Вакцина олган талабаларга 10% чегирма беришдаги муаммолар ҳақида

Биздаги катта муаммолардан бири қуйи бўғиндаги ижрочиларнинг масъулиятсизлигидир. Бирор яхши қарор чиқади, аммо ижросига келганда бир дунё муаммоларга учраймиз.

Коронавирусга қарши вакцина олган талабаларга бериладиган 10% чегирма бўйича ҳам жойларда етарлича муаммо бор. Ҳалигача бунинг тартиби тасдиқланмади. Юқоридаги хабарда айтилганидек, айрим ОТМларнинг мутасаддилари чегирма берилишидан бехабар ҳам. Бунақа масъулларни бошини қумга тиқиб олган туяқушларга ўхшатаман. Улар ҳеч нарсадан бехабар ёки билса ҳам, “билмадим” деб қутулгиси келади.

Ўртада эса талабалар сарсон.

Хулоса: масаланинг аниқ ечими ва тартибини ҳамма ижрочиларга етказиш, кўпроқ тарғиб қилиб, тушунтириш бериш керак. Ўзи шундоқ ҳам фуқароларимиз вакцина олишга унчалик шошилмайди, минг афсуски, турли миш-мишлару сафсаталарга ишониб юришибди. Бундай вазиятда ўз хоҳиши билан вакцина олганларга ортиқча бюрократия қилмасдан, тезроқ чегирмасини бериш керак.


👉 @xushnudbek 👈

565 comments

Show 100 more comments
Medinilla🌸
ZO'RKU QAYSI INSTITUT?
inyazga. Men yaqinda Shartnoma qildirdim. Ortiqcha muammo bulmadi. Xudoga shukur
Assalomu alaykum Xushnudbek, mening savolim oliy o‘quv yurti kontrakt to‘lovi haqida.
Mening farzandim shu yil oliy o‘quv yurti kunduzgi bo‘limiga pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha oddiy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirdi. Bu orada Prezidentimizning covidga qarshi vaksinani 1-noyabrgacha olgan talabalarga 10% chegirma berish haqida farmoni e'lon qilingani aytildi. Farzandim covidga qarshi vaksinaning oxirgisini 12 oktabrda olishi kerak, shundan keyin unga vaksina olganligi haqida sertifikat beriladi. Oliy o‘quv yurti rahbariyati tezroq buxgalteriya bilan shartnomani tuzib, kontrakt pulini kamida 25% ini 10 oktabrdan kechiktirmasdan to‘lashni talab qilmoqda, aks holda talabalikka qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruq chiqmasligini aytishmoqda, men esa Prezident bergan imtiyozdan foydalanish uchun kontrakt pulini 20-oktabrgacha to‘lamoqchiman. Sizga savolim:
1-kurs talabasi talabalikka qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruq chiqishi uchun qachongacha qancha % miqdorida kontrakt pulini to‘lashi kerak, Prezident bergan imtiyozdan foydalanish uchun 1-noyabrgacha imkoniyat beriladimi?
Iltimos, yurist sifatida shu savolimga javob yuborsangiz, menimcha bu savolga javob ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak.
Javob uchun oldindan rahmat!
Hurmat bilan Ismoilov Baxodir, Angor tumani
Контрактни 50% ни тулашнинг охирги муддати качон ким билади?
Bizda esa 1-oktabrgacha chegirma deyishdi. 1- noyabrgacha degan qarorni blogerlar chiqargan hali tasdiqlanmagan deyishdi TATU ... filiali
Бахтиёржон Умаров
Агар ваьда берганлар гапида турса..... 10%га нархни ошгани, 10%чегирмаси алихужа хужаали.....
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Yanvargacha adashmasam 75% ini aprelgacha 100%ini iyulgacha
Менга эса 1 октябргача 50% ни туламасангиз буйрук чикмайди дейишди
Salom Xushnud aka biz sizdan chet davlattan perevod qilganlarga qachondan boshlanadi
Toshkent moliya institutida vaksina olganlarga 10% chegirma berilayapti. Hammasi joyida. Muammo yo'q!
ㅤㅤㅤㅤㅤ
G-1123
Менга эса 1 октябргача 50% ни туламасангиз буйрук чикмайди дейишди
Ularni maqsadi tezroq tolatish
4 ga bolib tolasa boladi aslida
Oktabrda 25% tolab qoyib
Yanvargacha 25% ini tolasangiz boloradi
Make a Wish
O'shanaqa kishilarni ishdan olish kerak o'zi
TERDUda ham bu to‘g‘rida muommo to‘q
💫👑💫
Shartnoma topilmadi deb yozilganmi sizlarda ham shartnoma olishga saytga kirganizda
Show next 100 comments