Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Hozirgi sharoitda online darslar eng tòģri yòl, hech narsa qlmagandan kòra bu yaxshiku, tuģri internet tezligining pastligi tufayli kòp talabalar qiynalishmoqda... lekin bu ham bir yangi òzgarish biz uchun... bilim oladigan inson har qanaqa sharoitda òqiy oladi agar uzi hohlasa, maqsad bòlsa.... hozir butun dunyoda bor online òqitish tizimi. Manimcha karantin tugagandan keyin ham buni rivojlantrish kerak... albatta birinchi navbatta butun Òzbekiston bòylab internet tezligini yaxshilash kerak...
Online darslarda qaysidir ma'noda kòzbòyamachilik bulayotgandir, lekin shunda ham kim òqiyapti kim òqimayapti yaqqol bilsa bòladi... Bu tizimni yanada rivojlantrish eng tòģri yòl manimcha
Xushnudbek aka bir fikr bildirmoqchiman.... online darslarni amalga oshirishda keng qamrovli yangi bir dastur, tizim ishlab chiqilsa yaxshi bulardi... hozir kòpchilik talabalar moodle tizimida ishlayapti... bu tizim qaysidr manoda imkoniyatlari cheklangan, kamchiliklari kòp... shu taklifni òrganib chiqishizzi hohlardm... manimcha buni kòpchilik xohlaydi...
Ishlamasa internet,
Uch kun bir yonsa svet,
Ishlab bo‘lmasa hech test,
Talaba nima qilsin?!

“Online dars” dedilar,
“Darsni yetqaz” dedilar,
Sho‘rlik umrin yedilar,
Talaba nima qilsin?!

El ichida bor u ham,
Ko‘rmoqda ozor u ham,
“ H+ ”ga zor u ham,
Talaba nima qilsin?!

Boshida og‘riq har kun,
Tom kezar svyaz uchun.
Besh yuz hajmlik darsin
Talaba nima qilsin?!

“Jahonda shu!”- urmang do‘q,
Siz shaharda, ko‘ngil to‘q.
Yo qishloq jahondamas,
Yo jahonda qishloq yo‘q!
Talaba nima qilsin?!

Oraliqlar davrida,
2G ning jabrida.
Qoyil lekin, sabriga,
Talaba nima qilsin?!

Qishloq - kurort emasdir,
Birov “bor, yot” demas bir.
Rostlolmasa nafas bir -
Talaba nima qilsin?!

Men ham oddiy talaba,
“Help me” shu masalada.
Yursa tuz-u dalada,
Talaba nima qilsin?!

To‘g‘ri, ta’lim birinchi,
Tushunmasa uy ichi,
Tushuntirib ko‘ringchi:
Talaba nima qilsin?!

