Абитуриентлари талаба бўлиш фоизи бўйича Қоракўл тумани мамлакатда етакчи бўлди

Тест синовларига оид турли қизиқарли статистикаларни бериб бораётганимиздан хабарингиз бор. Ҳозирги постимизда абитуриентлари талаба бўлишда юқори кўрсаткичга эришган туман/шаҳарлар ҳақида маълумот берамиз.

Ушбу кўрсаткич бўйича Бухоро вилоятининг Қоракўл тумани энг юқори натижани қайд этди. Тумандаги 4 минг 734 нафар абитуриент ёшларнинг 30,3 фоизи, яъни 1 минг 435 нафари талаба бўлиш бахтига муяссар бўлди. Дарҳақиқат, Қоракўл туманидаги таълим сифати анча юқорилиги ҳеч кимга сир эмас. Ўзбекистон Халқ ўқитувчиси раҳматли Тўхтамурод Жумаев асос солган «Қоракўл мактаби» ва таълим бериш методологияси бутун Ўзбекистонга, ҳаттоки бошқа давлатларга ҳам машҳур десак, муболаға бўлмайди.

Масалан, жорий йилда Қоракўл халқаро математика мактабини битирган 74 нафар ўқувчининг барчаси 100% талаба бўлган бўлса, Қоракўл академик лицейининг 220 нафар битирувчиларидан 217 нафари (98,6%) талаба бўлган.

Эътиборли томони, талаба бўлиш фоизи бўйича 2 ва 3-ўринларни ҳам Бухоро туманлари эгаллаган. Олот тумани абитуриент ёшларининг 29,9 фоизи, Ғиждувон абитуриентларининг 29,1 фоизи талаба бўлишган.

ТОП-20 рейтингга қарайдиган бўлсак, Бухоронинг 7 та, Фарғонанинг 6 та тумани энг яхши кўрсаткичга эга бўлган.

Қуйида абитуриентлари талаба бўлиш фоизи бўйича ТОП-20 рейтинг билан танишишингиз мумкин:

1. Қоракўл — 30,3%
2. Олот — 29,9%
3. Ғиждувон — 29,1%
4. Қизилтепа — 28,5%
5. Шофиркон — 28,2%
6. Боғдод — 28,1%
7. Бувайда — 28%
8. Пешку — 27,9%
9. Кегейли — 27,8%
10. Вобкент — 27,4%
11. Нукус — 27,3%
12. Қанликўл — 27,2%
13. Навоий ш. — 26,4%
14. Мирзо Улуғбек — 26,3%
15. Данғара — 26%
16. Бухоро ш. — 25,9%
17. Риштон — 25,8%
18. Конимех — 25,6%
19. Ёзёвон — 25,5%
20. Ўзбекистон т. — 25,2%

👉 @xushnudbek 👈

455 comments

Show 100 more comments
BoXoDiR
​​Talabalar-ey sizga rahmim kelib ketdi.

Kontraktlar 10 foizga oshgani rasman tasdiqlanibdi. ! Vaksina olgan talabalarga esa 10 foiz chegirma qilinarkan. Xuddiki 2×2=4 bo'lganidek, 2+2=4 deganday. Ali xo'ja, xo'ja ali.

Shundoq ham talaba bo'lishni o'zi qiyin edi. Endi yana ham og'irlaahibdi. Lekin yaxshi bitta yangilik bor. Shukr-ki roltonni narxi usha-usha oshmagan. Buyog'iga endi talabalik rolton davrim yog'e oltin davrim deb mazza qilib o'qiyverasiz !

👉 @tosh_oynaM_qani 👈

Oldinlari qorakol qoylari bn mashhur edi
Endi abuturentlari bilan 👏😁😁
Jizzaxdagi Forish tumani nechanchi o'rinda Xushnudbek aka aytolmaysizmi shuni
Javob kutaman. Forishdagi Garasha qishlog'idanman. Qishloqdan talaba bo'lgan abituriyentlar bemalol Qorako'l tumani bilan bellasha oladi desam mubolag'a bo'lmaydi.
Iloji bo'lsa shu Qishloq yoshlari haqida ham kanalga yozing. Oldindan rahmat!
@@@
Qorako'l nima silani shu turish kiritib qo'ydimi, qayerda bo'lsa ham, harakat qilgan natijaga erishadi, reklama qilinyotgan narsalar hech qachon super bo'lmaydi,
Ming harakat qilma o'qituvchi bilimi pas bo'lsa , o'zini fanini yaxshi bilmasa umuman natijaga erisha olmaysan. Qorako'l litseyini 220 ta o'quvchisidan 217 tasi kirdi. Xalqaro matematika maktabini 100% o'quvchisi kirdi. Bu reklama emas natija. O'zbekistoni birorta tuman viloyatida bunaqa natija yo'q qilolmaydi ham. Shubha qilayotgan bo'lsang kelib o'qib ko'r darslar qanaqa darajada o'tilishini bilasan
Қоракул билим учоғи бир неча йил репититорга бориб уқишга киролмаганлар қоракулга бориб грант талабаси булишмоқда аввалом бор уқиганга фарқи ёқ қаерда уқишни гап методикада ватандошларимизга шуни айтмоқчиманки қоракул бухорийлар юрти келиб коринг бизни билимизни
Агар бизнинг билмимизга шубха қилсанг биз эришган натижаларга қиё боқ.
Ismoil
Ming harakat qilma o'qituvchi bilimi pas bo'lsa , o'zini fanini yaxshi bilmasa umuman natijaga erisha olmaysan. Qorako'l litseyini 220 ta o'quvchisidan 217 tasi kirdi. Xalqaro matematika maktabini 100% o'quvchisi kirdi. Bu reklama emas natija. O'zbekistoni birorta tuman viloyatida bunaqa natija yo'q qilolmaydi ham. Shubha qilayotgan bo'lsang kelib o'qib ko'r darslar qanaqa darajada o'tilishini bilasan
O'tgan yili Qashqadaryo Kitob 1 litseyning 54ta bitiruvchisidan 51tasi kirgandi hech kim buni reklama qilmagandi, lekin o'qituvchilarini taqdirlagandi viloyat hokimi tomonidan kanallarga ham shuncha kirdi deb chiqarmagandi, hozir qayerda bo'lsa ham bilimli o'quvchilar ko'p... avvallari hech qayerda o'quv markazlar ham repitetor dars beradigan o'quvchilarning o'zi ham deyarli yo'q bo'lgan hamma Qora ko'lga oqib boravergan nomi trendga chiqqan hozir har bir joyda shu darajada dars beradigan o'quvitivchilar ham kerak bo'lsa ulardan kuchli o'qiydigan o'quvchilar ham ko'p...

