Вакцина олган талабаларга 10% чегирма беришдаги муаммолар ҳақида

Биздаги катта муаммолардан бири қуйи бўғиндаги ижрочиларнинг масъулиятсизлигидир. Бирор яхши қарор чиқади, аммо ижросига келганда бир дунё муаммоларга учраймиз.

Коронавирусга қарши вакцина олган талабаларга бериладиган 10% чегирма бўйича ҳам жойларда етарлича муаммо бор. Ҳалигача бунинг тартиби тасдиқланмади. Юқоридаги хабарда айтилганидек, айрим ОТМларнинг мутасаддилари чегирма берилишидан бехабар ҳам. Бунақа масъулларни бошини қумга тиқиб олган туяқушларга ўхшатаман. Улар ҳеч нарсадан бехабар ёки билса ҳам, “билмадим” деб қутулгиси келади.

Ўртада эса талабалар сарсон.

Хулоса: масаланинг аниқ ечими ва тартибини ҳамма ижрочиларга етказиш, кўпроқ тарғиб қилиб, тушунтириш бериш керак. Ўзи шундоқ ҳам фуқароларимиз вакцина олишга унчалик шошилмайди, минг афсуски, турли миш-мишлару сафсаталарга ишониб юришибди. Бундай вазиятда ўз хоҳиши билан вакцина олганларга ортиқча бюрократия қилмасдан, тезроқ чегирмасини бериш керак.


👉 @xushnudbek 👈

565 comments

Show 100 more comments
Assalom alaykum Xushnudbek hamma talabalarda shu muammo ma'sullar bilan bog'lanib tezroq hal qilib berishingizni so'raymiz!!!🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥💧🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥💧🔥🔥🔥💧💧💧💧💧💧💧💧💧💧🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
Assalomu alaykum Xushnud aka men vaksina olganman sertifikat ham bor lekin buni marketing boʻlimiga olib borsam ikkinchi semestrdan beramiz deyapti ammo bizga shartoma tuzib boʻldikku ertaga chegirib bermaydiku. Bu oddiy odamlarni ustidan kulishdan boshqa hech narsa emas-ku.
ASROR NURALIYEV
Stepindiyasz kontraktni 10 foizmi misol ucun 9 million bulsa 900 ming shunaqami yoki tulayotgan so'mmani 10 foizmi misol ucun 1 million bulsa 100 ming
ASROR NURALIYEV
Bzaga tulayotgan so'mmani 10 foizi debdi
XUSANOVA Gulbaxor
Энди куряпсизларми качон отани гапи вакцина булган
Ирисова
Мани қизим клиник ординатурада контрактга ўқийди унга хам институтдагилар сизга тегишли эмас магистратурада ўқийдиган талабаларга таълуқли дебди
Assalomu alaykum shunga tushunmayapman marketing buģalteriyaga u esa marketinnga yuklayapti ishni
Medinilla🌸
ZO'RKU QAYSI INSTITUT?
inyazga. Men yaqinda Shartnoma qildirdim. Ortiqcha muammo bulmadi. Xudoga shukur
Assalomu alaykum Xushnudbek, mening savolim oliy o‘quv yurti kontrakt to‘lovi haqida.
Mening farzandim shu yil oliy o‘quv yurti kunduzgi bo‘limiga pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha oddiy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirdi. Bu orada Prezidentimizning covidga qarshi vaksinani 1-noyabrgacha olgan talabalarga 10% chegirma berish haqida farmoni e'lon qilingani aytildi. Farzandim covidga qarshi vaksinaning oxirgisini 12 oktabrda olishi kerak, shundan keyin unga vaksina olganligi haqida sertifikat beriladi. Oliy o‘quv yurti rahbariyati tezroq buxgalteriya bilan shartnomani tuzib, kontrakt pulini kamida 25% ini 10 oktabrdan kechiktirmasdan to‘lashni talab qilmoqda, aks holda talabalikka qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruq chiqmasligini aytishmoqda, men esa Prezident bergan imtiyozdan foydalanish uchun kontrakt pulini 20-oktabrgacha to‘lamoqchiman. Sizga savolim:
1-kurs talabasi talabalikka qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruq chiqishi uchun qachongacha qancha % miqdorida kontrakt pulini to‘lashi kerak, Prezident bergan imtiyozdan foydalanish uchun 1-noyabrgacha imkoniyat beriladimi?
Iltimos, yurist sifatida shu savolimga javob yuborsangiz, menimcha bu savolga javob ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak.
Javob uchun oldindan rahmat!
Hurmat bilan Ismoilov Baxodir, Angor tumani
Контрактни 50% ни тулашнинг охирги муддати качон ким билади?
Bizda esa 1-oktabrgacha chegirma deyishdi. 1- noyabrgacha degan qarorni blogerlar chiqargan hali tasdiqlanmagan deyishdi TATU ... filiali
Бахтиёржон Умаров
Агар ваьда берганлар гапида турса..... 10%га нархни ошгани, 10%чегирмаси алихужа хужаали.....
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Yanvargacha adashmasam 75% ini aprelgacha 100%ini iyulgacha
Менга эса 1 октябргача 50% ни туламасангиз буйрук чикмайди дейишди
Show next 100 comments