❓Магистратурада ўқиётган хотин-қизларнинг контрактлари тўлаб бериладими?
✅ ЖАВОБ: Ҳа, шундай. Бу ҳақда илк марта 8 мартдаги байрам тадбирида Шавкат Мирзиёев
эълон қилган эди. Унга кўра, келгуси ўқув йилидан бошлаб магистратурада ўқиётган
барча қизларнинг контракт пуллари тўлиқ бюджетдан қоплаб берилади ва бунинг учун ҳар йили
200 миллиард сўм маблағ йўналтирилади.
Шунингдек, кеча эълон қилинган қарор лойиҳасида ҳам бу бўйича банд бор. Унга кўра, магистратура босқичининг 2-босқичига ўтган талаба-қизларнинг 2-босқичи учун, жорий йилда магистр бўладиган қизларнинг эса тўлиқ ўқиш муддати учун контракт тўловлари Давлат бюджетидан қоплаб борилади.
👉 @xushnudbek 👈
Oʻzbek boʻlib turib oʻzbek tilidan 100foizlik test ishlab beroladiganlarni koʻpaytiraylik undan koʻra.Bu ketishda arabcha,ruscha,inglizcha tillar kirib kelaverib milliyligimiz(oʻzbek tili)ni yoʻqotib qoʻymasak yaxshi boʻlardi!!!
PS.:Bu mening bir tiynga qimmat shaxsiy fikrimda😊
Iltimos, menga bilib bersangiz. Biz O'zbekistondagi chet el filiallariga topshirsak ham to'lab beriladimi? Qarorda barcha deyilgan ekan. Men Webster University ga topshirmoqchi edim. Iltimos shuni aniqlashtirib bering.
Xoʻp fikriz toʻgʻri, Ingliz tili jahon tili hisoblanadi.Dunyoga chiqish uchun nafaqat taʼlim balki oddiy sayohatga chiqsangiz ham kerak boʻladi.Lekin magistraturaga sertifikatsiz hujjat ham topshira olmaydigan qilish,davlat siyosati darajasigacha koʻtarish,qonun bilan mustahkamlash shartmi shunchalik?