Bir o‘y bag‘rimni tilar,
Tunlar uyqum qochirar:
Ey vazirlikdagilar,
Talaba nima qilsin?!
© Kamoliddin Azzamov
@statusga_rasmlar
Hamma ilgari surayotgan fikr menda ham internet va yana internet............
Men qishloq joyda yashiman moodle.uz saytiga bir amallab tomda yurib kiryapmiz.Lekin keyingi payt Zoom orqali dars o‘tila boshlandi!! Bu nima degani endi ? Shaharda yashayotganlar o‘qib chekka qishloqdagilar o‘qimasin deganimi bu ? Nimamiz kam ularda ? Ular har oy to‘laydigan pulni biz ham to‘layapmiz ( Uzmabille, Umr, Ucell, Beeline).Iltimos Xushnudbek aka bu muammoni jiddiy ko‘rib chiqing !!
Masofaviy talim zor bolasdi bu usulda oqishni istagan talabalar ham bilim olib ham ishlasa yo boshqa ishini ham qilsa bolasdi,lekin bu usuldagi talimda bilim olish darajasi Hali past menimcha biz talabalar deyarli tushunmayapmiz, oqiyman degan talabalar harakat qilib oqib organyap lekin shunda ham 50%lik daraja kopi bilan,shu talimni sifatini oshirish bundan keyin masofaviy talimni har bir institutda hohishiy tarzda yolga qoyish kerek
15 kun yoki 20 kun boʻldi tvda aniqrogʻi MY5 da ingliz tilida conditional mavzusida dars boʻldi toʻgʻrisi bu darsga yaxshi bilmaganim un shu darsni koʻrib oʻrganmoqchi boʻldim lekin qanday boshlab qanday tugatishganini bilme qoldim😂😂😂. Undan koʻra shu darsni Youtube ga shu mavzuni beradigan boʻlsam juda zoʻr tushuntirasdi
Dildora
Assalomu alaykum. Hozirgi sinovli kunlarda masofaviy ta'lim ayni muddao. Domlalarimiz ham imkoni boricha video va rasmlar bilan saytga darslarni joylashtirmoqda. Joriy balllarni yig'ish uchun har bir mavzu yuzasidan test ishlayapmiz. Lekin test hammaga bir xil, bir kishi ishlagan testni rasmga olib kursdoshlariga yordam bermoqda. Qolaversa hozir karantinda hamma uyda internetga talab kuchlibo'lgani uchun internet tezligi pastroq. Yaxshi kunlarimiz oldinda, sabr qilsak bu kunlar ham o'tib ketadi.
Nega negativ fikr bildirsa OTM tanlash imkoniyati berilmayabdi
internet saviyasi online darslar uchun pastlik qilmoqda. Shahar markaziga yuguravermaymizku test yechaylik yoki onilne dars qilaylik deb. Nazarimda O‘zbekiston hali masofaviy ta‘lim berish darajasidagi davlatlar qatoriga kirgani yo‘q. Bu achchiq haqiqat. Qishloq sharoitida o‘ta murakkab bu narsa.
takror va takror aytish joiz internet tezligi sust ekan bilim olish daraja pastligicha qolaveradi. Eng qiynayotgan muammo aynan qishloq sharoitida umuman dars qilib bo‘lmayotgani. Hozirku shaharga u bu olgani chiqdim uyga qaytsam orzu inernet.
Norqulova Maloxat
Faqatgina internet tezligi past emas. Masalan bizda bir amallab vazifani jo'natasan lekin kechikkani uchun baxolamaydi. Bunaqa talabalar ham ko'p guruximizda. Shunday sharoitligini tushunsa bo'ladiku.
Bekzod Ruzmatov
BMIni zoom orqali topshi shartmi xammada xam sharoit yóqku masalan internet yaxshi ishlamasa óchib qolsa nima bóladi
Nafaqat talabalar balki oʻqituvchilar ham xoʻja koʻrsinga dars oʻtishmoqda.


Bir fan konspektini adashib boshqa fandan yuborvoribman. Lekin ustoz sezmadi. Demak oʻqib chiqilmaydi, yozildimi yozildi.
80 % o'qituvchilarning darsi qoniqrsiz. O'quvchini qiziqtira olishmaydi. Yetkazib berish qobiliyati yo'q. Mavzular, uyga vazifalar kitobga mos kelmaydi. Xullas kamchiliklar yetarli
{ • }
Онлайн дарслар яхши, лекин одатдаги ўқиш яхши. Қолаверса интернет тезлиги паст.
Omonova...
Men odatdagi audetoriyada oqish tarafdorman negaki biz bunday oqish tizimiga hali to'laqonli o'tishga tayyor emasmiz deb o'ylayman yuqorida aytilgan fikrlar judayam to'gri deb bilaman yoqlama nomiga kirdingmi kirding tarzida darslar majburiy bolmaguncha bajarilmaydi testlarda kamchilik bir dunyo xullas qoniqarsiz bu degani bu tizim ochishi kerak degani emas moodleda ishlash qulay ekan tizimdagi darslar o'qish boshlangungacha o'chmasligini xohlayman ta'tilda darslar yanada mustahkamlanardi bu fikrimni inobatga olingizlar iltimos
Ko'zbo'yamachilik kantrakt olish uchun)) hali ko'ramiz bir marta ham saytga kira olmaganlarniham smestr baholari quyib berilganida.
Jaloliddin Nabiyev
Menga Masofaviy o'qish umumman yoqmadi
Bizda internet ishlamidi umuman lekin buni ustozlarga tushintiradigan bolsam bunday hudud qolmagan deyishyapti biz nima qilishimiz kerak kózboyamachilik holos hammasi moodldagi testlarni ishlayotsam net muammosi bolib vaqtim ketib qolyapti va baholarim pat bolib ketyapti menga umuman yoqmadi
Масофавий укиш жуда кийин интирнет яхши ишламаса хатто ОТМ сайтлари хам яхши ишламаябди яна талабалар айибдор сайтларга киролмагани учун.
Show next 44 comments