⚡️Йигирма биринчи ўлим: хизмат вақтида коронавирус юқтириб олган шифокор вафот этди

Пойтахтимиздаги Яккасарой туман тиббиёт бирлашмасининг 52 ёшли шифокори А.У. (эркак) шу йилнинг 14 июнь кунидан Тошкент вилояти Юқори Чирчиқ туманидаги карантин марказидаги фуқароларга тиббий хизмат кўрсатиш мақсадида фаолият кўрсата бошлаган.

Шу йилнинг 23 июнь куни аҳволи оғирлашиб, дастлаб Зангиота туман юқумли касалликлар шифохонасига, сўнг эса Эпидемиология, микробиология ва юқумли касалликлар илмий-текшириш институти клиникасига ўткир миокард инфаркти ташхиси билан ётқизилган.

26 июнда
эса юрак, нафас ва ўпка етишмовчилиги кузатилиб, аҳволи оғирлашганлиги учун реанимация бўлимига олинган.

Бироқ ўтказилган реанимацион муолажаларига қарамасдан бемор миокард инфаркти, ўткир нафас ва юрак қон-томир етишмовчилигидан вафот этган.

«Соғлиқни сақлаш вазирлиги марҳум шифокорнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур таъзия изҳор этади», - дейилади хабарда.

Шифокор ҳамюртимизни Аллоҳ ўз раҳматига олган бўлсин. Қолган беморларга шифо берсин.


👉 @xushnudbek 👈

188 comments

Show 100 more comments
Мохира Мухторова
Ассалому алайкум ман богчада ишлайман ойлик берилмайди деб айтишди шартнома тайерлашибди шу хакида билиб беринг 1,5ойдан кн декретга кетаман
Joylar jannatdan bulsin xalqdi duosini oligani inson ekkan biroz karantindi qatiqroq qilish kerak edi shunda o'lim kamroq bular edi begunoh insonlar o'lib ketmasi edi shunda
Olloh rahmatiga olgan bo‘lsin 🤲 barchamizni OLLOH o‘z panohida asrasin
Farhod
Huddi karantin boʻlmasan oldinga ketayotganday, bitta odamni oilasiga yordam bersa xechnima qilmaydi. Kasbini fidoiylarini qadrlash kerak bekorga uchib ketadi Shveytsariyaga pullar
Siz bilan men uyda o'tirvolib davlat oldinga ketmayapti deb o'tiraversak nima sizga davlat uzi yurar kemamiki yurib ketsa. Davlatni oldinga yurgizayotgan qanchadan qancha ishlar qilinadi. To'g'ri quruq gaplar yoq emas lekin haqiqatdan qandayin jonbozla yurtimizni oldinga tortayptganini bilmaysizda. Aynan karantin sabab o'sha ishlar orqaga qolib ketyapti. Siz esa yordam deysiz. Davlatimiz aytsangiz aytmasangiz xalqqa yordam beradi. Alhamdulillah boshqa oldindagi davlatlardan 100barobar ortiq ishoning
Farhod
Huddi karantin boʻlmasan oldinga ketayotganday, bitta odamni oilasiga yordam bersa xechnima qilmaydi. Kasbini fidoiylarini qadrlash kerak bekorga uchib ketadi Shveytsariyaga pullar
25 млрд $ ÷ 34 млн = 735,29 $ бугун ҳар бир фуқаронинг бўйнидаги қарз шунча!
P. S.: Бизнинг oилада 7 киши. Демак қарзимиз 5147 $!

©Бегзод Имомназаров

Каналга уланинг👇
🔎 @bahodirahmedoff 🔍
Бечора касалларни дардига даво излаб касаллик юктириб олганиканда жойи жаннатларда булсин
Olloxim ohiratlarini obod qilsin joylarini jannatdan qilsin iloxim
Shifokorlarni hech oylanmay qahramon desak boladi. Joylari jannatlardan bolsin u kishini.
Habibullayev Orifjon
Olloh joylarini jannatdan qilsin. Oila a'zolariga sabr bersin.
Farhod
Chuchvarani hom sanabsiz
Siz davlat haqida undagi ishlar haqida bilmaydigan bir odamsiz nazarimda. Noliydigan bir odamdek taassurot qoldirdingiz. Siz chuchvarani pishganida sanayvering. Omadizi bersin
... ...
Аллах разы болсын 😥
Farhod
Toʻlang unda qarzizni shoshiling
Buni men emas siz bilan mendan kattalar aytishgan. Hadeb noliyvermasdan insonni o‘zi harakat qilishi kerak!!!
Farhod
Laylo Anvarovna
Buni men emas siz bilan mendan kattalar aytishgan. Hadeb noliyvermasdan insonni o‘zi harakat qilishi kerak!!!
Hichkim noliyotganu yoʻq, men shifokormon xalqni sogʻligi uchun jonini fido qilgan shifokorlarni qoʻllashi kerak davlatimiz. Men oʻzimga soʻramadim usha inson qaysidir oilaning boshligʻi.
Olloh rahmatiga olsin. Joylari jannatdan bo'lsin. U kishi qanchadan qancha bemorlarni hayotini saqlab qolganlar , afsus boshqalarni o'ylabdilaru o'zlarini asray olmabdilar...😔😔😔
Show next 46 comments