❓Магистратурада ўқиётган хотин-қизларнинг контрактлари тўлаб бериладими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, шундай. Бу ҳақда илк марта 8 мартдаги байрам тадбирида Шавкат Мирзиёев эълон қилган эди. Унга кўра, келгуси ўқув йилидан бошлаб магистратурада ўқиётган барча қизларнинг контракт пуллари тўлиқ бюджетдан қоплаб берилади ва бунинг учун ҳар йили 200 миллиард сўм маблағ йўналтирилади.

Шунингдек, кеча эълон қилинган қарор лойиҳасида ҳам бу бўйича банд бор. Унга кўра, магистратура босқичининг 2-босқичига ўтган талаба-қизларнинг 2-босқичи учун, жорий йилда магистр бўладиган қизларнинг эса тўлиқ ўқиш муддати учун контракт тўловлари Давлат бюджетидан қоплаб борилади.


👉 @xushnudbek 👈

147 comments

Show 68 more comments
Sheriyat Hamdamova
Kimga murojat qilish kerak kontraktni davlat hisobidan to'lanishini
Ассалому алейкум, тиббиёт сохасида магистратура 3йил. Мен 2курс магистрман. Кнги йил бюджет хисобидан контрактим туланадими шунда
Hamdamova Maxsuma Bahodirjon qizi
Doktorontura haqida ham ma'lumot bersangiz .Iltimos
Tolab beriladimi yoki foizsz kredit beriladimi axr wunca xotin qizlarga qanday qilib davlat tolab beradi
Shu yerda "qizlar" degani sal tushunarsiz bo‘ldida. Hamma ayol qizlar kiradimi bunga
Assalomu alaykum bitta savolim bor edi. Xotin-qizlar uchun 4 ballik kvotaga qachondan qabul boshlanadi.Tuman hokimyatining Xotin-qizlar böyicha masul shaxslarga murojat qilganimizda hali bunga qabul boshlanmadi deyishdi yoki ötib ketganmi. Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu aleykum. Men o'zbek tili utaxassisiman. Agar chet tili bo'yicha sertifikat olsam menga 50%ustama beriladimi yoki yo'qmi
Assalom alaykum meni qiziqtirgan savol bu yerda aynan magistrlarni(xotin-qizlar) kontrakti to'liq to'lab beriladimi ya'ni stipendiyali va stipendiyasiz? Agar magistrant stipendiyasiz o'qiyotgan bo'lsa(2-kurs) kontrakti to'lab berilsa keyin stipendiya olaveradimi?
Ёш болали магистр хотин-кизларга масофавий таьлимга рухсат берамиз деган банд хам бор эди. Кучга кирадими шу. Шуни хам аниклаштириб беринг
ABDULLO
Raxmat ma'lumot uchun to'lab berish uchun qanday hujjatlar so'raladi qizlarda iltimos shuni ham yozib qoldirsangiz
ULUGʻBEK
Men hozir bakalavrda oʻqiyman.Magistraturaga kirishim uchun sertifikat olishga kurslarga qatnashim kerak.Kurslarga qatnasam, faqat til bilan shugʻullansam ertaga oʻz soham boʻyicha qanday mutaxassis kadr boʻlib OTMni bitiraman.Vaqt qolmaydiku darslarga.Xoʻp asosiy vaqtni sertifikatga sarflab,universitetni chala yarim qochib quchib bitirdik va magistraturaga kirdim ham deylik.Ingliz tili sertifikati tarixchi uchun nimaga kerak?Oylikka ustama uchunmi?Undan koʻra oʻsha oyligimga ustamani oʻzimni soham boʻyicha ilmiy ish yoki shunga oʻxshash tarixga oid faoliyat orqali qoʻshsam foydali emasmi davlat taraqqiyotiga? Bunaqa koʻzboʻyamachilik,boshqa davlatga(ingliz) qaram boʻlgandan koʻra,oʻzimizni oʻzbek ona tilimizni nufuzini koʻtaradigan boshqa davlatlarga ham keng qoʻllaniladigan qilsak yaxshi emasmi?Oʻzbek tili (oʻlik til) zora jahon tili boʻlmasa ham shunga yaqin nufuzga ega boʻlsa yaxshi emasmi?
Oʻzbek boʻlib turib oʻzbek tilidan 100foizlik test ishlab beroladiganlarni koʻpaytiraylik undan koʻra.Bu ketishda arabcha,ruscha,inglizcha tillar kirib kelaverib milliyligimiz(oʻzbek tili)ni yoʻqotib qoʻymasak yaxshi boʻlardi!!!


PS.:Bu mening bir tiynga qimmat shaxsiy fikrimda😊
Ordinaturagayam amal qiladimi bu qaror
Boshqa fanlar bo'yicha milliy sertifikat uchun imtihon bo'ladi yoki bo'lmaydi deb aniq ma'lumot berish shu darajada qiyinmi. Bu masala aynan nima uchun paysallanyapti? Javob uchun oldindan rahmat.
Roza Utaganova
Assalomu alaykum @xushnudbek.
Iltimos, menga bilib bersangiz. Biz O'zbekistondagi chet el filiallariga topshirsak ham to'lab beriladimi? Qarorda barcha deyilgan ekan. Men Webster University ga topshirmoqchi edim. Iltimos shuni aniqlashtirib bering.
Gulnoza Shakirova (oilali)
Sirojiddin Hamzayev
Assalomu alaykum. Xalqimizga deng, xalqimiz byudjetimiz asosi.
Shunchadan beri ham budjetimizda pul bor edi lekin biron marta butun boshli magistrant qizlarni kantirakti to'lanmagan. Biz Prizidentimiz qarorlari bilan sirtqida o'qib mana yana qo'shimcha asosida magistraturada xam o'qiyapmiz bu oson gapmas
2022-2023 yilda Webster da o'qishni boshlaydigan xotin-qizlarga ham kontrakti to'lab berilarmikin?
Ассалому алайкум, мени углим шу йил юридик университетни битиряпти. У якинда Америкага контрактдан 35000$ ютиб Магистратура йуналишида укишга кирди. Колган 18000$ ни давлат коплаб бериши мумкинми ёки юридик университетдан канакадир ёрдам берилмайдими.
Roza Utaganova
G'ofurjon Nabiyev
2022-2023 yilda Webster da o'qishni boshlaydigan xotin-qizlarga ham kontrakti to'lab berilarmikin?
Mana shu savolning javobi menga ham juda zarur. Iltimos aniq javobini bila olsangiz menga ham aytib yuborolmaysizmi?
Oyliklar past. Ko'tarsin da endi. Yarim stavka 900 ming nari beri. Bir tinga qimmat oylik. Qushimcha mardikorlik qilish k.kmi.
Show next 58 comments