This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Юқоридаги "диплом учун ўқиш" мавзусини давом эттирган ҳолда, Тошкент ёшлар форумидаги чиқишим пайти берилган бир савол ёдимга тушиб кетди.

Бизда билимга эмас, дипломга кўпроқ урғу қаратилишининг бир қанча омиллари ва сабаблари бор. Бу жуда катта мавзу, қисқа қилиб тушунтириб бўлмайди. Битта иш билан ўзгариб ҳам қолмайди, комплекс чоралар керак.

Масалан, бозорда давлат сектори улушининг жуда катталиги, давлат ишига кириш учун эса олий маълумот талаби керагидан ортиқча касб ва лавозимларга қўйилгани ҳам бунинг омилларидан бири. Чунки хусусий сектор натижага ишлайди, натижа бўлиши учун дипломдан кўра, билим ва малака керак. Иш берувчиларнинг бундай талаби эса ўз-ўзидан таълим тизимига таъсир кўрсатади.

Шу сабабли тезроқ хусусий сектор ривожланса ва давлат секторида меҳнат талаблари либераллашса, аста-секин ҳолат ҳам ўзгариши мумкин.

Ёшлар форумидаги чиқишимнинг тўлиқ видеоси мана бу ерда:
https://youtu.be/Y1d0-stLW5c


👉 @xushnudbek 👈

165 comments

Show 4 more comments
Yana qaysi unversitetni tugatganini ham suramasdan oliymi deyiwadi uni yunaliwi tugri keladimi yuqmi bazilarni bu ham qiziqtirmaydi asiysi oliy
Dilshodbek Sherimov
Aytgan bilan befoyda.
Gaz ber, svet ber.
Savollar boyicha sizga qanday murojat qoldirish mumkin Xushnudbek Aka Telegram tarmogida xuquqiy masalalar boyicha reklamadan tashqari
Muhammadovna
Diplomni olib ham tanishimiz yuqligi uchun ishga joylasholmebmiz chiqvolib galustikni taqib sayrashni bilasan
[•ㅤ°Ka£ashniko√°ㅤ•]
Diplomsiz ish yõq degan fikr bolani ongiga singdiriladi songra diplom olish uchun hamma harakat qiladi basilar pul basilar bilim bilan

Diplom olganlarning kõpchiligi afsuski rossiyada oilasini boqish bilan band
Хамма жой коррупсия таниш билиш менимча 200 йилдан кейин яхши булса кере
Ózbekning qon-qoniga singib ketgan korrupsiya shuncha harakat qilmaylik yóqolmaydi bu korrupsiya
Men ham bakalavrlikka oqiyapman ta'lim juda sust , yangi texnika yangi kadrlar yetishmaydi umuman bizda , shuning uchunham biz chetga talpinamiz
Oliy diplom bo'lgan taqdirda ham korrupsiyasiz ish topish qiyin
Tuxtaboyeva Muhayyoxon
amalga oshsa yaxshi bo‘lardi
agarda o'sha shijoatli kadrlar bizda bo'lganida edi bizda rivojlanish ham tez bolardi , afsus biz faqat orqaga ketmayapmiz balki oldinga ham ketmayapmiz
₩₩₩
Amalga oshish un anchagina vaxt kere bo‘ladi amalga oshadimi digan savolam borr lekin
O'tamurodova Shohista
Sizga savollarni qanday yo‘llasak bo‘ladi.
Bᴇᴋʙᴇrgᴀnᴏv||Asᴀdʙᴇᴋ
Xushnudbek.uz
Telegram tarmogida orqali.
Reklama uchun murojat qilgandek
JAHONGIR
Assalomu alaykum,savolim nimaga pedagogikaga uqiydigan sirtqi 4-kursdagi talaba maktabdan 1 stavka dars ololmaydi,shuni hal qilib bering bu Mehnat kodeksiga zidku? Shu masani hal qilib bering ,iltimos!
Diplom albatta hech nimani òzgartirmaydi. Unversitetda ta'lim yaxshimasmi? Oliy ma'lumotlidan kòra òrta maxsus yaxshimi? Men kòzatishlarimda aksini kòraman. Òrta maxsus kadrlarda staj kòproq ba'zi joylarda shu sababi yaxshi bòlishi mumkin.
Ba'zi kasblar uchun nazariy bilim un universtet ham diplom ham kk.
Kadr xox oliy malumotli diplomi bolsin xox orta maxsus bolsin, ozini zor xarakati va qobilyati bolsa xar qanday joyda orinini topib ketadi karupsiyani xam yengib otadi albatta oldiga katta maqsad qoyib xarakat qilayotgan odam, ozim aminman bunga,faqat karupsiya va shunga oxshash narsalar dangasalikka yaqin xolatlar xolos..tinimsiz mexnat qilgan va sabr qilgan kadr bir kun albatta ozi xoxlagan lavozimida ishlaydi
Show next 100 comments