yo‘q!
Talaba nima qilsin?!
Oraliqlar davrida,
2G ning jabrida.
Qoyil lekin, sabriga,
Talaba nima qilsin?!
Qishloq - kurort emasdir,
Birov “bor, yot” demas bir.
Rostlolmasa nafas bir -
Talaba nima qilsin?!
Men ham oddiy talaba,
“Help me” shu masalada.
Yursa tuz-u dalada,
Talaba nima qilsin?!
To‘g‘ri, ta’lim birinchi,
Tushunmasa uy ichi,
Tushuntirib ko‘ringchi:
Talaba nima qilsin?!
Bir o‘y bag‘rimni tilar,
Tunlar uyqum qochirar:
Ey vazirlikdagilar,
Talaba nima qilsin?!
© Kamoliddin Azzamov
@statusga_rasmlar
Men qishloq joyda yashiman moodle.uz saytiga bir amallab tomda yurib kiryapmiz.Lekin keyingi payt Zoom orqali dars o‘tila boshlandi!! Bu nima degani endi ? Shaharda yashayotganlar o‘qib chekka qishloqdagilar o‘qimasin deganimi bu ? Nimamiz kam ularda ? Ular har oy to‘laydigan pulni biz ham to‘layapmiz ( Uzmabille, Umr, Ucell, Beeline).Iltimos Xushnudbek aka bu muammoni jiddiy ko‘rib chiqing !!
Bir fan konspektini adashib boshqa fandan yuborvoribman. Lekin ustoz sezmadi. Demak oʻqib chiqilmaydi, yozildimi yozildi.