Абитуриентлари талаба бўлиш фоизи бўйича Қоракўл тумани мамлакатда етакчи бўлди

Тест синовларига оид турли қизиқарли статистикаларни бериб бораётганимиздан хабарингиз бор. Ҳозирги постимизда абитуриентлари талаба бўлишда юқори кўрсаткичга эришган туман/шаҳарлар ҳақида маълумот берамиз.

Ушбу кўрсаткич бўйича Бухоро вилоятининг Қоракўл тумани энг юқори натижани қайд этди. Тумандаги 4 минг 734 нафар абитуриент ёшларнинг 30,3 фоизи, яъни 1 минг 435 нафари талаба бўлиш бахтига муяссар бўлди. Дарҳақиқат, Қоракўл туманидаги таълим сифати анча юқорилиги ҳеч кимга сир эмас. Ўзбекистон Халқ ўқитувчиси раҳматли Тўхтамурод Жумаев асос солган «Қоракўл мактаби» ва таълим бериш методологияси бутун Ўзбекистонга, ҳаттоки бошқа давлатларга ҳам машҳур десак, муболаға бўлмайди.

Масалан, жорий йилда Қоракўл халқаро математика мактабини битирган 74 нафар ўқувчининг барчаси 100% талаба бўлган бўлса, Қоракўл академик лицейининг 220 нафар битирувчиларидан 217 нафари (98,6%) талаба бўлган.

Эътиборли томони, талаба бўлиш фоизи бўйича 2 ва 3-ўринларни ҳам Бухоро туманлари эгаллаган. Олот тумани абитуриент ёшларининг 29,9 фоизи, Ғиждувон абитуриентларининг 29,1 фоизи талаба бўлишган.

ТОП-20 рейтингга қарайдиган бўлсак, Бухоронинг 7 та, Фарғонанинг 6 та тумани энг яхши кўрсаткичга эга бўлган.

Қуйида абитуриентлари талаба бўлиш фоизи бўйича ТОП-20 рейтинг билан танишишингиз мумкин:

1. Қоракўл — 30,3%
2. Олот — 29,9%
3. Ғиждувон — 29,1%
4. Қизилтепа — 28,5%
5. Шофиркон — 28,2%
6. Боғдод — 28,1%
7. Бувайда — 28%
8. Пешку — 27,9%
9. Кегейли — 27,8%
10. Вобкент — 27,4%
11. Нукус — 27,3%
12. Қанликўл — 27,2%
13. Навоий ш. — 26,4%
14. Мирзо Улуғбек — 26,3%
15. Данғара — 26%
16. Бухоро ш. — 25,9%
17. Риштон — 25,8%
18. Конимех — 25,6%
19. Ёзёвон — 25,5%
20. Ўзбекистон т. — 25,2%


