This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Otabek
Metting qilishimiz kerak bulmasa chetdan perivod qilishni tuxtatsin
Biz oʻqilikmi yo ishlilikmi bu masalani qayta koʻrib chiqishsa yaxshi boʻlardi
Bu ichkinikimi
MOHIGUL OCHILOVA TOSHTEMIROVNA
Assalomu alaykum yaxshimisizlar. Doktaranturaga chet tilini bilish sertifikati kkmi
Bowqa viloyataman qiynalaman oilaviy tomondan mablagʻ yigʻiwtirib berolmaydi tugʻri tuwunizar
Tòģri qilibdi. Kimdir kirish oson joyga kirib olib,keyin boshqa yuqoriroq fakultetga o'tkazib oladi.
Siz uziz xoxlagan joyda uqiyapsizda shunga shunaqa deyapsiz biz perivod opketmoqchimiz
Insof ham kerakda aziz yurtdoshlar, viloyatimga ko'chirishim kerak deysiz, nega unda hujjat topshirayotganingizda boshqa joyni tanladingiz? Ko'p ehtimol bali past bo'lgani uchun shunday qilgansiz(boshqa sababi bo'lsa uzr). Endi indamay o'qish kerak
Bir xil yo‘nalishdan bo‘lsachi?
Raufxon Asqarov
Jamiyatimiz hali bu yaqin orada rivojlanmasligi endi aniq bo‘lib qoldi. Hamma bilarkanda dema hamma joydagi poraxo‘rlikni menimcha Prezident bilan bog‘liq. Talab keladigan bo‘lsak, bugungi qaysi yo‘nalishda xalqdan ko‘proq pul olinayotgan bo‘lsa shularda yuqoriroq talab. Davlatdan yuqoriroq ololmaydi chunki eng baland oyligi ham mantiqsiz na uyiga na mashinasiga yetadi. Bilimli degan odaming Toshqulov o‘xshagan shustriy to‘poy bo‘lsa yomon yonarkansan kishi!!!!?
Savolim bor edi xushnudbek aka uqiyotgan bulsangiz javob yullang iltimos yoki shu savolni oliy ta'lim tizimidagilarga berib kuring hozirda uqiydigan talabalar ham uqishga topshira oladimi va imtihon Dan utsa uzi xoxlagan uqishda uqish imkoniyati bormi. Agar kirolmasa xozir uqiydigan joyida granda uqisa kontraktga tushib qolmaydimi yoki haydalib ketmaydimi.
Ne'matov Asilbek
Talabalar yoppasiga kutariliwi kk
Menimcha by qaror tawqi davlatdan oqiwni kociriwga oid bolsa kerak
Гули
Тош Ми ни филиалларида укиётган талабадарчи. Уларни максади битта. Шифокор булиш . Лекин уйидан олис масофада кийналиб укиб юрибди. Улар Нима килади
Rayhona Qosimova
Turmush qursa koʻchirib beradimi
Ha toshkentda o‘qimoqchi bulsang toshkentlikka tegishing kerak
Assalom aleykum Xushnudbek aka, sizdan iltimos ichki ya'ni respublika ichidan o'qishni ko'chirish haqida ma'lumot bering. Men unaqa oddiydan nufuzliga emas, nufuzlidan oddiyga ko'chirmoqchiman. Siz bir necha yildan buyon kiraman deb yurgan Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetidan Termiz Davlat Universitetiga ko'chirish niyatim bor, bunga sabab Iqtisodiy tomondan qiyinchilikka uchrayapman Toshkent shaharda o'qishga. Iltimos, shunga ma'lumot berib o'ting
Ёдгор Турганов
Ola
Show next 100 comments