⚡️Йигирма биринчи ўлим: хизмат вақтида коронавирус юқтириб олган шифокор вафот этди

Пойтахтимиздаги Яккасарой туман тиббиёт бирлашмасининг 52 ёшли шифокори А.У. (эркак) шу йилнинг 14 июнь кунидан Тошкент вилояти Юқори Чирчиқ туманидаги карантин марказидаги фуқароларга тиббий хизмат кўрсатиш мақсадида фаолият кўрсата бошлаган.

Шу йилнинг 23 июнь куни аҳволи оғирлашиб, дастлаб Зангиота туман юқумли касалликлар шифохонасига, сўнг эса Эпидемиология, микробиология ва юқумли касалликлар илмий-текшириш институти клиникасига ўткир миокард инфаркти ташхиси билан ётқизилган.

26 июнда
эса юрак, нафас ва ўпка етишмовчилиги кузатилиб, аҳволи оғирлашганлиги учун реанимация бўлимига олинган.

Бироқ ўтказилган реанимацион муолажаларига қарамасдан бемор миокард инфаркти, ўткир нафас ва юрак қон-томир етишмовчилигидан вафот этган.

«Соғлиқни сақлаш вазирлиги марҳум шифокорнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур таъзия изҳор этади», - дейилади хабарда.

Шифокор ҳамюртимизни Аллоҳ ўз раҳматига олган бўлсин. Қолган беморларга шифо берсин.


👉 @xushnudbek 👈

188 comments

Show 100 more comments
Shifokorlarni hech oylanmay qahramon desak boladi. Joylari jannatlardan bolsin u kishini.
Habibullayev Orifjon
Olloh joylarini jannatdan qilsin. Oila a'zolariga sabr bersin.
Farhod
Chuchvarani hom sanabsiz
Siz davlat haqida undagi ishlar haqida bilmaydigan bir odamsiz nazarimda. Noliydigan bir odamdek taassurot qoldirdingiz. Siz chuchvarani pishganida sanayvering. Omadizi bersin
... ...
Аллах разы болсын 😥
Farhod
Toʻlang unda qarzizni shoshiling
Buni men emas siz bilan mendan kattalar aytishgan. Hadeb noliyvermasdan insonni o‘zi harakat qilishi kerak!!!
Farhod
Laylo Anvarovna
Buni men emas siz bilan mendan kattalar aytishgan. Hadeb noliyvermasdan insonni o‘zi harakat qilishi kerak!!!
Hichkim noliyotganu yoʻq, men shifokormon xalqni sogʻligi uchun jonini fido qilgan shifokorlarni qoʻllashi kerak davlatimiz. Men oʻzimga soʻramadim usha inson qaysidir oilaning boshligʻi.
Olloh rahmatiga olsin. Joylari jannatdan bo'lsin. U kishi qanchadan qancha bemorlarni hayotini saqlab qolganlar , afsus boshqalarni o'ylabdilaru o'zlarini asray olmabdilar...😔😔😔
Laylo Anvarovna
Men sizni davlat yordam berishi kk degan fikrizga fikr bildirmadim❌
Faqatgina karantinda davlat ham katta qarz olgan siz shifokor sifatida gapirdiz, men esa bo‘lajak iqtisodchi sifatida fikr bildirdim
Farhod
Meni ota onam va ollohdan boshqadan qarzim yoʻq.
Аvazbek €£¥¥&
🌼BlackSwan🌼
Siz bilan men uyda o'tirvolib davlat oldinga ketmayapti deb o'tiraversak nima sizga davlat uzi yurar kemamiki yurib ketsa. Davlatni oldinga yurgizayotgan qanchadan qancha ishlar qilinadi. To'g'ri quruq gaplar yoq emas lekin haqiqatdan qandayin jonbozla yurtimizni oldinga tortayptganini bilmaysizda. Aynan karantin sabab o'sha ishlar orqaga qolib ketyapti. Siz esa yordam deysiz. Davlatimiz aytsangiz aytmasangiz xalqqa yordam beradi. Alhamdulillah boshqa oldindagi davlatlardan 100barobar ortiq ishoning
Тугри бизни узбекистонимиз енимиздеги бошка давлатлардан 100 чандон бойиб кетди факат халкмас ишонинг сизга ухшаган амалдорлар ишонмасангиз кишлокларга келиб халкни орасига кириб кура оласизми атрофимиздеги давлатларда кишлокларида газ бор свет учмайди ростдан хам хамма айтганидек осмонимиз мусаффо холос
Doktor AR
Manimcha siz xayotni faqat Uzb 24 kanali orqali ko'rasiz shekil
Men hatto u kanal borligini bilmayman. Men O'zbekistonni, qo'lida og'ir yukla ko'tarib azob chekkan bolalar qismati tasvirlangan Kapernaum va shunga uxshagan kinolardan keyin ko'raman, Men O'zbekistonni afrika, suriya va shunga uxshagan boshqa davlatlarni ahvolini ko'rgandan keyin ko'raman. Ishoning xalq dangasa, xalq ochko'z va noshukr ba'zi bir amaldorlar xaromxo'r lekin O'zbekiston sizni nazaringizdan ko'ra ancha boshqacha. Birdaniga yaxshilab zo'r bo'lishini kutamiz lekin negadir o'rnimizdan turib bir harakat qilmaymiz. Hammani o'zini nazariyasi bor. Men O'zbekiston dunyo ichida geniy demoqchimasman lekin yurtimiz shukr qilishimizga arzirli davlat. Agar siz bilan menga o'xshaganlar yurtimizi yomonlab kamchilik izlab ichkaridan yemirmasdan ozroq izlanib harakat qilganimizda edi ehheee nimalar bo'lardi, qanday o'zgarishlar bo'lardi. Va yana bir gapim bor agar sizlarga O'zbekiston yoqmasa boshqa davlatga borib yashang. Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh tarozi...
Sobirova Sh.A.
Inna lillahi inna ilayhi rojiun
Sobirova Sh.A.
Alloh rahmatiga olsin. Yaqinlariga farzandlariga Alloh sabr bersin. Samimiy inson, malakali vrach edilar. Ohiratlari obod bo'lsin
Joylari jannatdan bolsin,
Ohiratlari obod bolsin
Show next 38 comments