👉 @xushnudbek 👈

455 comments

Show 100 more comments
DILIM
𝓜_𝓢𝓪𝓰𝓭𝓾𝓵𝓵𝓪𝔂𝓮𝓿𝓷𝓪 ™🤍
Sirtqilar yiliga 40 kun uqidi va tayyor diplomni oladi kunduzgilar 4 yil instda qatnab uqidi shuni xisobiga bu!
40 kun o'qisa ham kontrakt to'layapti, hatto bazi kunduzgi ta'limdagi yo'nalishlardan ko'proq ham, kunduzgilar esa stipendiya olyapti, kontrakt summasi oshganda unda nega sirtqi va kechki ta'limdagilar uchun emas deyishmaydi
@@@@@@
Салом Ким билади айтиворинглар илтимос талабанинг шахсий кабинетига кандай килиб кирса булади.
Ismoil
Kim gapirsa ham san gapirma Qashqadaryoni o'tgan yilgi test juda sodda edi. O'tgan yili Xalqaro matematika maktabini bu yilgi kabi 100% oquvchisi kirgan. Prezident ham hatto otgan yili Qorako'l dek maktab Toshkentda bormi deb aytib Qorako'l ni maqtagan. Qani bu yilgi Qashqadaryo natijasini ko'rdingmi ozi 14 tani ichida 12 orinda turibti Qashqadaryo viloyati. Buxoro 1 o'rinda turibti. Shunchalik Qorako'ldan ham zor o'quvchi va o'qituvchilar bo'lsa nima uchun Qashqadaryo viloyatlar ichida oxirgi o'rinlarda turibdi🤣🤣🤣. Daji aytgan Kitob tumaning ham 20 talikka ham kirmagan tumanlar ichida. Qorako'lda yo'lda 10 ta o'quvchini ko'rsam 8 tasi Qashqadaryo bo'lib chiqadi. Qashqadaryoda kuchli o'quvchi va o'qituvchilar bor bolsa shuncha yol bosib Qorako'l ga kelib o'tirishmasdi
Agar haqiqatdan Qorako'ling trendda deb hisoblaganingda bir gapdan qolarding, hozir ham yana marketingni ishga solyapsan, prezident shunday dedi deb agar zo'r bo'lsa shu joying ( yomon ham demoqchimasman ) qayta-qayta maqtamasdinglar, keyin sen gapirma debsan sening o'zing kimsan hurmatiyni qilib sizladim, o'ziyni bil qanday ta'lim olganiylariyniyam ko'rsatib qo'yayapsilar qayerda o'qigan bo'lsanglar ham, yana sen aytgan 10ta o'quvchining 8tasi Qashqadaryo deb, o'shalar qayerni maqtasa shu joyga uloqib ketadiganlari shu yerlarda yuradi, yaxshi o'qisa o'zining joyida ham shu bilimni olsa bo'ladi, to'g'ri Qorako'l zo'r hamma buni biladi, lekin hozir o'qiyman deganga o'zining joyi Qorako'ldir, o'zining joyida ham shunday bilimni kerak bo'lsa ortig'i bilan olsa bo'ladi...
Texnikumlar haqida koproq malumot berizlar iltimos
Агар билмимизга шубха қилсанг биз эришган натижаларга боқ
Assalomu alaykum .Biz yotoqxona olmoqchi edik .Men va ukam shu yil kontraktga kirdik shu yil . Lekin bizga dekonat bittalaring sirtqi deb berishmayapti.Shu narsa xaqiqatdan ham qonunlarga toʻgʻri keladimi? Axir biz hamma bilan bir xil kontrakt toʻlaymizku.Iltimos shu savolga javob bering
𝓜_𝓢𝓪𝓰𝓭𝓾𝓵𝓵𝓪𝔂𝓮𝓿𝓷𝓪 ™🤍
Ismoil
30 % kirgan zato. Hech qaysi viloyatda bu natija yoq. Tanishingizdan sorangchi oqidingmi deb. Qorako'l kelib oqimay o'qituvchilar kaltak yeganlardan birida
Hozi hamma joyda shunaqa natija bo waxsan Mani Ingliz tili uqituvcimmi 100 foiz uquvcisi kirdi hammasi kirdi bittasi kirmadi va u ham qozoqqa kocirdi qolgan hamma UQUVCHILAri talabamiz bunaqa natijalar hozi juda kopp
Man 30 % Buxoroni umumiy natijasi ni aytdim. Bizdagi o'qituvchilarni 95% oquvchisi kirdi. Man bilgan matematika o'qituvchilarni 100% oquvchisi kirdi. Hamma joyda yaxshi natija bo'sa reytinga tasir qilardi.
𝓜_𝓢𝓪𝓰𝓭𝓾𝓵𝓵𝓪𝔂𝓮𝓿𝓷𝓪 ™🤍
Ismoil
Man 30 % Buxoroni umumiy natijasi ni aytdim. Bizdagi o'qituvchilarni 95% oquvchisi kirdi. Man bilgan matematika o'qituvchilarni 100% oquvchisi kirdi. Hamma joyda yaxshi natija bo'sa reytinga tasir qilardi.
Qora kol Katta markaz va hamma ishledi agar ular ham talks UQUVCHILAri turli joyda tayyorlanass qora kolni reytingi tuwib ketadi
𝓜_𝓢𝓪𝓰𝓭𝓾𝓵𝓵𝓪𝔂𝓮𝓿𝓷𝓪 ™🤍
Ismoil
Ozida kuchli ta'lim turganda boshqa joyda tayyorlanmaydida.
Agar qora Kol yakka tartiblik bolganda reytingi pasayadi
𝓜_𝓢𝓪𝓰𝓭𝓾𝓵𝓵𝓪𝔂𝓮𝓿𝓷𝓪 ™🤍
Agar qora Kol yakka tartiblik bolganda reytingi pasayadi
Yakka tartiblik deganda Qorako'lda ozini oquvchilarini aytyapszmi. Qorako'lni o'zida tug'ilgan abituryentlar tumanlar ichida 20 talik ichida 1 o'rinda turibdi
ХУШНУДБЕК СИЗНИ БЕРГАН БАРЧА МАЬЛУМОТЛАРИНГИЗДАН ФОЙДАЛАНИБ КИЗИМ АЛХАМДУЛИЛЛАХ КИЗИМ ТДЮУ ГА УКИШГА КИРИШГА САБАБ БУЛДИ АЛЛОХ НАЗАРИДАН КОЛМАНГ РАХМАТ
ГуЛи
Илтимос мани саволимгаям жавоб берилар чет давлатдан перевод учун супер кантрактни хисоблаб беринг 82 балл йигилган 100 балл йигиш керак буган
ASAALOMU ALAYKUM XUSHNUDBEK AKA SUPER KANTRAKTLAR NARXI HAQIDA AYTSANGIZ SIRTQI YUNALISH
Show next 9 comments