Kim gapirsa ham san gapirma Qashqadaryoni o'tgan yilgi test juda sodda edi. O'tgan yili Xalqaro matematika maktabini bu yilgi kabi 100% oquvchisi kirgan. Prezident ham hatto otgan yili Qorako'l dek maktab Toshkentda bormi deb aytib Qorako'l ni maqtagan. Qani bu yilgi Qashqadaryo natijasini ko'rdingmi ozi 14 tani ichida 12 orinda turibti Qashqadaryo viloyati. Buxoro 1 o'rinda turibti. Shunchalik Qorako'ldan ham zor o'quvchi va o'qituvchilar bo'lsa nima uchun Qashqadaryo viloyatlar ichida oxirgi o'rinlarda turibdi🤣🤣🤣. Daji aytgan Kitob tumaning ham 20 talikka ham kirmagan tumanlar ichida. Qorako'lda yo'lda 10 ta o'quvchini ko'rsam 8 tasi Qashqadaryo bo'lib chiqadi. Qashqadaryoda kuchli o'quvchi va o'qituvchilar bor bolsa shuncha yol bosib Qorako'l ga kelib o'tirishmasdi
DILIM
𝓜_𝓢𝓪𝓰𝓭𝓾𝓵𝓵𝓪𝔂𝓮𝓿𝓷𝓪 ™🤍
Sirtqilar yiliga 40 kun uqidi va tayyor diplomni oladi kunduzgilar 4 yil instda qatnab uqidi shuni xisobiga bu!
40 kun o'qisa ham kontrakt to'layapti, hatto bazi kunduzgi ta'limdagi yo'nalishlardan ko'proq ham, kunduzgilar esa stipendiya olyapti, kontrakt summasi oshganda unda nega sirtqi va kechki ta'limdagilar uchun emas deyishmaydi
@@@@@@
Салом Ким билади айтиворинглар илтимос талабанинг шахсий кабинетига кандай килиб кирса булади.
Ismoil
Kim gapirsa ham san gapirma Qashqadaryoni o'tgan yilgi test juda sodda edi. O'tgan yili Xalqaro matematika maktabini bu yilgi kabi 100% oquvchisi kirgan. Prezident ham hatto otgan yili Qorako'l dek maktab Toshkentda bormi deb aytib Qorako'l ni maqtagan. Qani bu yilgi Qashqadaryo natijasini ko'rdingmi ozi 14 tani ichida 12 orinda turibti Qashqadaryo viloyati. Buxoro 1 o'rinda turibti. Shunchalik Qorako'ldan ham zor o'quvchi va o'qituvchilar bo'lsa nima uchun Qashqadaryo viloyatlar ichida oxirgi o'rinlarda turibdi🤣🤣🤣. Daji aytgan Kitob tumaning ham 20 talikka ham kirmagan tumanlar ichida. Qorako'lda yo'lda 10 ta o'quvchini ko'rsam 8 tasi Qashqadaryo bo'lib chiqadi. Qashqadaryoda kuchli o'quvchi va o'qituvchilar bor bolsa shuncha yol bosib Qorako'l ga kelib o'tirishmasdi
Agar haqiqatdan Qorako'ling trendda deb hisoblaganingda bir gapdan qolarding, hozir ham yana marketingni ishga solyapsan, prezident shunday dedi deb agar zo'r bo'lsa shu joying ( yomon ham demoqchimasman ) qayta-qayta maqtamasdinglar, keyin sen gapirma debsan sening o'zing kimsan hurmatiyni qilib sizladim, o'ziyni bil qanday ta'lim olganiylariyniyam ko'rsatib qo'yayapsilar qayerda o'qigan bo'lsanglar ham, yana sen aytgan 10ta o'quvchining 8tasi Qashqadaryo deb, o'shalar qayerni maqtasa shu joyga uloqib ketadiganlari shu yerlarda yuradi, yaxshi o'qisa o'zining joyida ham shu bilimni olsa bo'ladi, to'g'ri Qorako'l zo'r hamma buni biladi, lekin hozir o'qiyman deganga o'zining joyi Qorako'ldir, o'zining joyida ham shunday bilimni kerak bo'lsa ortig'i bilan olsa bo'ladi...
Texnikumlar haqida koproq malumot berizlar iltimos
Агар билмимизга шубха қилсанг биз эришган натижаларга боқ
Assalomu alaykum .Biz yotoqxona olmoqchi edik .Men va ukam shu yil kontraktga kirdik shu yil . Lekin bizga dekonat bittalaring sirtqi deb berishmayapti.Shu narsa xaqiqatdan ham qonunlarga toʻgʻri keladimi? Axir biz hamma bilan bir xil kontrakt toʻlaymizku.Iltimos shu savolga javob bering
Show next 19 comments