This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Raufxon Asqarov
Jamiyatimiz hali bu yaqin orada rivojlanmasligi endi aniq bo‘lib qoldi. Hamma bilarkanda dema hamma joydagi poraxo‘rlikni menimcha Prezident bilan bog‘liq. Talab keladigan bo‘lsak, bugungi qaysi yo‘nalishda xalqdan ko‘proq pul olinayotgan bo‘lsa shularda yuqoriroq talab. Davlatdan yuqoriroq ololmaydi chunki eng baland oyligi ham mantiqsiz na uyiga na mashinasiga yetadi. Bilimli degan odaming Toshqulov o‘xshagan shustriy to‘poy bo‘lsa yomon yonarkansan kishi!!!!?
Savolim bor edi xushnudbek aka uqiyotgan bulsangiz javob yullang iltimos yoki shu savolni oliy ta'lim tizimidagilarga berib kuring hozirda uqiydigan talabalar ham uqishga topshira oladimi va imtihon Dan utsa uzi xoxlagan uqishda uqish imkoniyati bormi. Agar kirolmasa xozir uqiydigan joyida granda uqisa kontraktga tushib qolmaydimi yoki haydalib ketmaydimi.
Ne'matov Asilbek
Talabalar yoppasiga kutariliwi kk
Menimcha by qaror tawqi davlatdan oqiwni kociriwga oid bolsa kerak
Гули
Тош Ми ни филиалларида укиётган талабадарчи. Уларни максади битта. Шифокор булиш . Лекин уйидан олис масофада кийналиб укиб юрибди. Улар Нима килади
Rayhona Qosimova
Turmush qursa koʻchirib beradimi
Ha toshkentda o‘qimoqchi bulsang toshkentlikka tegishing kerak
Assalom aleykum Xushnudbek aka, sizdan iltimos ichki ya'ni respublika ichidan o'qishni ko'chirish haqida ma'lumot bering. Men unaqa oddiydan nufuzliga emas, nufuzlidan oddiyga ko'chirmoqchiman. Siz bir necha yildan buyon kiraman deb yurgan Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetidan Termiz Davlat Universitetiga ko'chirish niyatim bor, bunga sabab Iqtisodiy tomondan qiyinchilikka uchrayapman Toshkent shaharda o'qishga. Iltimos, shunga ma'lumot berib o'ting
Ёдгор Турганов
Ola
Juda zo'r o'ylangan yo'l
ŠøBįŘøV_ĎiÝøŘbəĶ_PęĎiĂťŘ_⁰²¹_⁷⁹
Fayoz
Endi NODAVLAT TALIM MUASSSALARIDAN HAM PEREVOD QILIB BOLMAYDIMI ILTIMOS JAVOB BERILAR KIM BILSA
Davlatni uzidan bumayaptiyu. Nodavlat vapsheta bumaydi
Dilobar Abdujalil qizi
Horijdan koʻchirish ham toʻxtatiladi endi
O'z viloyatimga o'zim o'qib turgan yo'nalishga ko'chira olamanmi, yo'qmi? Shu haqida batafsil ma'lumot beringlar
Talabalarni fikri ham inobatga olinsin
Shu narsa yaxshi bòldi chunki avvaliga oson yònalishga òqishga kirib olib keyin hohlagan yònalishiga kòchirib olayotgan ilmsiz kadrlar kamayadi. Kuchi yetsa birdan òsha yònalishga kirsin kirolmadimi past yònalishda òqiversin hammani mehnatiga yarasha bòladi. Iloji bòlsa xorijiy perevodni ham qandaydir cheklovlar bilan imtihonini kuchaytirib qòyish kerak. Super kontraktni ham yòqotish kerak yoki juda qattiq tartibga olish kerak, ilmsiz qòpol qilib aytganda bezponyatka talaba va kadrlar kamayadi.
Behruz Ergashov
Shundoq ham bitta yonalishga perevod Bor edi hozi yóq uni ham super kontrak tolasa imkon Bor bu davlatda Nima istasang pul bilan erisha olasan hatto talimda ham rahmat vallomatlar óta aqllisizlar
Assalom-u alaykum! Xushnudbek aka nodavlat otm dan davlat otm ga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi? Yuqorida aytilgan shart bo‘yicha.
Show next 100 comments