#abituriyent

Айтганча, кеча менга SMS келди. Иқтисодиёт университетига ҳужжат топширганимдан мамнунлигини айтишибди. Ректорнинг абитуриентларга йўллаган хабарномаси билан танишишимни сўрашган ва менга омад тилашибди.

Қойил, замонни ўзгаришини қаранг. Абитуриентга (ҳали талаба ҳам эмас), шунчаки қайсидир ОТМга ҳужжат топширгани учун ҳурмат кўрсатишяпти. Эҳ, ҳозирги абитуриентлар жуда бир эркалатиб юбориляпти-да, бизни даврларимиздаги каби қийинчиликни кўрмаяпти бирортаси. Лекин абитуриент халқи шунда ҳам бутун дунёдан норози ))

Беҳазил айтганда, йилдан йилга ортиқча бюрократия камаяверсин, абитуриентлар асосий вақтини ташкилий жараёнларга эмас, ўқишга сарфласин. Биз шундан хурсанд.

P.S.: бунақа SMS ҳаммага бордими ёки Нархоздагилар атай мени телефонимни топиб, юборишдими? 😁

👉 @xushnudbek 👈

849 comments

Show 100 more comments
Менга ТДЮУдан кунгирок килишди смс келмади)))
Menga ham tel qilishgandi bitta yarimta òrtoģim deb telni qòyvoribman bilsam Dtmchilar ekan😁🙊
Menimcha abituriyent ruxsatnomasini yuklab boʻlganlarga joʻnatishmayapti faqat yuklamagankarga eslatish uchun joʻnatishayotgan boʻlsa kerak 🤔
Kelda narxoz rektoridan
Bizga ham BuxDUdan keldi
Buxoro davlat universiteti rektori ham barcha abituriyentlarga shunaqa xabarnoma jònatiyapti
Pulni uylashayotgandirda ketmasin deb tashlamayotgandir
👩‍🎓Zayniddinovna👩‍🎓
Bizga ham kelmadiku
Bizga kelmadi
Men moliyaga topshirganman
Мадина Римбаева
Assalomu alekum menga Urganch Davlat Universitetidan qo'ng'iroq qilishdi va telegramdan pdf shaklda tashashdi. E'tibor uchun rahmat ☺️
REKLAMA TIME

@MembersStore_Bot orqali endi siz kanalingizga 100'000 tagacha obunachilar, Like va Postviewlar sonini ham ko'paytirish imkoniyati mavjud, kirib ko'rizlar tez )
Toshkent davlat texnika universitetiga rus guruhga topshirdim . Menga sms kemadi lekin òzbek guruhlarga keldi
Menga kelgan smsni ochib boʻlmayapti
Assalomu alaykum! Shaxsan man 100 ta abituriyentga shu tarzdagi xabarnoma jo'natdim...Ko'pchiligi rahmat aytishdi, ammo qanchalik yumshoq muomala qilishimga qaramasdan ba'zi uddaburon abituriyentlar nima keragi bor buni test payti kerak bo'lmasa, menga kerakmas bu qog'oz va shu kabi qo'pol javob olidim...Hamisha bir fikr bildirardim va bu fikrimga yana bir bor amin bo'ldim: Biz erkinlik, demokratik sharoitni yaratayapmiz, ammo mas'uliyat his qilishni o'rgata olmayapmiz! Bu ketishda tooor shim va kaltaaa noski va qizil krassovkada universitetga keladiyu ammo ilmga kelganda, domlalarga hurmat-izzatga kelganda teskari to'nini koyadigan "zamonaviy demokratlar" ni ko'p uchratsak kerak... Yana bilmadim vallahualam!
Show next 100 comments