Assalomu alaykum qadrli kimyo ixlosmandlari!

Xabaringiz bor, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi ko'magida Yosh kimyogarlar olimpiadasini tashkil etgandik. Anchadan buyon O'zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti bilan hamkorlikda 1-bosqichga qizg'in tayyorgarlik ko'rib kelmoqdamiz. Va nihoyat olimpiadaning 1-bosqichi o‘tkaziladigan sanani ma'lum qilmoqchimiz! YKO olimpiadasi 06.12.2020 yakshanba kuni soat 09:00 da vazirlikning moziy.edu.uz saytida online test ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi. Saytda ro‘yhatdan o‘tish uchun start berdik, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
1-bosqichda barcha ishtirok etishi mumkin.
Olimpiada 5 ta guruh kesimida o'tkaziladi:
(1) 8- va undan kichik sinflar;
(2) 9-10-sinflar (Akademik litseylarning 1-bosqich o‘quvchilari);
(3) 11-sinflar (Akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilari);
(4) abituriyentlar;
(5) Oliy o‘quv yurtlarining 1-3-kurs talabalari;
Olimpiadaning final bosqichida qatnashish uchun avvalambor 1-bosqichda ishtirok etib kuchlilar qatoriga kirish kerak, chunki yakuniy bosqichda faqatgina 1-bosqich g‘oliblari ishtirok eta oladilar. 1-bosqichga oid barcha muhim xabarlarni, olimpiada qoidalari, testga ruxsat beruvchi kodlar haqida ma'lumot, na'munaviy savollarni @ykouz telegram kanali orqali olishingiz mumkin.
Yakuniy natijalar, final bosqichiga kimlar yo‘l olgani, shuningdek, barcha guruhlar uchun olimpiada savollarining to‘liq yechimlarini ham @ykouz kanalidan topasiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

21 comments

𝙉𝙤𝙙𝙞𝙧𝙗𝙚𝙠
Start
Rahmatova Dilorom
👍👍👍👏👏👏Hammaga omad
Ro'yhatdan o'tganlarbormi?
Menda o'tmayabdi ku?
Assalomu alaykum qizaqirli yangiliklar uchun katta rahmat. nega elektron pochtangizga parol yubordik dedi lekin kelmadi nega
Unaqa narsalarni tushunmaymanda
@Jamoliddin@ $Xolboyev$
Assalomu alaykum hayrli kech hammaga. Olimpiyada tashkilotchilariga katta rahmat aytaman. Hammaga omad tilayman!!!
@Jamoliddin@ $Xolboyev$
Yana shunday olimpiyadalardan tez tez tashkil etsalaringz bizga o'z bilimimiz qanchalik ekan-u,qanchasini Hali o'rganishimiz kerakligini ko'rsatgan bo'lardizlar. Oldindan rahmat!!!
Nimaga e pochtaga kod kemayapti nima qilish kk
O'rozov Shaxboz
Menga ham kod kelmayapti, ko'rsatma beriylar tashkilotchilar
Mᴇɴɢᴀ ʜᴀᴍ ᴋᴏᴅ ᴋᴇʟᴍᴀʏᴀᴘɪ
Show next 9 comments