Assalomu alaykum qadrli kimyo ixlosmandlari!
Xabaringiz bor, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi ko'magida Yosh kimyogarlar olimpiadasini tashkil etgandik. Anchadan buyon O'zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti bilan hamkorlikda 1-bosqichga qizg'in tayyorgarlik ko'rib kelmoqdamiz. Va nihoyat olimpiadaning 1-bosqichi o‘tkaziladigan sanani ma'lum qilmoqchimiz! YKO olimpiadasi
06.12.2020 yakshanba kuni soat 09:00 da vazirlikning
moziy.edu.uz saytida online test ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi. Saytda ro‘yhatdan o‘tish uchun start berdik, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
1-bosqichda barcha ishtirok etishi mumkin.
Olimpiada 5 ta guruh kesimida o'tkaziladi:
(1) 8- va undan kichik sinflar;
(2) 9-10-sinflar (Akademik litseylarning 1-bosqich o‘quvchilari);
(3) 11-sinflar (Akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilari);
(4) abituriyentlar;
(5) Oliy o‘quv yurtlarining 1-3-kurs talabalari;
Olimpiadaning final bosqichida qatnashish uchun avvalambor 1-bosqichda ishtirok etib kuchlilar qatoriga kirish kerak, chunki yakuniy bosqichda faqatgina 1-bosqich g‘oliblari ishtirok eta oladilar. 1-bosqichga oid barcha muhim xabarlarni, olimpiada qoidalari, testga ruxsat beruvchi kodlar haqida ma'lumot, na'munaviy savollarni
@ykouz telegram kanali orqali olishingiz mumkin.
Yakuniy natijalar, final bosqichiga kimlar yo‘l olgani, shuningdek, barcha guruhlar uchun olimpiada savollarining to‘liq yechimlarini ham
@ykouz kanalidan topasiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram |
Instagram |
Facebook |
YouTube
Menda o'tmayabdi ku?